Termiz shahridagi Prezident maktabi
3.9K subscribers
7.35K photos
534 videos
7 files
2.1K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mening_ustozim

“Shaxsan men o‘qituvchi deganda — zamon bilan hamqadam bo‘lgan jonkuyar, ziyoli shaxsni, maktab deganda — bilim va ma’rifat yog‘dusi taralib turadigan, Uchinchi Renessans poydevori qo‘yiladigan tabarruk maskanni ko‘z oldimga keltiraman. Barchamizga ayonki, muallimning obro‘-e’tibori — bu, avvalo, millatning, butun xalqning obro‘-e’tiboridir.” Sh.M.Mirziyoyev


Ustozlarimizga bo‘lgan chuqur mehr-muhabbatimizning ifodasi o‘laroq, maktabimizning “Yosh suxandonlar” klubi a’zolari tomonidan ijro etilgan “Zamon Avloniysi — mening ustozim!” she’rini tinglab, bahramand bo‘ling.

📝She’r muallifi: tarix va tarbiya fanlari o‘qituvchisi F.Sh. Abduraimov.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
11🔥4👍3
“Teatr bu – ibratxonadir” — Mahmudxo‘ja Behbudiy


Sahna asarlarini jonli tarzda tomosha qilish — tomoshabin, xususan, o‘quvchilar uchun katta ibrat maktabini o‘taydi.

Mana shunday ezgu maqsadlarni ko‘zlab, Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari azim shahrimizda joylashgan “San’at saroyi”ga tashrif buyurib, ilk o‘rta asrlar turkiy xalqlar hayoti va milliy san’atimiz hisoblanmish baxshichilik tarixidan so‘zlovchi “Tog‘ bulbulining so‘nggi xonishi” nomli asar asosida sahnalashtirilgan spektakldan olam-olam taassurotlar oldilar.

Tomoshabinni ming yillar qariga olib kiruvchi sahna dekoratsiyalari; turkiy xalqlarning ichki dunyosi, mardona turmush tarzi, san’atga munosabati va or-nomusini baland tutib yashaganini ko‘rsatib bergan mohir aktyorlar barchamizda katta hayrat qoldirdi.

Malumot uchun:
Asar muallifi: Erkin Norsafar.
Teatr bosh rejissyori: F.N.Boltayev


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍7🔥4
Mintaqaviy olimpiadalar: umumiy 78 ta medal, ustozlarga qariyb 1 milliard soʻm mukofot

Joriy yilda oʻtkazilgan 11 ta mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda oʻzbekistonlik oʻquvchilar umumiy hisobda 78 ta medal (9 ta oltin, 20 ta kumush, 49 ta bronza)ni qoʻlga kiritdi.

Bugungi taqdirlash marosimida:

oltin medalni qoʻlga kiritgan 9 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 40 million 500 ming soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 168 million 750 ming soʻm;

kumush medalni qoʻlga kiritgan 20 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 60 million soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 262 million 500 ming soʻm;

bronza medalini qoʻlga kiritgan 49 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 110 million 250 ming soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 551 million 250 ming soʻm pul mukofotiga ega boʻldi.

👏 Quvonarlisi, mazkur mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari ustozlarining umumiy mukofot jamgʻarmasi qariyb 1 milliard soʻmni tashkil etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1👏1
#pozitiv_kayfiyat #trening
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

📌Termiz shahridagi Prezident maktabi psixologi N.Uzakova tomonidan psixologik trening tashkil etildi.

⚡️“Pozitiv kayfiyat bilan, stressni yeng!” shiori ostidagi ushbu trening ayni kuzgi ta’til vaqtida tashkil etilgani bois barcha pedagog xodimlarni jalb qildi.

🔗Treningda, yuqori kayfiyat bag‘ishlaydigan, shuningdek, xodimlar o‘rtasida ijobiy muhitni yaratish, stressni kamaytirish va jamoaviy ruhni oshirish uchun juda foydali bo‘lgan bir qancha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🤩15👍92🔥2