Termiz shahridagi Prezident maktabi
2.21K subscribers
6.92K photos
501 videos
6 files
1.93K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun tezkor, yangiliklar bosimi yuqori davrda zamonaviy o‘qituvchi ulardan xabardor bo‘lishi, o‘z sohasi bo‘yicha o‘zgarishlar, yangi metodikalarni tez o‘zlashtirishi kerak. Biz vazirlik jamoasi esa ularga zarur sharoitni yaratib berishimiz lozim.

Har yili “Ustozlar milliy forumi”ni tashkil etish an’anaga aylanib ulgurdi. Joriy yildagi forum Toshkent viloyatidagi "Renessans" oromgohida bo‘lib o‘tdi. Avvalgi va yangi o‘quv yili uchun ko‘prik vazifasini bajaradigan ushbu ikki kunlik yirik tadbirda natijalar sarhisob qilinib, yangiliklar yetkazildi, sho‘balar kesimida treninglar tashkil qilindi.

Seminarda bu yil respublikamizning turli nuqtalaridan kelgan 400 nafar ilg’or pedagoglarimiz ishtirok etdi.

Seminarda ilk bora 5E va MRT metodik yondashuvlari haqida treninglar tashkil etildi. Endi mazkur mahorat darslari viloyat, tuman (shahar), maktab miqyosida davom etadi va respublikadagi barcha ustozlar qamrab olinadi.

Forumda fidoyi hamkasblarimizni “Xalq ta'limi a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladik.

Yangi o‘quv yilida barcha jonkuyar ustozlarimizdan faollik kutamiz, o‘rgangan bilim va tajribalaringizni yosh avlodga yetkazishlariga ishonamiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Digital_Generation_Uzbekistan

🟡 RAQAMLI AVLOD RESPUBLIKA INKLYUZIV IT OROMGOHIGA START BERILADI

🇺🇿🇺🇿 Mustaqilligimizning 33 yilligiga bagʻishlangan loyiha 26–30-avgust kunlari Agentlikning “Renessans” oromgohida boʻlib oʻtadi.

Offlayn yoʻnalishlar:
Robototexnika;
No Coding;
3D modellashtirish;
Digital Art.

Onlayn yoʻnalishlar:
DotNet;
No coding;
Frontend;
Python;
Flutter;
Web Design.

🌐Oromgohda qatnashish uchun online.raqamliavlod.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz offlayn qatnashuvchilar soni cheklangan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#7_avgust_25_avgust

Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qanday tartibda imtihon topshiriladi?

Mazkur sport maktabiga o‘quvchilar ikki bosqichli imtihon (jismoniy tayyorgarlik va test sinovlari) asosida qabul qilinadi.

Birinchi bosqich:
umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha;
maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
yotgan holda qoʻl va oyoqlarni juftlashtirish;
oyoqlarni quchoqlab ko‘krak qafasi bilan tizzalarga yopishib turish;
arqonda sakrash;
arqon bilan ikki martalik sakrash;
muvozanatni saqlash;
shpagat;
qoʻllarni bukmagan holda tananing old va orqa qismiga oʻtkazish.

Maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
yerga yotib, belni vertikalga koʻtarish;
qorinda yotgan holda ikki oyoqni ushlash;
risk mashqlari toʻp bilan;
halqa bilan mashq bajarish;
arqondan tashqari boshqa sport jihozida mashq bajarish;
lenta bilan mashq bajarish;
oʻng va chap oyoqda 50 sm balandlikdan oldinga boʻlinish ikkita skameykadan oʻzaro faoliyat boʻlinish;
aylanishlar mashqi ikkisidan biri (Fuyete yoki Koltco);
tanlagan aylanish (Planshe).

Ikkinchi bosqich (test sinovlari):
2-3-4-sinflar uchun psixologik test 10 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 15 ta test (jami 25 ta test 35 ball beriladi);
5-6-7-8-sinflar uchun psixologik test 15 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test ( jami 35 ta test topshiriqlariga 50 ball beriladi).

📆 Eslatma, hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#Termiz_shahri

🎥Termiz shahridagi Prezident maktabida Surxondaryo viloyati Direktorlar kengashi tashabbusi bilan viloyatdagi taʼlim muassasalari direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlari uchun "Ta’lim sifatini oshirishda xalqaro va milliy baholashning o‘rni" mavzusida oʻtkazilgan seminar-treningdan videolavha.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#sport_maktablari

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

🪪 Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#seminar_trening
#Termiz_shahri

SURXONDARYO MTRK |Termiz shahridagi Prezident maktabida "Ta’lim sifatini oshirishda xalqaro va milliy baholashning o‘rni" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#imtihon_2024
#sport_maktablari

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi joriy yilning 27-28-29-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.


🗺IMTIHON OʻTKAZILADIGAN MANZILLAR:

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:

📍Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, "Sportchilar" koʻchasi, 19-uy).

📝 IMTIHON TALABLARI


Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sarikoʻl koʻchasi, moʻljal: 175-umumiy taʼlim maktabi).

📝 IMTIHON TALABLARI

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
to'g'ridan_to'g'ri_3_bosqichga_o'tgan_pedagoglar_ro'yxati.pdf
981.3 KB
#tanlov
#ishga_taklif

🔔 PEDAGOG O‘QITUVCHILAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga tanlov eʼlon qilgan edi.

📝 Bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan o‘qituvchilar yuqorida ilova qilinayotgan jadvallar asosida tanlovning 2-bosqichi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri 3-bosqichga o‘tganligini bilishi mumkin.

📍Tanlovning 2-bosqichi (test) joriy yilning 22-avgust kuni hududlardagi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining toifa testlari o‘tkaziladigan binolarida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovning 3-bosqichida (suhbat) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan toifa testlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilarga berildi.

🪪 Tanlovning 2-bosqichida ishtirok etadigan nomzodlardan test jarayoniga o‘zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishingiz so‘raladi.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_eʼlon

🔔 IKKINCHI BOSQICHGA
TAVSIYA ETILGAN PEDAGOG O‘QITUVCHILAR DIQQATIGA!

📆 Joriy yilning 22-avgust kuni ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkaziladigan test (tanlovning 2-bosqichi) quyidagi vaqtlarda o‘tkaziladi:

1. Fizika/Matematika/Informatika - soat 09:00;

2. Kimyo/Biologiya/Ingliz tili/Ona tili/Rus tili/San'at - soat 11:00;

3. Tarix/Tarbiya/Geografiya/Jismoniy tarbiya/Texnologiya - soat 13:00;

4. O‘zbek tili/Qoraqalpoq tili - soat 15:00.

📍Test jarayonlari bo’lib o’tadigan manzillar.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#favqulodda_vaziyatlar
#axborot_targʻibot_tadbiri

🤩 Agentlikda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda kuchli zilzila va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlarda to‘g‘ri harakat qilish mavzusi yuzasidan axborot-targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Unda Agentlik rahbariyati va xodimlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari, shuningdek, ZOOM platformasi orqali tizimdagi maktab jamoalari ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni qabul qilingan.

Ushbu farmonning tegishli bandida favqulodda vaziyatlar va global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator, jumladan kuchli zilzila va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash tizimini rivojlantirish singari vazifalar belgilab berilgan.

Mazkur farmon ijrosi doirasida tashkil etilgan axborot-targʻibot tadbirida mutaxassislar tomonidan favqulodda vaziyatlar, xususan kuchli zilzila va tabiiy ofatlar vaqtida qanday harakatlanishga oid zarur tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar eʼtiboriga mavzuga oid taqdimotlar havola etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#2_bosqich
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

📌Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga tanlov eʼlon qilgan edi.

Ayni damda Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabida 2-bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar uchun test jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

📝Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkaziladigan test (tanlovning 2-bosqichi) quyidagi vaqtlarda o‘tkaziladi:

1. Fizika/Matematika/Informatika - soat 09:00;

2. Kimyo/Biologiya/Ingliz tili/Ona tili/Rus tili/San'at - soat 11:00;

3. Tarix/Tarbiya/Geografiya/Jismoniy tarbiya/Texnologiya - soat 13:00;

4. O‘zbek tili/Qoraqalpoq tili - soat 15:00.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube