Termiz shahridagi Prezident maktabi
1.87K subscribers
5.62K photos
443 videos
6 files
1.64K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Xalqaro_tajriba

O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqotidagi natijalari eʼlon qilindi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Jahon banki va OECD tashkiloti hamkorligida O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

❗️Mazkur tadbir PISA 2022 tadqiqoti natijalarining xalqaro darajada eʼlon qilinishi munosabati bilan tashkil etildi.

Konferensiyani kirish so'zi bilan vazir Hilola Umarova ochib berdi:

Prezidentimiz tomonidan zamonaviy ko‘nikmalarga ega, keng dunyoqarashli zamonaviy kadrlar tayyorlash hamda ta’lim tizimini takomillashtirishdagi xalqaro integratsiya masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligi barchaga yaxshi ma’lum.

Bugun e'lon qilingan O‘zbekiston ta’lim tizimining PISA tadqiqotlaridagi ilk natijalarini oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishishdagi keyingi qadamlarimiz uchun juda muhim omil bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.


Albatta, sohada yutuqlarimiz qatorida ba’zi muammolarimiz ham bor, buni yashirmaymiz. Ammo niyatimiz ham, maqsadimiz ham shuki, biz bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solganmiz. Buning uchun malakali mutaxassislarimiz, mehnatkash ustoz-o‘qituvchilarimiz bilimi va salohiyatiga suyanamiz.
___________

PISA 2022 tadqiqotida, O‘zbekistondagi 15 yoshli o‘quvchilar matematika fanidan jami 364 balni qo'lga kiritdi.

❗️Mazkur yo‘nalishda o‘g‘il bolalar qizlarga qaraganda balandroq, maktablar joylashuvi bo‘yicha tahlil qilinganda shahar maktablari qishloq maktablaridan yaxshiroq natija qayd etdi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, PISA 2022 tadqiqotda ustuvor yo‘nalish etib matematika belgilangan edi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_tajriba
#Prezident_maktabi

⚡️MAKTABLARDA TA’LIM SIFATINI TA’MINLASHDA MAKTAB DIREKTORINING ROLI (XALQARO TAJRIBA)

〽️Surxondaryo viloyatida joylashgan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda rahbarlik faoliyatini olib borayotgan barcha xodimlar uchun "Maktablarda ta’lim sifatini ta’minlashda maktab direktorining roli " mavzusida ZOOM platformasi orqali onlayn seminar-trening tashkil etildi.

Yaqinda amaliy tashrif bilan Buyuk Britaniyada bo‘lib qaytgan Termiz shahridagi Prezident maktabi direktori G‘afur Tog‘ayev u yerdagi ta‘lim tizimi to‘g‘risida, shuningdek orttirgan tajribalarini o‘rtoqlashdi.


🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube