Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.05K subscribers
7.33K photos
532 videos
7 files
2.09K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Yangi_loyiha
#Prezident_maktabi

⚡️TEZ ORADA! YANGI LOYIHA!

Farzandingiz Prezident maktabida o'qishini istaysizmi?

Uni Prezident maktablariga kirish imtihonlariga tayyorlamoqchimisiz?

Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan yo'lga qo'yilayotgan "BIRGALIKDA O'RGANAMIZ!" loyihasi aynan SIZ uchun!

📣 "Birgalikda o'rganamiz" - Prezident maktablaridagi o'qitish metodikalari hamda kirish imtihonlarining namunaviy savollarni qanday ishlashni o'rgatadigan onlayn darslar loyihasidir.

❗️Matematika, mantiqiy fikrlash va ingliz tili onlayn darslari tez kunda rasmiy sahifalarimiz orqali e'lon qilinadi. Bizni kuzatishda davom eting!

#Билимимизни_бўлишамиз #Онлайн_дарс

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASINI BO‘LISHAMIZ: MAKTAB MASLAHATCHISIDAN TAVSIYALAR

📣 Aziz o'quvchilar!

Siz xorijning yetakchi universitetlarida ta'lim olishni istaysizmi?

"Personal statement" ni qanday yozish haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasmisiz?

❗️UNDA USHBU VIDEO AYNAN SIZ UCHUN!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qish istagida bolgan yoshlar uchun "Maktab maslahatchisidan tavsiyalar" rukni ostida maxsus video tayyorlandi.

⚡️Unda Personal statement va AQSH hamda Buyuk Britaniyadagi OTMlarga kirish uchun foydali saytlar haqida so‘z boradi.

📍Loyihamizning keyingi sonlarida tavsiya xatlari hamda "Motivation letter" ni yozish haqida ma’lumot berish ko‘zda tutilgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

📣 PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASINI BO‘LISHAMIZ: MAKTAB MASLAHATCHISIDAN TAVSIYALAR-3

Xorijning yetakchi OTMlariga kirish uchun "motivation letter" qanday yozilishini bilasizmi?

Bu insho turi nega kerakligi, ahamiyati haqida to'laqonli ma'lumotga ega emasmisiz?

❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Аxborot xizmati tomonidan yo'lga qo'yilgan "Maktab maslahatchisidan tavsiyalar" ruknining navbatdagi sonida bu haqda batafsil ma'lumot berilmoqda.
________

👉Video Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabi tomonidan tayyorlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram