Termiz shahridagi Prezident maktabi
2.33K subscribers
7K photos
514 videos
6 files
1.97K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Fan_olimpiadasi
#Termiz_shahri

📣
Oldin xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o'rtasida o‘tkazilayotgan Fan olimpiadasining Agentlik bosqichi 2-kunidan lavhalar.

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor
#Termiz_shahri

⚡️⚡️⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabining 6-sinf o‘quvchisi Panjiyev Boburbek chet tilini bilish darajasini aniqlovchi milliy CEFR imtihonidan B2 darajani qayd etdi.

💐O‘quvchimizning kichik yoshidagi yuqori natijasi bilan Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi tabriklaydi.

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#New_Uzbekistan_University
#Qabul_2023
#Surxondaryo_viloyati

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida "Yangi O‘zbekiston universiteti" uchun qabul imtihonlari boshlandi.

🎥 Imtihon jarayonlarini quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin:

Kamera 1
Kamera 2
Kamera 3
Kamera 4
You tube orqali kuzatish

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#teamwork
#Prezident_maktabi

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida ertalabgi saflanishdan so‘ng matematika fani o‘qituvchisi Onyemaobi Christian tomonidan taqdimot taqdim qilindi.

O‘quvchilar orasida jamoa bo'lib ishlash ko'nikmasini shakllantirish, muayyan maqsad yo‘lida birlashishga qaratilgan amaliy o‘yinlar o‘tkazildi.

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Robototexnika
#Seminar_trening

⚡️Surxondaryo viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarning robototexnika tog'aragi rahbarlari uchun Termiz shahridagi Prezident maktabida robototexnika bo'yicha amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Robototexnika vositalaridan dars mashg'ulotlarida unumli foydalanish, onlayn platformalarda simulyatsion dasturlar, bolalar uchun qiziqarli bo'lgan fundamental dasturlar, tumandagi maktablarda ichki imkoniyatdan kelib chiqqan holda sifatli ta'limni tashkil etish masalalari taqdimot va amaliy mashg'ulotlar orqali yetkazildi.

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Умумий ўрта таълим мактабларининг битирувчи ёшларига табрик

Поздравление выпускникам общеобразовательных школ

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Maktablarimizning aziz bitiruvchilari!

Sizlarni maktablarimizni muvaffaqiyatli tamomlab, begʻubor oʻquvchilik yillaringizni ortda qoldirib mustaqil hayot sari ilk qadam tashlayotganingiz bilan chin dildan tabriklayman.

Mustaqil hayot goʻzal va jozibali, albatta. Shu bilan bir qatorda sizdan katta masʼuliyat va ulkan shijoat ham talab etadi. Ishonamanki, jonajon maktablaringizda mehribon ustoz-murabbiylaringizdan olgan taʼlim-tarbiyangiz hayot yoʻllaringizni oʻchmas mashʼala misol hamisha yoritib turadi.

Maktabni tamomlamasdan turib Garvard, Chicago, California, Pennsylvania, Cardiff, Arizona, Nottingham kabi dunyoning nufuzli Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinganingiz bilan tabriklayman.

Yurtimizda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi zamonaviy Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni joriy yilda 4293 nafar yigit-qizlarimiz tamomlamoqda. Prezidentimiz aytganlaridek, sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimiz, Yangi Oʻzbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir.

Qadrli oʻqituvchi va ustozlarimiz!

Shunday hayajonli daqiqalarda Sizlarning sharafli va masʼuliyatli kasbingizga sadoqat va fidoiylik bilan yondashib, har bir oʻquvchini oʻz farzandingizday bilib ularga bilim berganingizni alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman.

Muhtaram muallim va murabbiylar Sizlarning zamon bilan hamnafas fikrlashingiz, oʻz ustingizda tinimsiz mehnat qilayotganingiz, izlanish va talabchanligingiz, qolaversa, mashaqqatli xizmatlaringiz sabab oʻquvchilarimiz barcha sohalarda yuksak marralarni qoʻlga kiritib kelmoqda.

Aziz oʻquvchilar!

“Soʻngi qoʻngʻiroq” sadolarini katta hayotga kirish uchun chalingan bong deb qabul qiling.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, sizlar inson har tomonlama erkin, ozod va farovon yashaydigan yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar.

Oʻrganish va izlanishdan aslo charchamang!

Barchangizga oʻqish va ishlaringizda omad tilayman.

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari
agentligi direktori