Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.12K subscribers
7.33K photos
532 videos
7 files
2.08K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Imtihon_2022

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

Prezident maktablari 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorlarga PIIMA nomidan sms-xabarnoma yuborilmoqda.

❗️Sms-xabarnoma 24 soat ichida jo’natiladi.

🔹Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, maʼlumotdan oʻz vaqtida boxabar boʻlish uchun telefoningizga sms-xabarnoma kelganmi yoki yoʻqligini, shuningdek ariza.piima.uz sayti orqali "Shaxsiy kabinet" ni tekshirib turishni unutmang.

🔰Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

📌Yuklab olingan ruxsatnomani chop etib olish shart.

Prezident maktabiga kirish imtihonining 1-bosqichi 1-iyulda bo‘lib o‘tadi.

🏃🏻Imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin kelishingiz shart!
#Prezident_maktablari
#Imtihon_2022

📣📣Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichi 1-iyul kuni boshlanishini ma’lum qilamiz.

❗️Test jarayonlari 1-iyul kuni soat 9:00 da boshlanadi.

Imtihonlar ikki smenada - 09:00 va 16:00 da bo'lib o'tadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi.

🖥 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

✔️Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Imtihon_2022
#Prezident_maktablari

Ayni damda butun Respublika bo’ylab Prezident maktablarining 1-bosqich imtihonlari bo’lib o’tmoqda.

🔸Talabgorlar FaceID tizimidan o’tib guruh nazoratchilari boshchiligida o’z joylarini egallashdi.

Mazkur bosqichda talabgorlardan matematika fanidan test ishlash talab etiladi. Buning uchun 60 daqiqa vaqt ajratiladi.

📍Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi Prezident maktablari uchun imtihonlar “O’zekspomarkaz” ning 1-,2-,3- va 4-ko’rgazmalar zalida va 2-atrium zalida bo’lib o’tmoqda.
#Imtihon_2022

❗️AGENTLIK TIZIMIDA YANGI TASHKIL ETILGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

ariza.piima.uz sayti orqali ro’yxatdan o’tgan talabgorlarga imtihon ruxsatnomasini yuklab olish PIIMA nomidan sms-xabarnoma yuborilmoqda.

❗️Sms-xabarnoma 24 soat ichida jo’natiladi.

🔰Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

📌Yuklab olingan ruxsatnomani chop etib olish shart.

#Ixtisoslashtirilgan_maktablari #Imtihon
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Imtihon_2022

📣📣Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga saralash imtihonlari 3-,4-,5-,6-,7- va 8-iyul kunlari bo'lib o'tishini ma’lum qilamiz.

❗️ Test jarayonlari 3-iyul kuni 08:00 da boshlanadi.

Imtihonlar 3 smenada - 08:00 13:00 va 18:00 da bo'lib o'tadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi.

🖥 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

✔️Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Imtihon_2022

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga kechikib kelgan yoki hujjatida kamchilik aniqlanganligi uchun imtihonga kiritilmagan talabgorlarga imtihon topshirish uchun yana bir imkoniyat beriladimi?

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan bunday talabgorlarga 8-IYUL kuni qayta imtihon tashkil etiladi. Bugungi kunda imtihonga kechikib kelganlar va hujjatida kamchilik aniqlanganlarning ro'yxati shakllantirilmoqda.

Qayta
imtihon kuni haqida ro'yxatdagi talabgor-o'quvchilarning telefon raqamiga sms-xabarnoma yuboriladi.

📞Call-markaz raqami: 1206

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Imtihon_2022

⚡️Surxondaryo viloyatida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kirish imtihonlarining 5-kunidan 📷 fotolavhalar.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Prezident_maktablari
#Imtihon_2022

📣📣Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 2-avgust kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

❗️Test jarayonlari 2-avgust kuni soat 18:00 da boshlanadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

🖥 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va yangilangan ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Imtihon_2022

“SKANERLASH MASHINALARIMIZNING ANIQLIGI SAMOLYOTDA ISHLATILADIGAN USKUNALARDAN HAM YUQORIROQDIR”

Gwen Caudwell,
Cambridge Assessment International Education tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i, O’zbekistondagi Prezident maktablari imtihonlari raisi

-Prezident maktablari test imtihonlarida javoblar qalamda belgilanishining 2 sababi bor:

Birinchidan, bu talabgorlar uchun qo'shimcha imkoniyat hisoblanadi. Agar talabgorning fikri o‘zgarsa, u javobni o’zgartirishi mumkin.

Ikkinchidan, talabgor javoblarni ruchkada belgilasa, bizning qurilmalarimiz javobni tekshirishda muammolarga duch keladi.

❗️ Skanerlash mashinalarimizning aniqligi samolyotda ishlatiladigan uskunalardan ham yuqoriroqdir. Shuning uchun, biz tekshiruv natijalarining aniqligiga shubha qilmasak ham bo‘ladi.
_____
📆Eslatib o’tamiz, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bugun 18:00 da bo’lib o’tadi.
#Prezident_maktablari
#Imtihon_2022

📣📣Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 2-avgust kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

❗️Test jarayonlari 2-avgust kuni soat 18:00 da boshlanadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

🖥 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va yangilangan ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
#Imtihon_2022

📣📣Оta-onalar va o‘quvchilar diqqatiga!

Prezident maktablari imtihonlarining 2- bosqichi ochiq havoda o‘tkazilayotgani va yog‘ingarchilik ehtimoli borligi sababli
imtihon vaqti 1 soat oldinga surildi

❗️Test jarayonlari 2-avgust kuni soat 17:00 da boshlanishini ma’lum qilamiz.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube