Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.12K subscribers
7.33K photos
531 videos
7 files
2.08K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabini borib ko‘rdi. Shu bilan davlatimiz rahbarining Sirdaryo viloyatiga tashrifi yakuniga yetdi.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил школу творчества имени Халимы Худойбердиевой в городе Гулистане. На этом поездка главы государства в Сырдарьинскую область завершилась.

#Mirziyoyev #safar #Sirdaryo #maktab

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Sirdaryo

AGENTLIK RAHBARIYATI TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Sirdaryo viloyatida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻldi.

Mazkur maktablarda oʻquv jarayoni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, qish mavsumiga tayyorlik holati singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.

Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim usullariga oid bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qoʻllab-quvvatlab, oʻz tavsiyalarini berdi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Turon_yoʻlbarslari
#Sirdaryo_viloyati

🤩 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablari о‘quvсhilаrining “Vatan tayanchi” a’zolari o‘rtasida “Тurоn yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichiga start berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
#Turon_yoʻlbarslari
#Sirdaryo_viloyati

🤩 “Тurоn yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi jarayonlaridan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
#Turon_yoʻlbarslari
#Sirdaryo_viloyati

🤩 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablari o’quvсhilаrining “Vatan tayanchi” a’zolari o‘rtasida “Тurоn yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining Sirdaryo viloyatida bo’lib o’tgan hududiy bosqichi yakunlandi.

⚡️Yakuniy natijalarga ko’ra:

🥇
Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Milliy gvardiya izdoshlari” jamoasi 1-o’rin;

🥈Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining “Jasorat” jamoasi 2-o’rin;

🥉Sayxunobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Qaldirg’ochlar” jamoasi 3-o’rin.

🏆 Musobaqa so’ngida gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥1
#Sirdaryo

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Sirdaryo viloyatidagi ta'lim muassasalari rahbarlari hamda mas'ullar bilan uchrashdi.

Unda 300 nafar maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari, hududiy boshqarma hamda tuman bo‘linmalari boshliqlari ishtirok etishdi.

❗️Muloqot avvalida Davlatimiz rahbarining PF-51-sonli Farmonida keltirilgan muhim topshiriqlar ijrosi hamda ushbu muhim hujjatning mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida viloyatda maktabgacha va maktab ta'limi tizimida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar, xususan:


o‘quvchilarning fan olimpiadalardagi ishtiroki,
pedagoglarning sifat tarkibi va salohiyatini oshirish,
xorijiy tillarni o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish kabi masalalarda so‘z bordi.

📍 Tadbirda ishtirokchilarning taklif va mulohazalari ham tinglandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5