Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.01K subscribers
7.28K photos
525 videos
6 files
2.06K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#eʼtirof
#bizning_shunday_ustozlarimiz_bor

⚡️1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tomonidan ta’lim tizimida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh pedagoglar “Xalq ta’limi fidoyisi”, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Shunday fidoyi o‘qituvchilar safida bo‘lgan Termiz shahridagi Prezident maktabining Science fani o‘qituvchisi Xidirova Muqaddam Rustamovna ham O‘zbekiston Respublikasi "Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

💐Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi Muqaddam Rustamovnani samimiy qutlab, kelgusi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍268👏6💯1
#Qaror_ijrosi
#Milliy_gvardiya
#Prezident_maktabi

O‘zbekiston Repblikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyaning 2024-yil 30-iyuldagi “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 24/15/20-sonli qo‘shma qarori ijrosi doirasida Milliy gvardiya qo‘mondonining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mamayusupov Sarvar Dexqonovich Termiz shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi.


📝Tashrif davomida, Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilarining Milliy gvardiya hududiy qo‘riqlash boshqarmalariga tashriflarini tizimli amalga oshirish mexanizmi, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha bir qator ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar bilan o‘tkaziladigan tabdirlar hamda mashg‘ulotlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍15🔥4💯1
#futbol #direktor_kubogi
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

🏆Termiz shahridagi Prezident maktabida 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan pedagog hamda texnik xodimlar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Direktor kubogi” o‘tkazildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥9👍63👏2💯2