Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.13K subscribers
7.33K photos
530 videos
7 files
2.08K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

🇺🇿“Vatanim bayrog‘i”

✍️Zulfiya Mo‘minova

🎙Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda vazirlik, idoralar rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari

💐O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Sizni muborakbod etadi!

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Tabrik

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan barcha jurnalistlarni chin qalbdan tabriklaydi.

Sizlarga mustahkam sog‘lik va xonadonlaringizga qut-baraka tilaymiz.

Xalqimizni xolis va haqqoniy axborot bilan ta'minlashdek mas’uliyatli vazifangizda kuch-quvvat yor bo‘lsin!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tabrik

⚡️Prezident maktablarining rasmiy sahifalarini yuritadigan xodimlari bilan tanishing

🎉Bugungi bayram bilan ularni tabriklaymiz!

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI:

🕊 Andijon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🕊 Guliston shahridagi Prezident maktabi
🕊 Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🕊 Qarshi shahridagi Prezident maktabi
🕊 Navoiy shahridagi Prezident maktabi
🕊 Namangan shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nukus shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🕊 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
🕊 Xiva shahridagi Prezident maktabi
🕊 Termiz shahridagi Prezident maktabi
🕊 Toshkent shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

〽️Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan "Sifatli ta'lim - kuchli jamiyat" shiori ostida tashkil etilgan "Ikkinchi ustozlar milliy forumi"da Termiz shahridagi Prezident maktabining ikki nafar ustozlari: Asamov Azizbek hamda Mamarasulov Safarali viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan sohadagi xizmatlari e'tirof etilib, ularga faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

💐Ustozlarimizni ushbu yutuqlari bilan Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi tabriklaydi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik
#DXX

〽️Davlatning qudratli bo‘lishi, mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishda maxsus xizmatlarning hissasi beqiyos.

💐26-sentabr - Davlat xavfsizlik xizmati kuni munosabati bilan Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklaydi.

Vatanimiz ravnaqi, yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lidagi fidokorona mehnatlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik
#1_oktabr

Assalomu alaykum, aziz va qadrli ustozlar!
Ko‘z nuri va qalb qo‘rini, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag‘ishlagan, bir so‘z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan mehribon ustoz, bayram muborak bo‘lsin, yaxshilik va ezgulik yo‘lida qalam tutgan qo‘lingiz hech qachon tolmasin! Hamisha baxt saodat, omad yor bo‘lsin.
Xonadonlaringizdan shodlik, fayz-u baraka arimasin!

💐Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz ustozlar va murabbiylar !

Hurmat bilan, Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#tabrik
#1_oktabr

Bayram kayfiyati davom etmoqda.

〽️1-oktabr "Ustozlar va murabbiylar" kuni munosabati bilan Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tomonidan taqdim etilgan tashakkurnomalar o'z egalariga yetkazildi.


Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tabrik
#Prezident_maktabi

🩺Hayotini el-yurt salomatligini asrashdek olijanob ishga bag‘ishlab, o‘z qasamyodiga, kasbi va burchiga sadoqat bilan mehnat qilib kelayotgan tibbiyot tizimi xodimlari, qutlug‘ kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
💐💐💐

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#tabrik

🇺🇿 8-yanvar - O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni!

Xalqimiz himoyachilari, adolat va qonuniylik posbonlari bo‘lgan prokuratura xodimlari bugungi kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
9👍5🤩1💯1
#tabrik

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan hayotini ona yurtimizni himoya qilishdek ulug‘ va oliyjanob ishga bag‘ishlagan yurt posbonlarini tabriklaymiz! Sizlarga mustahkam sog'lik, oilaviy baxt, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatingizda ulkan zafarlar tilab qolamiz.

🇺🇿Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligiga ko'z tegmasin!

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🎉19👍3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_mart
#Tabrik

💐Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilaridan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ko‘p millatli xalqimizning muhtarama onajonlari, dilbar qizlari va munis opa-singillari uchun turli xil tillarda yo‘llangan bayram tabrigi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Muhtarama onaxonlar!
Munis opa-singillar!
Ilmga chanqoq, zukko o‘quvchi qizlarimiz!

Siz azizlarni bahorning ilk bayrami – 8-mart “Nafosat va go‘zallik” ayyomi bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlarga eng samimiy va ezgu tilaklarimizni izhor etib, baxt, mehr-muhabbat doim hamrohingiz bo‘lsin, deymiz!

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona timsoli, munis ayollarimizning beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda mushkul vazifa.

Mana shunday qutlug‘ kunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra, taqdirlangan 28 nafar nomzodlar orasida Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Zulfiya Shomurotovaning borligi, ayniqsa, quvonarli.

Shu o‘rinda alohida mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, bugungi kunda Agentligimiz tizimida 4 mingdan ortiq xotin-qizlar faoliyat ko‘rsatib, har tomonlama yetuk va barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Qolaversa, "Yangi Oʻzbekiston" universiteti, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarimizning 30 mingga yaqini o‘quvchi qizlardir.

Ular orasida mamlakatimiz va xorijning nufuzli universitetlari ta’lim grantlariga sazovor bo‘lgan, xalqaro va milliy olimpiadalar hamda dasturlarda yuqori natijalar ko‘rsatayotgan zukko qizlarmiz borligi bizga cheksiz iftixor bag‘ishlaydi.

Aziz opa-singillar!
Bilimga chanqoq o‘quvchi qizlarimiz!

Yana bir bor sizlarni bayramingiz bilan samimiy muborakbod etib, Sizlarga sog‘lik-salomatlik, baxt-u saodat, tilaymiz.

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_mart
#Tabrik

💐Termiz shahridagi Prezident maktabida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Qadrli hamyurtlar,
muhtaram ustozlar,
aziz oʻquvchilar!


Sizlarni go‘zallik va yasharish ayyomi — Navro‘z umumxalq bayrami bilan muborakbod etamiz.

Mamlakatimiz ravnaqi, taʼlim-tarbiya sohasiga qoʻshayotgan ulkan hissangiz, xalqaro maydonlarda koʻrsatayotgan yuksak natijalaringiz bardavom boʻlsin.

Barchangizga bahor faslidek joʻshqinlik, sogʻlik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik-totuvlik tilaymiz.

Sharqona Yangi yilimiz — Navro‘zi olamning qadami barchamizga qutlug‘ va barakali kelsin!

Bayram muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni muborak ayyom — Ramazon hayiti bilan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz.

Niyati pok, maqsadlari ulug‘ yurtdoshlarimizning shunday qutlug‘ ayyomda qilayotgan barcha ezgu tilaklarining ijobatini tilaymiz.

Xonadonlaringizni fayz-u baraka va osoyishtalik aslo tark etmasin! Ramazon hayiti muborak bo'lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tabrik

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Alisher Tairovich!


Bugun, 18-sentyabr Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev Tairovich tavallud topgan kun!

Hurmatli Alisher Tairovich!
Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi sizga saodatli umr, mustahkam sog‘lik, oilaviy tinchlik, totuvlik, kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👏25👍3🔥2🤩2💯1
#tabrik
#tibbiyot_xodimlari_kuni

Bugun — tibbiyot xodimlari kuni!


O‘z hayotini inson salomatligini asrashdek oliyjanob ishga bag‘ishlab kelayotgan fidoyi shifokor va hamshiralarni, soha faxriylarini kasb bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.

Sizlarning mehnatingiz, fidoyiligingiz va insonlarga bo‘lgan g‘amxo‘rligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Har biringizning kasbiy mahoratingiz va bilimlaringiz, sabr-toqatingiz, insonlarga bo‘lgan cheksiz mehringiz tahsinga loyiq.

Bayramingiz muborak, hurmatli tibbiyot tizimi xodimlari!

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
20👏8👍5
#Tabrik

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan muborakbod etadi!

Yangi yilda yangi zafarlar, yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Yangi yil barchaga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt va saodat olib kelsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥1👏1🤩1
#tabrik

Muhtarama onaxonlar!
Munis opa-singillar!
Ilmga chanqoq, zukko o‘quvchi qizlarimiz!

Siz azizlarni bahorning ilk bayrami – 8-mart “Nafosat va go‘zallik” ayyomi bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlarga eng samimiy va ezgu tilaklarimizni izhor etib, baxt, mehr-muhabbat doim hamrohingiz bo‘lsin, deymiz!

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona timsoli, munis ayollarimizning beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda mushkul vazifa.

Aziz opa-singillar!
Bilimga chanqoq o‘quvchi qizlarimiz!

Yana bir bor sizlarni bayramingiz bilan samimiy muborakbod etib, Sizlarga sog‘lik-salomatlik, baxt-u saodat, tilaymiz.

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
🔥92
#tabrik #12_may
#Xalqaro_hamshiralar_kuni

12-may — Xalqaro hamshiralar kuni


Insonlar salomatligi yo‘lida tinimsiz mehnat qilayotgan, rahm-shafqat, sabr-toqat va mehr bilan o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan hamshiralar, Sizlarni chuqur hurmat va minnatdorchilik ila 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Sizlarning ezgu faoliyatingiz – bemorlar dardiga malham, yuraklarga umid, jamiyatimizga salomatlik bag‘ishlaydi. Har bir mehrli so‘zingiz, g‘amxo‘rlik bilan qilingan harakatingiz orqasida chinakam fidoyilik yotadi.

Yorug‘ kunlaringiz ko‘p, sog‘lig‘ingiz mustahkam, baxtingiz barhayot bo‘lsin! Kasbiy faoliyatingizda yuksak zafarlar, hayotingizda esa tinchlik va farovonlik tilaymiz!

Xalqaro hamshiralar kuni muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Termiz shahridagi Prezident maktabi jamosi!💐💐💐

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍156🔥3👏2🤩2