Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Tayinlov
Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan:
✅ Karimova Eʻzozxon Gapirjanovna Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan E. Karimova 2021-2021-yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishladi.
2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib bordi.
Vazirlik jamoasi Eʻzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7💯5🔥3
Forwarded from Hilola Umarova
Professor-oʻqituvchilar uchun yangi imkoniyat!
Xabaringiz bor, yaqinda Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.
Universitetda 2025-2026-oʻquv yilida xorijiy taʼlim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilgan.
Aniq fanlar maktabida hisob (calculus), dasturlash, fizika, chiziqli algebra, diskrit matematika, maʼlumotlar tuzilmalari va algoritmlar, sunʼiy intellekt va robototexnika, ingliz tili fanlaridan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar tanlab olinib, Kembrij universitetida malaka oshirishlari maqsad qilingan.
Kurs yakuni boʻyicha Kembrij universitetining malaka sertifikatiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar 2025-2026-oʻquv yilidan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ish faoliyatini boshlaydi.
Tanlovda ishtirok etuvchi professor-oʻqituvchilarga qoʻyiladigan birlamchi talablar:
– fan nomzodi (PhD) yoki fan doktori (DSc) ga ega boʻlishi;
– 5 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga egaligi;
– ingliz tilini B2 darajada bilishi (til bilish sertifikati);
– Scopus, web of science xalqaro ilmiy jurnallari hamda yuqori indeksga ega ilmiy jurnallarda maqolalar chop etganligi;
– oʻz fani yoʻnalishida turli grant va loyihalardagi ishtiroki;
Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjat va maʼlumotlarni tanlov.uzedu.uz havola orqali yuborishingiz mumkin.
Tanlovda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilarga ustuvorlik beriladi.
Hurmatli professor-oʻqituvchilar, ushbu imkoniyatlar siz uchun, undan foydalaning!
@hilola_umarova

❤4
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#KHIMIO_2025
#live
⏺ Poytaxtimizda oʻtkazilayotgan Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi boshlandi.
✅ Maʼlumot uchun: mazkur olimpiadada dunyoning 9 ta mamlakati — Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Malayziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlaridan kelgan hamda Oʻzbekiston vakillaridan iborat jami 205 nafar (matematikadan 34 ta, informatikadan 32 ta jamoa) oʻquvchi-yoshlar ishtirok etadi.
🌐 JONLI EFIR
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#live
🌐 JONLI EFIR
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
Ajdodlarni xotirlash, keksalarni e’zozlash – xalqimizning ulug‘ qadriyatlaridan biridir. Yoshi ulug‘ va nuroniylarga bo‘lgan hurmat va e’tibor har doim diqqat markazimizda bo‘lib kelgan.
Xotira va qadrlash – el-yurt ravnaqi, tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi yo‘lida fidokorona kurashgan insonlarning bebaho xotirasini yod etish, ularni e’zozlashdir. Bu – xalqimizning asriy an’analaridan, buyuk fazilatlaridandir.
Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin. Xonadoningizdan fayzu baraka, tinchlik va xotirjamlik hech qachon arimasin. Yurtimiz doimo tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

👍5
#9_may
#Xotira_va_qadrlash_kuni
📌Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari tarbiyachi pedagoglar boshchiligida 9-may — "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan shahrimizda joylashgan Xotira xiyoboniga tashrif buyurib, urushga ketgan farzandini kutayotgan motamsaro ona yodgorligiga hurmat bajo keltirib, xiyobondagi ma'lumotlar bilan tanishdilar.
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xotira_va_qadrlash_kuni
9-may — Xotira va qadrlash kuni

👍10❤4🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#9_may
#Xotira_va_qadrlash_kuni
Mazkur sana yuragimizda ajdodlarimizga bo‘lgan chuqur hurmat, ulug‘vorlik va minnatdorlik tuyg‘ularini yana bir bor uyg‘otadi. Yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi yo‘lida boshini tik tutgan, jonini fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasi oldida doimo ta’zimdamiz.
Termiz shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari tashabbusi bilan tayyorlangan ushbu videorolik el-yurt ravnaqi, tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi yo‘lida fidokorona kurashgan insonlarning bebaho xotirasiga bagʻishlanadi.

🔥8👏4👍2
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar uchun milliy kontent yaratish avvalo yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashdan boshlanadi. Chunki milliy kontent ishlab chiqaradigan, xalqimizning ruhi va qadriyatlarini his etadigan yangi avlodni tarbiyalash soha kelajagi uchun juda muhim.
Yaqinda “Renessans” bolalar oromgohida tashkil etilgan ijodiy muloqot va mahorat darslari yosh iste’dodlar hamda soha mutaxassislari o‘rtasida ijodiy ko‘prik vazifasini o‘tadi. Professionallar o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashdi, yoshlar esa kreativ g‘oya va loyihalarini taqdim etishdi.
Bunday samarali va ilhomlantiruvchi loyihalarni mamlakatimizning turli hududlarida muntazam o‘tkazib borish zarur. Chunki yurtimizda haqiqiy iste’dodlar ko‘p, ularga imkoniyat va yo‘l ko‘rsatadigan ustozlar kerak.
#BolalarUchunKontent
—
Создание национального контента для детей начинается, прежде всего, с поддержки молодых талантов. Ведь для будущего этой сферы важно воспитать новое поколение специалистов, которое сможет создавать контент, чувствовать дух и ценности нашего народа.
Недавняя творческая встреча и мастер-классы, организованные в детском лагере «Ренессанс», стали творческим мостом между молодыми талантами и опытными профессионалами. Мастера поделились своими знаниями, а молодёжь представила креативные идеи и проекты.
Подобные полезные и вдохновляющие проекты необходимо проводить регулярно по всей стране. Потому что у нас много талантливой молодёжи — ей нужны возможности и наставники, которые помогут найти правильный путь.
#КонтентДляДетей

👍2
#tabrik #12_may
#Xalqaro_hamshiralar_kuni
Insonlar salomatligi yo‘lida tinimsiz mehnat qilayotgan, rahm-shafqat, sabr-toqat va mehr bilan o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan hamshiralar, Sizlarni chuqur hurmat va minnatdorchilik ila 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Sizlarning ezgu faoliyatingiz – bemorlar dardiga malham, yuraklarga umid, jamiyatimizga salomatlik bag‘ishlaydi. Har bir mehrli so‘zingiz, g‘amxo‘rlik bilan qilingan harakatingiz orqasida chinakam fidoyilik yotadi.
Yorug‘ kunlaringiz ko‘p, sog‘lig‘ingiz mustahkam, baxtingiz barhayot bo‘lsin! Kasbiy faoliyatingizda yuksak zafarlar, hayotingizda esa tinchlik va farovonlik tilaymiz!
Xalqaro hamshiralar kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan Termiz shahridagi Prezident maktabi jamosi!💐💐💐
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamshiralar_kuni
12-may — Xalqaro hamshiralar kuni

👍15❤6🔥3👏2🤩2
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jonli_efir
#matbuot_anjumani
#qabul_2025
🔔 MATBUOT ANJUMANI BOSHLANDI
✅ Mavzu: Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2025/2026-o'quv yili uchun hujjatlar qabuli
⏺ Ushbu MATBUOT ANJUMANIni quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin:
▶️ JONLI EFIR
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#matbuot_anjumani
#qabul_2025
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Qabul_2025
#Matbuot_anjumani
✅ Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
_____
📆 Agentlik tizimidagi maktablarga hujjatlar qabuli joriy yilning 1-20-IYUN kunlari bo‘lib o‘tadi.
📥 Hujjatlar qabuli onlayn shaklda my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Agentlikning ariza.piima.uz rasmiy veb-sayti hamda mobil ilova orqali qabul qilinadi.
📊 2025-2026-o‘quv yili uchun:
➖Prezident maktablariga 336 nafar,
➖ijod maktablariga 440 nafar,
➖Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 24 nafar,
➖Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 24 nafar,
➖ixtisoslashtirilgan maktablarga esa 8 200 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.
📞 Qabul jarayonlariga oid savollarga javob berib borish maqsadida Murojaatlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Markazga har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha 1206 qisqa raqam orqali bog‘lanish mumkin.
🌐 Bundan tashqari, onlayn hujjat topshirishga ko‘maklashish hamda o‘quvchilar qabuli yuzasidan murojaatlarga javob berish bo‘yicha (hududiy) shtablar ham tashkil etildi.
🗣 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Matbuot_anjumani
Anjuman doirasida mas'ullar tomonidan joriy yilgi qabul va imtihon jarayonlari haqida so‘z yuritildi hamda barcha savollarga batafsil javob berildi.