Termiz shahridagi Prezident maktabi
1.84K subscribers
5.82K photos
461 videos
6 files
1.68K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
Qorabog‘da Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab ochildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli maktabda 40 ta sinfxona, 6 ta laboratoriya, 2 ta informatika xonasi, 5 ta funksional o‘quv xonasi, majlislar va sport zallari, oshxona, kutubxona mavjud. Futbol maydoni, dam olish va tadbirlar o‘tkazish uchun joylar, yugurish yo‘laklari tashkil qilingan.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #maktab

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarimiz Germaniyaning eng yirik kompaniyalarida amaliyot o‘tashadi

💫 Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan 2021-yil Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan edik.

🌐 Shunda “Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniya bilan nafaqat ta’lim, balki ishlab chiqarish, ilm-fan va madaniy sohalarda ham aloqalarni kuchaytiruvchi maskan bo‘lishi maqsad qilingan edi.

Oradan 3 yil o‘tib, maqsadlarimiz o‘z mevasini berayotganidan xursandman.

Xususan, Myunxen texnika universitetida Germaniyaning nufuzli universitetlari hamda nemis va o‘zbek sanoat korxonalarini birlashtiruvchi xalqaro simpozium o‘tkazildi.

Bunda, “Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniya universitetlari tomonidan tan olinib, mazkur tadbir doirasida Germaniyaning 5 ta ilg‘or universiteti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, mahalliy sanoat vakillarimiz nemis hamkasblari bilan birgalikda ta’lim borasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishdi.

Eng quvonarlisi, bu ishlarimiz yoshlarimizning “BMW“, ”Siemens”, “Deloitte”, “Linde”, “Airbus” kabi dunyoning eng rivojlangan sanoat korxonalarida amaliyot o‘tash, mahalliy sanoat korxonalarimiz esa sohadagi ilmiy yondashuvni talab etadigan masalalarni ilg‘or tajriba asosida hal etish imkonini yaratadi.

Bundan tashqari, Germaniyadagi eng yirik madaniy muassasalar va Bavariya parlamenti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ular bilan kelishib olingan hamkorlik yo‘nalishlari har tomonlama rivojlanishimizga yo‘l ochadi.

🎗 Ishonchim komil, bu ishlar o‘zining bundanda katta natijasini beradi.

#Germaniya #simpozium #tashrif
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM