Termiz shahridagi Prezident maktabi
3.96K subscribers
7.34K photos
532 videos
7 files
2.09K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Davra_suhbati
#Katta_hayotga_kichik_qadamlar_bilan

📣Termiz shahridagi Prezident maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi Shoxista Xamdamova hamda IELTS 7, SAT 1330 xalqaro sertifikatlar sohibi, University of Arizona, Mississippi Satate University, Wingtage University, University of Michigan-Dearborn, Northern Illions Universitylariga tahsil olish yo'llanmasini qo'lga kiritgan maktabimizning 11-sinf o'quvchisi Asror Xo'jayev "Katta hayotga kichik qadamlar bilan" mavzusida Denov tumanidagi 1 va 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 10-11-sinf o'quvchilari uchun davra suhbati tashkil etdi.

Uchrashuvda o’quvchilar SAT (Scholastic Assessment Test) xalqaro sertifikatini olish va uning imtiyozlari, “TOP 1000” talik Universitetlarga hujjat topshirish va qanday qilib grant yutish yo’llari, “El-yurt umidi” jamg’armasi imtiyozlaridan foydalanish haqida ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga taqdim etgan Murojaatnomasiga munosabat.

Termiz shahridagi Prezident maktabining tarix va tarbiya fanlari o'qituvchisi Fazliddin Shamsiddin o'g'li Abduraimov: "Ma'naviyati yuksak jamiyat, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatni, albatta, sifatli ta'limsiz tasavvur qilib bo'lmaydi".

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Sharh
#Murojaatnoma

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi xodimlarining O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga taqdim etgan Murojaatnomasiga munosabati

Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Kenjayev “Yoshlar” radiosi va O‘zbekiston milliy axborot agentligiga intervyu berdi.

Agentlikning Prezident maktablari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i To‘rabek Shermatovning "Madaniyat va maʼrifat" telekanaliga bergan sharhi.

Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi, shoira O‘ktamxon Soliyeva munosabati.

Termiz shahar Prezident maktabi tarix va tarbiya fani o‘qituvchisi Fazliddin Abduraimovning munosabati.

Namangan shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori Shuhrat Aziboyevning munosabati.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yil_sarhisobi

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova boshchiligida 2022-yil davomida Agentlik va tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyati sarhisobiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda hududiy bo'limlar rahbarlari ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etishdi.

Yig'ilish davomida 2022-yil davomida qo'lga kiritilgan yutuqlar hamda istiqboldagi rejalar haqida so'z yuritildi.

📍Unda shuningdek ixtisoslashtirilgan maktablarda o'tkazilgan choraklik summativ baholash natijalari, 1-2-choraklarda erishilgan natijalar haqida ma'lumot berildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Maqola
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi To'raqulova Dilnoza Choriyevnaning "Maktab yoshidagi bolalarga nutq tovushlarini o'qitishda muhim jihatlar" mavzusidagi maqolasi xalqaro jurnalda chop etildi.

"Bu maqolada yosh o‘quvchilarga nutq tovushlarining ahamiyati, muhimligi yoritilgan bo‘lib, bolalarga fonetik tovushlarning o‘xshash va farqli tomonlarini haqida nuqtai nazarlar keltirilgan"
- deydi muallif.

Maqola bilan tanishish.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#SAT
#Эълон

📣XALQARO SAT IMTIHONLARINI ENDI PREZIDENT MAKTABLARIDA TOPSHIRISHINGIZ MUMKIN!

AQSHdagi nufuzli universitetlar tomonidan tan olinadigan SAT imtihonlarini topshirish yana ham osonlashdi!

❗️Endi mazkur imtihonlar Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etiladi.

Mazkur imtihon MATEMATIKA va INGLIZ TILI fanlaridan o'tkaziladi hamda xorijiy universitetlar tomonidan tan olinadi.

📌Ma'lumot o'rnida, SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo'lib, 1926-yildan buyon o'tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo’ladi.

📆Imtihonlar MART, APREL va MAY oylarida bo'lib o'tadi.
________
❗️Xalqaro SAT imtihonlari uchun ro'yxatdan o'tish haqida qo'shimcha ma'lumotlar tez orada veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali e'lon qilinadi.

👇
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

🥇Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Muxtorova Aziza chalqancha suzish bo‘yicha "O‘zbekiston kubogi" sohibasi bo‘ldi.

📣Joriy yilning 21-26-noyabr kunlari Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan "O‘zbekiston kubogi" musoboqasida Termiz shahridagi Prezident maktabi Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi (suzish bo‘yicha) Muxtorova Aziza faol qatnashib, 50 metrga chalqoncha suzish bo‘yicha 30.01 natijani qayd etdi va faxrli I o‘rinni egalladi.

U, shuningdek,100 metrga erkin suzish bo‘yicha ham 1.00.24 natijani ko‘rsatib, III o‘rin sohibasiga aylandi.

Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi A.Muxtorovani ushbu yutuqlari bilan tabriklaydi!

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълимини ислоҳ қилишга бағишланган тадбирларда иштирок этади.

Давлатимиз раҳбари Халқаро конгресс марказида таълим сифатини ошириш ва янги авлод дарсликларини жорий этишга бағишланган кўргазма-тақдимот билан танишиб, соҳадаги ислоҳотлар ҳақида мурожаат қилади. Мактаб ўқитувчилари билан норасмий муҳитда мулоқот қилади.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев примет участие в мероприятиях, связанных с реформированием школьного образования.

Глава государства ознакомится с выставкой-презентацией по повышению качества образования и внедрению учебников нового поколения, выступит с заявлением о реформировании сферы. В неформальной обстановке побеседует со школьными учителями.

Facebook|Instagram|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

⚡️"Bugun ota-onalarning ham masʼuliyatini oshirishimiz kerak. Ota-onalarning taʼlimga munosabatini o‘zgartirmagunimizgacha hech narsaga erisha olmaymiz".
Shavkat Mirziyoyev.

📣Termiz shahridagi Prezident maktabida 3 kun davomida o'quvchilarning ota-onalari bilan uchrashuv va individual suhbatlar sinflar kesimida tashkil etildi.

📌Ta'lim jarayonida ota-onalarning ahamiyati, farzandi erishayotgan yutuqlar, tarbiyaviy jihatlar, maktab faoliyatidagi ustuvor yo'nalishlar, xalqaro CIS (Council of International Schools) akkreditatsiyasidan o'tish, xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritish kabi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube