Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.12K subscribers
7.33K photos
531 videos
7 files
2.08K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Bitiruvchilar_kengashi

⚡️ BITIRUVCHILAR KENGASHI YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida tizimdagi Bitiruvchilar kengashing 2024/2025-oʻquv yiliga oid faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Agentlik rahbariyati, masʼul xodimlari, Bitiruvchilar kengashi boshqaruv apparati ishtirok etgan yigʻilishda Kengash strategiyasidagi ustuvor masalalar, xususan, Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilari bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning takliflari asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish, maktab ta’limidan keyin egallangan kasbiy tajribalarini o‘quvchilarga yetkazish yoʻnalishlarida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar belgilab olindi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi Bitiruvchilar kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9
#Bitiruvchilar_kengashi

BITIRUVCHILAR KENGASHI: YANGI REJALAR MUHOKAMASI

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida tizimdagi Bitiruvchilar kengashing navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Agentlik masʼul xodimlari, Bitiruvchilar kengashi boshqaruv apparati, aʼzolari ishtirok etdi.

Yigʻilishda bitiruvchilar va maktab oʻquvchilari oʻrtasida aloqa va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, raqamli platformalar orqali oʻzaro aloqalarni rivojlantirish kabi yoʻnalishlarda boshlangan ishlar tahlil qilindi.

Muloqotda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish tartibi boʻyicha vebinar-treninglar, yuqori sinf oʻquvchilari va nufuzli oliygohlarga tahsil olayotgan bitiruvchilar bilan muloqotlar tashkil etish, Kengash elektron platformasida xalqaro dastur va loyihalarni doimiy e’lon qilib borish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, bitiruvchilar va o‘quvchilar tomonidan ishlab chiqilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini jamlash, ularni o‘rganish, tahlil qilish, IT va muhandislik sohalaridagi ishlanmalarni baholash va xulosa tayyorlash boʻyicha tashabbuslar Kengash aʼzolari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🤩4
#Bitiruvchilar_kengashi

🤩 Agentlik tizimidagi Bitiruvchilar kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda joriy yilning mart oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ilmiy-amaliy konferensiyasiga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi.

Shuningdek, kengash tomonidan bitiruvchilar va maktab oʻquvchilari oʻrtasida aloqa va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, raqamli platformalar orqali oʻzaro aloqalarni rivojlantirish kabi yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan bitiruvchilar ishtirokida maʼrifiy, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishni koʻzda tutuvchi rejalar tuzib olindi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi Bitiruvchilar kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🤩1
#Bitiruvchilar_kengashi
#Renessans_oromgohi

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari Agentligi tizimidagi Bitiruvchilar kengashi a’zolari va bitiruvchilar ishtirokida "Taʼlimda barqaror rivojlanish – kelajak poydevori" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilmoqda.

“Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi mezbonlik qilayotgan mazkur konferensiya doirasida Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilarining ilmiy, innovatsion yoʻnalishlarda tadqiqotlari, izlanishlari, Startap loyihalari taqdimotlari boʻlib oʻtmoqda.

Shuningdek, Prezident maktablari o‘rtasida ilk bor tashkil etilgan "STEM+" musobaqasining Respublika bosqichi, ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani o‘qituvchilari uchun seminar-trening oʻtkazilmoqda.

Bitiruvchilar bogʻini tashkil etish, qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari oʻtkazish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61
#Bitiruvchilar_kengashi
#Renessans_oromgohi
#Bitiruvchilar_bogʻi

🌲BITIRUVCHILAR BOGʻI TASHKIL ETILDI

🤩 “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida tashkil etilgan Bitiruvchilar kengashi a’zolari va bitiruvchilari ishtirokidagi forum doirasida koʻchat ekish aksiyasi o‘tkazildi.

🌱 Oromgohda maxsus ajratilgan maydonda Bitiruvchilar bogʻi tashkil etilib, Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari tomonidan mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

💫 Bu bog‘ ilm va yuksalishning ramzi boʻlib, bitiruvchilarimizning cheksiz imkoniyatlari va porloq kelajagi timsoli sifatida koʻklarga boʻy choʻzib, serhosil mevazorga aylanishi shubhasiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏2