Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.12K subscribers
7.33K photos
530 videos
7 files
2.08K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#amaliyot_tibbiyot
#Prezident_maktabi

📝O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahridagi Prezident maktabining 9-10-sinf o‘quvchilari Termiz shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida amaliyot o‘tashmoqda.

🔗
Amaliyot davomida o‘quvchilar turli xil yo‘nalishdagi malakali shifokorlardan bilim va tajriba o‘rganishmoqda. Tashkil etilayotgan mazkur amaliyot o‘quvchilarga tibbiyot sohasidagi yo‘nalishlar haqida ko‘proq ma’lumot olishga imkon yaratdi va ularga o‘zlariga ma’qul bo‘lgan kasbni tanlashlari uchun yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilar kasalxona qoidalari va shifokorlar hayoti haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishmoqda.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍10👏3