Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.01K subscribers
7.28K photos
525 videos
6 files
2.06K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#soʻnggi_qoʻngʻiroq
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarida ham “Ilm – saodat kaliti!” shiori ostida "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Unda joriy oʻquv yilida samarali faoliyat olib borgan, yuqori natijalar koʻrsatgan maktab jamoalari hamda yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishda faol hissa qoʻshgan ustoz-murabbiylar Agentlikning tashakkurnomalari bilan eʼtirof etildi.

Ushbu tadbirlarda viloyat, shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, olim va professorlar, deputatlar, nuroniy va faxriy ustozlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

📶 Quyidagi havolalar orqali tadbirlar haqida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin:
🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Buxoro viloyati
🇺🇿 Jizzax viloyati
🇺🇿 Navoiy viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati
🇺🇿 Samarqand viloyati
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent viloyati
🇺🇿 Farg‘ona viloyati
🇺🇿 Xorazm viloyati
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent shahri

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat_final
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

🎥2024-yil 21-may kuni Termiz shahridagi Prezident maktabida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual turnirining joriy mavsum final o‘yinidan videolavha.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Live

🔴 Ayni damda Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining ochilish marosimi bo’lib o’tmoqda.

👉 Tadbirni jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024
#Prezident_maktablari

FARZANDIM TERMIZDAGI MAKTABDA TAHSIL OLADI. BIZ ESA TOSHKENTDA YASHAYMIZ. FARZANDIM TOSHKENT SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIGA O‘QISHGA TOPSHIRSA BO‘LADIMI?
Belgilangan tartibga koʻra, talabgor-oʻquvchi oʻzi oʻqiyotgan maktabi joylashgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshira oladi. Demak, farzandingiz faqatgina Termiz shahridagi Prezident maktabiga hujjat topshira oladi.


BIZ SAMARQANDDA DOIMIY ROʻYXATDA TURAMIZ. FARZANDIMIZ ESA MOSKVADA OʻQIYDI. U QAYSI PREZIDENT MAKTABIGA OʻQISHGA TOPSHIRA OLADI?
Agar bola chet elda tahsil olayotgan boʻlsa, u ota-onasining doimiy roʻyxatda turgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin. Bunda oʻquvchining hujjatlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi talab etiladi.

FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSLAR PREZIDENT MAKTABIGA HUJJAT TOPSHIRISH IMKONIGA EGAMI?
Prezident maktabiga faqat Oʻzbekiston fuqarolari hujjat topshirishlari mumkin. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning hujjat topshirishi koʻzda tutilmagan.


🕊 PREZIDENT MAKTABLARI

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#xalqaro_olimpiada

⚡️Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasiga start berilmoqda

Bugun Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev, pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Oʻzbekistonda ikkinchi marta oʻtkazilayotgan mazkur olimpiada 14-15 yoshli oʻquvchilar oʻrtasida tashkil etilmoqda. Unda 100 nafarga yaqin oʻzbekistonlik, shuningdek, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon davlatlari vakillari, jami 120 nafardan ortiq oʻquvchilar ishtirok etadi.


📝 Olimpiada bahslari 28-29-may kunlari yozma ish shaklida oʻtkaziladi hamda ishtirokchilarga 4 tadan masala beriladi. Har bir masala 10 ball bilan baholanadi, yakuniy natija jami ikki tur uchun maksimal 80 ballni tashkil qiladi.

🥇Gʻoliblar musobaqa tashkilotchilari tomonidan oltin, kumush va bronza medallari bilan taqdirlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1