Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.12K subscribers
7.33K photos
530 videos
7 files
2.08K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

🗺Nukus shahridagi Prezident maktabida o‘tkazilgan "Xavfsiz va sog‘lom muhit – sifatli ta’lim asosidir!" nomli seminar-treningdan videolavha.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#Prezident_maktabi

ZAMONAVIY METODIKA XALQARO PEDAGOGLAR BILAN

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabining xorijlik hamda mahalliy o‘qituvchilari ishtirokida viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan STEAM fanlari o’qituvchilari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-25-oktabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida ta’lim yo‘nalishida ham bir qancha topshiriqlar berilgan edi.

Jumladan, xorijlik mutaxassislar tajribasi, o‘qitish metodikasini umumta’lim maktablari o‘qituvchilari orasida keng targ‘ib qilish, ular ishtirokida umumta’lim maktablari uchun seminar-treninglar o‘tkazish belgilangan.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#seminar_trening
#ikkinchi_kun

ZAMONAVIY METODIKA XALQARO PEDAGOGLAR BILAN


⚡️Oldin xabar berganimizdek, umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan STEAM fanlari o’qituvchilari uchun seminar-treninglar davom etmoqda.

Ikkinchi kundagi seminar-treninglardan fotolavhalar.


🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#qurultoy
#seminar

⚡️"Ustoz ta'lim bunyodkori" mavzusida viloyat miqyosida “O‘qituvchilar qurultoyi” bo'lib o'tdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida xorijlik hamda mahalliy o‘qituvchilar tomonidan viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan o’qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.

Treningdan so‘ng, darslar davomida o‘quvchilar tomonidan yaratilgan loyiha ishlari bilan tanishtirildi


🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Direktorlar_kengashi #Seminar_trening
#Termiz_shahri

⚡️Ayni paytda Surxondaryo viloyati direktorlar kengashining hududdagi maktab direktorlari va direktor o‘rinbosarlari uchun “Farovon maktab — zamonaviy rahbarlar boshqaruvida” mavzusida
seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu seminar zamonaviy liderlarni kashf etish, ularning liderlik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, 180 ga yaqin rahbar xodimlarni jalb qilmoqda.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_kengashi
#seminar_trening
#Termiz_shahri

📹Termiz shahridagi Prezident maktabida Surxondaryo viloyatidagi qizil toifadagi maktablarning direktorlari va direktor oʻrinbosarlari uchun oʻtkazilgan “Farovon maktab — zamonaviy rahbarlar boshqaruvida” mavzusidagi seminar-treningdan videolavha.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Seminar_trening

🔴 Ayni damda poytaxtimizda “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminari davom etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, ziyolilar, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlaridan kelgan pedagoglar ishtirok etishdi.

Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi:


Yoshlarimizni ma'naviy tahdidlardan asrash, ularni kamolotga yetkazishda eng katta mas'uliyat aynan ustozlarimiz yelkasiga yuklanadi. Zero, ta'lim tarbiya bilan chambarchas bogliq jarayondir

Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri:

Bugungi seminar orqali maktablardagi tarbiyaviy ishlarni zamonaviy metodlarda tashkil etish, bunga mas’ul rahbarlarning ish uslubi, malakasini oshirishni niyat qilganmiz.

❗️Shuningdek, tadbir davomida vazirlik tomonidan tayyorlangan “Ota-ona – murabbiy” kitobi taqdimoti ham tashkil etildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1576

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri
#Seminar_trening

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida Surxondaryo viloyati Direktorlar kengashi tashabbusi bilan viloyatdagi taʼlim muassasalari direktorlar hamda ularning o‘rinbosarlari uchun 2 kunlik "Ta’lim sifatini oshirishda xalqaro va milliy baholashning o‘rni" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu treningdan ko‘zlangan maqsad ta’lim tizimini rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning ahamiyati hamda PISA, TIMSS, PIRLS va TALIS tadqiqotlari natijalari bilan tanishtirish, amaliy mashg‘ulotlarda topshiriqlar bilan ishlash, ta’lim sifatini oshirishda xalqaro tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishtirishdan iborat.

