Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.12K subscribers
7.33K photos
532 videos
7 files
2.08K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Taʼlim_islohoti
#Direktorlar_kengashi

Hilola Umarova: “Ta’lim tizimini bir kunda isloh qilib bo'lmaydi, ammo bir jamoa bo’lib harakat qilsak, maqsadlarimizga albatta erishamiz”

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar kengashi” a’zolari uchun “Zamonaviy ta’lim – direktorlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar bo’lib o’tmoqda.

Tadbirda vazir Hilola Umarova ishtirok etib, ushbu islohotning ahamiyati haqida so’z yuritdi:
Tizimda amalga oshirilayotgan ko’plab islohotlar bugun ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Yangi loyihalarni joriy etmoqdamiz, yangi marralar tomon intilmoqdamiz.

Bu yo’ldagi tashabbuslarimizdan biri – endi maktab direktorlarini tayyorlash va ularni lavozimiga tayinlashda shaffof tizim joriy etiladi. Bu ta’lim tizimini rivojlantirish, o’z oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga erishishda katta ahamiyatga ega.

Shuningdek, har bir direktor endi doimiy ravishda o'z ustida ishlab, malaka oshirishi va maktab boshqaruviga oid yillik rejalarini taqdim etishi lozim bo'ladi.

Bugungi trening ayni shu yo’lda yana bir qadam bo’ladi, deb o’ylayman.

Tizimni bir kunda o’zgartirib bo’lmaydi. Lekin bir jamoa bo’lib harakat qilsak, albatta rejalarimizni ro’yobga chiqara olamiz.


👉 Seminar-treninglar va “Direktorlar kengashi” haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1398


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM