Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
🌐 Butunjahon ta’lim forumi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Buyuk Britaniya Parlamenti Davlat kotibi o‘rinbosari — Erta yoshdagi bolalar ta’limi vaziri Stiven Jeyms Morgan bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Stiven Morgan maktabgacha ta’lim yo’nalishida Buyuk Britaniya tajribasi haqida so‘z yuritdi.
Bundan tashqari, o‘zaro muloqot davomida bolalarni sog‘lom ovqatlashtirish yo’nalishidagi ishlar, istiqboldagi rejalar haqida ham fikr almashildi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩3
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#qabul_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#1_iyun_20_iyun
📣 📣 📣 📣 📣
❗️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!
⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
❓ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning:
➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
❓ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
✅ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
➖ aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga;
➖ tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi.
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR
☎️ Call-markaz: 1206
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

👍3
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#uchrashuv
⚡️ Xabaringiz bor, yaqinda Prezident Qarori bilan Xorazm viloyatida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.
📆 Bugun Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati binosida mazkur universitet faoliyatiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🤩 Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Al-Xorazmiy universitetining tashkiliy guruhi rahbari Islam El-Xadari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalarining xorijiy sertifikat egalari bo‘lgan o‘quvchi yoshlari ishtirok etdi.
🗣 Uchrashuv davomida tashkil etiladigan universitetda yaratiladigan sharoitlar, imtihon jarayonlari, o‘qish davomidagi imtiyozlar haqida to'liq ma'lumot berildi.
🟢 Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mas’ullardan javob oldilar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Xabaringiz bor, yaqinda Prezident Qarori bilan Xorazm viloyatida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#Prezident_maktablari
❗️ Aziz o‘quvchilar!
Agar siz bilimga chanqoq, izlanuvchan va kelajakda Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan boʻlsangiz — Prezident maktablari siz uchun!
🤩 Prezident maktablarida oʻquvchilar:
➖ STEM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) fanlari chet ellik pedagoglar tomonidan ingliz tilida o‘qitiladi;
➖ zamonaviy yotoqxona, darslik va zarur oʻquv qurollari, maktab formasi bilan bepul ta’minlanadi;
➖ bir kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;
➖ darsdan so‘ng to‘garak mashg‘ulotlariga jalb qilinadi;
➖ turli xil sport turlari (futbol, basketbol, suzish, tennis) bilan shug‘ullanishadi;
➖ 11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarida ishtirok etib, ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
Agar siz bilimga chanqoq, izlanuvchan va kelajakda Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan boʻlsangiz — Prezident maktablari siz uchun!
VIDEOLAVHADA Guliston shahridagi Prezident maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#ilmiy_metodik_kengash
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev, masʼul xodimlar, nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan taniqli olimlar, ixtisoslashtirilgan maktablarning tajribali amaliyotchi oʻqituvchilari hamda darslik mualliflari ishtirok etdi.
Kengash kun tartibida Agentlik tizimidagi maktab oʻquvchilari uchun ishlab chiqilgan 7-sinflar uchun algebra, geometriya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darsliklar, 5-sinf informatika va axborot texnologiyalari fanidan pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanma, shuningdek Prezident maktablari huzurida tashkil etilgan “Bitiruvchilar kengashi” loyihasi doirasida tayyorlangan “Taʼlimda barqaror rivojlanish – kelajak poydevori” nomli to‘plam muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida kun tartibiga kiritilgan darsliklarning mualliflari tomonidan taqdimotlar oʻtkazildi. Mazkur darsliklarga nisbatan oliy ta’lim muassasalari hamda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tomonidan berilgan taqrizlar tinglandi.
Yigʻilish yakunida Ilmiy-metodik kengash tomonidan taqdimotlar chogʻida bildirilgan fikr va mulohazalar asosida darsliklarni nashrga tavsiya etish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

👍4
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#qonunchilikdagi_yangiliklar
⚡️ “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-86-son, 15.05.2025 y.) qabul qilindi.
✅ Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🟢 iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish;
🟢 yoshlar bilan manzilli ishlash orqali global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash hamda mamlakat taraqqiyoti uchun yangi innovatsion imkoniyatlar yaratish.
🗣 Farmonga ko‘ra, “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur amalga oshiriladi.
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati tashkil etiladi.
📶 Shuningdek, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️ “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi
Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍1
#tanlov #zukko_kitobxon
#Termiz_shahri
🔗Tanlov nizomiga ko‘ra, ishtirokchilar Tohir Malikning “Alvido bolalik” qissasi hamda Abdulla Qahhorning “Adabiyot muallimi” hikoyasi asosida tezkor savol-javob hamda badiiy sahna ko‘rinishi shartlari bo‘yicha bellashdilar.
📎Tezkor savol-javob sharti orqali ishtirokchilarning bilimlari sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa, badiiy sahna ko‘rinishida o‘quvchilar o‘zlaridagi sahna madaniyati, aktyorlik mahorati, omma oldida o‘zini tutish kabi qobiliyatlarini namoyish etdilar.
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Termiz_shahri
Termiz shahridagi Prezident maktabida “Zukko kitobxon” tanlovining 9-10-sinflar o‘rtasida joriy mavsum saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🔗Tanlov nizomiga ko‘ra, ishtirokchilar Tohir Malikning “Alvido bolalik” qissasi hamda Abdulla Qahhorning “Adabiyot muallimi” hikoyasi asosida tezkor savol-javob hamda badiiy sahna ko‘rinishi shartlari bo‘yicha bellashdilar.
📎Tezkor savol-javob sharti orqali ishtirokchilarning bilimlari sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa, badiiy sahna ko‘rinishida o‘quvchilar o‘zlaridagi sahna madaniyati, aktyorlik mahorati, omma oldida o‘zini tutish kabi qobiliyatlarini namoyish etdilar.
Ma’lumot o‘rnida, “Zukko kitobxon” tanlovining final bosqichi iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🤩11👍7❤1🔥1👏1