Seminar-trening Surxondaryo viloyati Direktorlar kengashi hamda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥4👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#Termiz_shahri

🎥Termiz shahridagi Prezident maktabida Surxondaryo viloyati Direktorlar kengashi tashabbusi bilan viloyatdagi taʼlim muassasalari direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlari uchun "Ta’lim sifatini oshirishda xalqaro va milliy baholashning o‘rni" mavzusida oʻtkazilgan seminar-treningdan videolavha.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍13👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#seminar_trening
#Termiz_shahri

SURXONDARYO MTRK |Termiz shahridagi Prezident maktabida "Ta’lim sifatini oshirishda xalqaro va milliy baholashning o‘rni" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👏4👍2
#seminar
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

Oila va maktab bolalar hayotidagi ikki muhim bo‘g‘indir!


〽️Termiz shahridagi Prezident maktabida “Lider ota-onalar — maktabimizning eng ishonchli hamkori” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔗Maktabimiz har bir sinfida Ota-onalar qo'mitasi tashkil etilgan bo'lib, bugungi
seminar-treningda har bir qo'mitadan vakillar faol ishtirok etishdilar.

Yangi o‘quv yili boshlanishi oldidan ota-onalarning maktabdagi ta’lim-tarbiya muhiti, o‘quvchilarning aqlan, ma’nan hamda jismonan sog‘lom voyaga yetishlari borasidagi takliflari, mulohazalari o‘rganildi.

Maktab pedagogik jamoasi hamda ota-onalar hamkorligining istiqbollari belgilab olindi.

Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi doimo ota-onalar hamda keng jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni davom ettiradi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👏7👍1🤩1
#seminar_maslahatchilar
#Surxondaryo_viloyati

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari maslahatchilari uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi


⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabi maslahatchisi Asamov Azizbek tomonidan maktab maslahatchilari uchun amaliy seminar tashkil etildi.

📎Surxondaryo viloyatidagi jami 17 ta: ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida faoliyat olib borayotgan maktab maslahatchilarini va faol o‘quvchilarni jalb qilgan mazkur seminar sessiyalarida maktab maslahatchilarining kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar o‘tkazildi.

📌Shuningdek, seminarda Termiz shahridagi Prezident maktabining xalqaro toifadagi ingliz tili fani o‘qituvchisi Nyabere Samuel Choi hamda matematika fani o‘qituvchisi Soliman Mohamed Amrlar o‘quvchilarni xorijiy oliy ta'lim muassasalariga jalb qilish borasida kerakli tavsiya va maslahatlarini berib o‘tdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥15👍92🤩2
#seminar
#birinchi_tibbiy_yordam

🩸Termiz shahridagi Prezident maktabida “Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning asosiy tamoyillari” mavzusida 2 kunlik seminar bo‘lib o‘tdi.

💌Maktab hamshiralari tomonidan shikastlangan fuqarolarga ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifasi, tezkor choralar ko‘rish hamda kasallikning kechishini yengillashtirishga doir ma’lumotlar berib o‘tildi.

🩺Shuningdek, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtida qon ketishini vaqtincha to‘xtatish, badanning jarohatlangan yoxud kuygan joyiga toza steril bog‘lam qo‘yish, sun’iy nafas oldirish va yurakni bilvosita massaj qilish, uqalash kabi chora-tadbirlar bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥8👏8👍2
#seminar
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Robototexnika hamda san’at (Art) fani mutaxassislari uchun seminar mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.


📌Termiz shahridagi Prezident maktabida Surxondaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining robototexnika va san’at (Art) fani o‘qituvchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar Termiz shahridagi Prezident maktabining robototexnika, dasturlash, san’at (Art) yo‘nalishlaridagi fan o‘qituvchilari hamda to‘garak rahbarlari tomonidan olib borildi.

Mutaxassislar tomonidan xalqaro ta’limda robototexnika va san’at (Art) sohalarining o‘rni va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Robo-Coding” olimpiadasining hududiy bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍5🔥32
#seminar
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Ayni vaqtda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining o‘qituvchilari uchun o‘quv-seminari o‘tkazilmoqda.

📌Ushbu
seminar Termiz shahridagi Prezident maktabida ham Surxondaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining o‘qituvchilari uchun “Zamonaviy ta’lim innovatsiyalari: STEM va ingliz tili fanlari misolida” mavzusida Prezident maktabining mahalliy va xalqaro toifadagi o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, seminar mashg‘ulotlari ikki kunga mo‘ljallangan bo‘lib, ayni vaqtda ingliz tili, informatika hamda fizika fani o‘qituvchilari ishtirok etmoqda

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥16👍65👏1🤩1💯1
#seminar
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

📌Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning ixtisoslik fanlari oʻqituvchilari uchun o‘quv-seminari davom etmoqda.

🔗O‘quv-seminarining ikkinchi kunida ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining matematika, kimyo hamda biologiya fani o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

📝Seminar mashg‘ulotlaridan summativ va formativ baholash, laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishda zamonaviy yondashuv, xalqaro ta'lim dasturlari bilan tanishish, zamonaviy ta'limda faol o‘rganish va samarali fikr mulohazalar berish usullari kabi dasturlar o‘rin olgan.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👏63👍2🔥2
#seminar_trening
#maktab_maslahatchilari

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muasasalari agentligi tomonidan tizimdagi taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan barcha yoʻnalishlardagi mutaxassislarning bilim va malakalarini oshirish ishlari davom etmoqda.

🔗Jumladan, Termiz shahridagi Prezident maktabida ham ixtisoslashtirilgan maktablarning maktab maslahatchilari uchun
seminar-trening tashkil etildi. Unda maktab maslahatchilari hamda bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

📝
Seminar doirasida Termiz shahridagi Prezident maktabi malsahatchisi A.Asamov tomonidan kasbning zamonaviy ko‘nikmalarini shakllantirish, maktab maslahatchilari uchun namunaviy ish rejalar bo‘yicha ma’lumotlar berilgan bo‘lsa, Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalariga ariza topshirish bosqichlari, kerakli hujjatlar hamda grantlarni qo‘lga kiritish imkoniyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍9🔥32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#Termiz_shahri

📹Termiz shahridagi Prezident maktabida Surxondaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining maktab maslahatchilari uchun tashkil etilgan seminar-treningdan videolavha.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍11🔥31
#seminar_trening
#Termiz_shahri

Ishoning va harakat qiling – orzularingiz albatta amalga oshadi!


🔗Termiz shahridagi Prezident maktabida “Men muvaffaqiyatga loyiqman” deb nomlangan seminar-trening o‘tkazildi.

⚙️Treningda, maktab maslahatchisi A.Asamov hamda maktab psixologi N.Uzakova o‘zaro hamkorlikda o‘quvchilarni munosib kasb tanlashga o‘rgatish, o‘ziga ishonch hissini rivojlantirish va o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan turli xildagi ko‘ngilochar o‘yinlar, qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etildi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥12👏7👍2
#seminar_trening
#Termiz_shahri

📌Maktabimizning sinf rahbarlari, tarbiyachi pedagoglari, psixologi hamda hamshiralari uchun “Sinflarni samarali boshqarish” mavzusida
seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

🔗Unda xodimlar “Bluelar” va “Greenlar” jamoalariga bo‘linib, turli shartlarni hamkorlikda bajardilar.🤩🤩🤩🤩

📖Jamoa a‘zolari mavzuga oid g‘oya va takliflarini taqdimot ko‘rinishida bayon etdilar.

Qizg‘in bahs-munozaralar bilan kechgan ushbu mashg‘ulotimiz barcha uchun manfaatli bo‘ldi.🤝🤝🤝🤝

🙎🙎‍♀️Sinfdagi har bir o‘quvchi bilan yaqindan ishlash, ularning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun sharoit yaratish, ularning samimiy suhbatdoshi bo‘la bilish, qiyinchilig-u yutuqlarida birga bo‘lish, ota-onalar bilan samarali hamkorlikda ishlash hamda farzandlar kamoli yo‘lida yangi-yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maktab ta’limida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍71