Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.01K subscribers
7.28K photos
525 videos
6 files
2.06K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

⚡️“Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, falsafa fanlari doktori, professor, xalqaro toifadagi notiqlik boʻyicha murabbiy Shermuhammedova Jamila Toshpo'latovna Termiz shahridagi Prezident maktabida mehmon bo'ldi va maktab jamoasi ishtirokida motivatsion seminar-trening tashkil etildi.

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Test_namunalari
#Prezident_maktablari

❗️Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga o‘qishga kirish istagidagi o‘quvchilar diqqatiga!

⚡️Prezident maktablari ikkinchi bosqich imtihonlarining 5-sinf INGLIZ TILI fanidan test namunalari.

✔️Bizni kuzatib boring!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🔰"Yangi O‘zbekiston" universitetiga qabul boshlandi

Bugun Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O‘zbekiston" universitetida qabul jarayonlariga bag‘ishlangan tadbirlarga start berildi.

Ilk davra suhbati Toshkent shahridagi Prezident maktabi bitiruvchi o‘quvchilari va ota-onalar uchun tashkil etildi.

Tadbir avvalida, Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova so‘zga chiqdi:

– "Yangi O‘zbekiston" universitetining ochilganiga ko‘p bo‘lmadi. Qisqa vaqt ichida universitetda erishilgan natijalar, talabalar qo‘lga kiritgan yutuqlar ancha. O‘tgan yili Prezident maktablarining bitiruvchi o‘quvchilarning 65% i shu yerda o‘qishni tanladi.

Taqdimotda "Yangi O‘zbekiston" universiteti fakultet va yo‘nalishlari, yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar, qabul jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

📌Taqdimot davomida qatnashchilar mutasaddi vakillardan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olishdi.
#Yangi_Oʻzbekiston_universiteti

🔰Xabaringiz bor, "Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalari Germaniyada qisqa muddatli amaliyot o‘tashmoqda.

🔸 Talabalar TUM Internatsional tashkilotida bo‘lishdi. Tashkilot vakillari tomonidan delegatsiya aʼzolari uchun tanishtiruv qismi tashkil etildi.

Shundan so‘ng, “Batareya tadqiqoti – batareya kelajagi va uning istiqbollari” mavzusida treninglar bo‘lib o‘tdi.

Treninglar yakunida, universitet talabalari va xodimlari uchun kampus va laboratoriya bo‘ylab tur tashkil etildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube