Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Farmon_ijrosi_amalda
#ingliz_tili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-55-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij o‘quv dasturi asosida ingliz tilida o‘qitish bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Mazkur dastur 2024/2025-o‘quv yilining sentabr oyidan Xo‘jayli tuman, Zomin tuman hamda noyabr oyidan Angren shahar, Yangiyer shahar, Buxoro tuman, Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida tashkil etildi. Jarayon davom ettirilib, bugun Agentlik tizimidagi Guliston shahar 2-son, Termiz shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ham saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, imtihon jarayonlari Prezident maktablari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ma'lumot o‘rnida, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarni ingliz tilida o‘qitish amaliyoti bosqichma-bosqich joriy qilinib boriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Forwarded from Fan olimpiadalari (U.R)
Joriy yilning 2-12-dekabr kunlari Ruminiyaning Buxarest shahrida 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiada tabiiy fanlar, ya’ni kimyo, biologiya va fizika fanlari bo’yicha o’quvchilarning kompleks bilimlarini sinashga hamda dunyo bo’yicha mazkur fanlardan maktab o’quvchilarining raqobat qilishlari uchun sog’lom muhit yaratishga qaratilgan.
Ushbu xalqaro olimpiada mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri bo‘lib, g'oliblar va ularning o‘qituvchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Xorijiy_hamkorlik
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasida boʻlib turibdi.
Oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan mazkur tashrif dastlab Germaniyadagi nufuzli universitetlardan biri boʻlgan Freyburg universitetidan boshlandi.
Uchrashuvda universitet klinikasi bosh direktori professor Fredrik Venz, "Mongold Consulting" raisi professor Klaus Mangold, "Consus.health" kompaniyasining bosh direktori Jorje Nikolic va boshqalar ishtirok etdi.
Agentlik direktori A.Ubbiyev davlatimiz rahbari tomonidan taʻlimga qaratilayotgan katta eʼtibor va izchil islohotlar natijasida bugungi kunda Oʻzbekistonda taʼlim tizimi tubdan oʻzgargani, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimi yanada mukammallashtirilib Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyilgani, umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari yuksak marralarni zabt etayotganini taʼkidladi.
Shundan soʻng, Agentlik tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetining prorektorlari Baxtiyor Yoʻldoshov hamda Bahodir Ahmedov tashkil etilganiga qisqa vaqt boʻlishiga qaramasdan katta natijalarga erishib kelayotgan universitetimiz haqida taqdimot qildi.
Mezbonlar tomonidan Oʻzbekistonda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, yirik loyihalar, shuningdek, Germaniya va Oʻzbekiston oʻrtasida rivojlanib borayotgan barcha sohalar singari taʼlimda ham ikki tomonlama yaqin hamkorlik va doʻstona munosabatlar alohida eʼtirof etildi.

#ota_onalar_yigʻilishi
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi
📌Termiz shahridagi Prezident maktabida tahsil olayotgan 5-sinf o‘quvchilarining ota-onalari bilan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan “Tarbiyachi —sinf rahbar — ota-ona — o‘quvchi” hamkorligi mexanizmini kuchaytirish yuzasidan “Ota-onalar majlisi” o‘tkazildi.
🖇Yig‘ilishda, maktab psixologi ham ishtirok etdi va o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan psixologik treninglar tashkil etildi.
📎Shuningdek, sinf rahbarlari va tarbiyachi pedagoglar ishtirokida o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyaviy jihatlari muhokama qilindi.
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi
📌Termiz shahridagi Prezident maktabida tahsil olayotgan 5-sinf o‘quvchilarining ota-onalari bilan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan “Tarbiyachi —sinf rahbar — ota-ona — o‘quvchi” hamkorligi mexanizmini kuchaytirish yuzasidan “Ota-onalar majlisi” o‘tkazildi.
🖇Yig‘ilishda, maktab psixologi ham ishtirok etdi va o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan psixologik treninglar tashkil etildi.
📎Shuningdek, sinf rahbarlari va tarbiyachi pedagoglar ishtirokida o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyaviy jihatlari muhokama qilindi.
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Xorijiy_hamkorlik
🤩 Agentlik delegatsiyasi Germaniyaning ITZ Interdistsiplinar oʻsimtalar markazida boʻldi.
Markaz haqidagi taqdimotlardan soʻng markaz boʻylab campus-tur tashkil etildi.
Xalqaro standart talablariga toʻliq moslashtirilgan, bemorlarga xizmat ko’rsatuvchi eng soʻnggi texnika va texnologiyalar bilan jixozlangan markazning Ichki kasalliklar boʻlimi tibbiy direktori, professor Robert Thimme, Radiologiya departamenti professorlari Maxim Zaitsev, Maximilian Frederik Russe tomonidan delegatsiya aʼzolariga markazning amaliy faoliyati toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.