#Eʼtirof
Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi haqli ravishda o‘quvchilarimizning ota-onalari bilan faxrlana oladi. Maktabimiz jamoasi bola ta'lim-tarbiyasini o‘zining hayotiy vazifasi deb biluvchi ota-onalarimizni XXI asrning qahramonlari deb e’tirof etib keladi.
O‘quv yili yakuni munosabati bilan ana shunday ota-onalarimiz safida munosib o‘rniga ega, ustozlarimiz va tarbiyachilarimiz bilan yaqindan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan ota-onalarimizga yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida jamoamiz bilan yo‘lga otlandik.
Ota-onalarimizning ish joylari yoki mahallalariga borganimizda bu tashrifimiz ular uchun o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.
Albatta, ota-ona uchun farzandi ortidan olingan tashakkurnomalar katta g‘urur, ham mas’uliyatdir.
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda farzand ta’lim-tarbiyasidagi “Yangi Renessansning beshinchi halqasi, beshinchi ustuni ota-onalardir”
Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi haqli ravishda o‘quvchilarimizning ota-onalari bilan faxrlana oladi. Maktabimiz jamoasi bola ta'lim-tarbiyasini o‘zining hayotiy vazifasi deb biluvchi ota-onalarimizni XXI asrning qahramonlari deb e’tirof etib keladi.
O‘quv yili yakuni munosabati bilan ana shunday ota-onalarimiz safida munosib o‘rniga ega, ustozlarimiz va tarbiyachilarimiz bilan yaqindan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan ota-onalarimizga yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida jamoamiz bilan yo‘lga otlandik.
Ota-onalarimizning ish joylari yoki mahallalariga borganimizda bu tashrifimiz ular uchun o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.
Albatta, ota-ona uchun farzandi ortidan olingan tashakkurnomalar katta g‘urur, ham mas’uliyatdir.
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍16❤7🤩4🔥2💯1
#eʼtirof
#bizning_shunday_ustozlarimiz_bor
⚡️1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tomonidan ta’lim tizimida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh pedagoglar “Xalq ta’limi fidoyisi”, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Shunday fidoyi o‘qituvchilar safida bo‘lgan Termiz shahridagi Prezident maktabining Science fani o‘qituvchisi Xidirova Muqaddam Rustamovna ham O‘zbekiston Respublikasi "Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
💐Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi Muqaddam Rustamovnani samimiy qutlab, kelgusi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

👍26❤8👏6💯1