Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.09K subscribers
7.33K photos
532 videos
7 files
2.09K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#A_level

A-LEVEL IMTIHONLARIGA START BERILDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Cambridge Assessment International Education tashkiloti bilan hamkorlikda A/AS-level imtihonlari boshlandi.

Unda Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilari hamda mazkur imtihon uchun ro'yxatdan o'tgan boshqa talabgorlar ishtirok etishmoqda.

📍A/AS level imtihonlari Cambridge Assessment International Education akkredetatsiyasidan o'tib, A-level imtihonlarini o'tkazuvchi rasmiy imtihon markazi sifatida tan olingan Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablarida bo'lib o'tmoqda.

📆 Imtihonlar 4-maydan 9-iyungacha davom etadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Янги_Ўзбекистон_университети

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova "Yangi O'zbekiston" universiteti faxriy rektori, professor Volfgang Herrmann va TUM International tashkiloti rahbari Frederika Hettinger uchrashishdi.

Uchrashuv avvalida Agentlik taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Uchrashuv doirasida "Yangi O'zbekiston" universitetida o'quv jarayonini yanada takomillashtirish, TUM International tashkiloti bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va istiqboldagi rejalar borasida fikr almashildi.

📌Shuningdek, mehmonlar uchun Prezident ta'lim muassasalari agentligi binosi bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106-son Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, tumanlarda tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga yuqori malakali pedagog kadrlarni jalb etish maqsadida Termiz shahridagi Prezident maktabi xodimlaridan tarkib topgan ishchi guruh a'zolari viloyat bo'ylab targ'ibot ishlarini olib borishmoqda.

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov
#Сафимизда_бўлинг

⚡️PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI PEDAGOG-KADRLARNI ISHGA TAKLIF ETADI!

❗️Agar siz Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda ishlash, yetuk liderlarni tarbiyalash hamda zamonaviy ta’lim dasturlari asosida faoliyat yuritishni istasangiz, unda ushbu imkoniyat aynan Siz uchun!

Arizalar 20-maygacha job.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

✔️Call-markaz:
+99871 207 20 17 (ichki raqam 605)

Biz bilan yangi marralarni zabt eting!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Президент таълим муассасалари агентлиги тизимидаги ихтисослаштирилган мактабларга ўқувчиларни қабул қилиш тартиби белгиланди

Ҳукумат қарори (233-сон, 05.05.2022 й.) билан Президент таълим муассасалари агентлиги тизимидаги ихтисослаштирилган мактаб-интернатлар ва ихтисослаштирилган мактаблар тўғрисидаги низом тасдиқланди

🔰Низомга мувофиқ, ихтисослаштирилган мактабларга қабул қилиш аниқ ва табиий фанлар, инглиз тили ҳамда мантиқий фикрлаш бўйича ўтказиладиган имтиҳонлар асосида амалга оширилади.

➡️ Ўқувчилар фақат ўз ҳудудидаги ихтисослаштирилган мактабларга қабул қилинади.

📁Танловда қатнаниш учун қабул комиссиясига платформа орқали ҳужжатлар (туғилганлик гувоҳномаси, табел нусхаси, 3х4 расм, олимпиада ғолиблигини тасдиқловчи ҳужжат (бор бўлса) юборилади.

Кириш имтиҳонлари қуйидаги фанлардан тест шаклида ўтказилади:

▫️аниқ фанлар йўналишида: математика, физика, инглиз тили;
▫️табиий фанлар йўналишида: биология, кимё, математика, инглиз тили.

☑️ Мактабларда таълим аниқ фанлар йўналиши бўйича 5-11 синфлар, табиий фанлар йўналиши бўйича 7-11 синфларда амалга оширилади.

🔘Ҳар бир синфда ўқувчилар 24 нафардан кўп бўлмайди.

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор