Termiz shahridagi Prezident maktabi
3.86K subscribers
7.35K photos
534 videos
7 files
2.1K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#STEM_Expo_2024 #taqdirlash
#Termiz_shahri

📌Termiz shahridagi Prezident maktabida ertalabki saflanish vaqti an’anaga muvofiq Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib kuylash bilan boshlandi.

Shundan so‘ng, joriy yilning 16-may kuni o‘tkazilgan STEM Expo-2024 ko‘rgazmasining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Hakamlar tomonidan yuqori baholangan loyihalar mualliflari sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Prezident_maktablari
#Qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️PREZIDENT MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🕊PREZIDENT MAKTABLARI

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

❗️DIQQAT
🗂 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (aʼlo) boʻlishi lozim
.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat_final
#Termiz_shahri

Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual o‘yinining navbatdagi mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi.

Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish hamda intellektual salohiyatlarini yuksaltirishga qaratilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi qizg‘in va murosasiz kechdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra,
5-7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

“AREON” jamoasi I o‘rinni;
“EXLUSIVE” jamoasi II o‘rinni;
“COSMOS” jamoasi III o‘rinni egalladi.

8-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

“VIP” jamoasi I o‘rinni;
“VI” jamoasi II o‘rinni;
“GOOGLE” jamoasi III o‘rinni egalladi.


🏆Mavsumning eng faol jamoasi deb topilgan “VIP” jamoasiga “Zakovat” kubogi, shuningdek, barcha g‘olib va sovrindor jamoalarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥1
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Termiz_shahri

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabining 7-“Blue” sinf o‘quvchisi Mansurova Madinaxon xalqaro IELTS imtihonlarida ishtirok etib, 7,5 ballni qayd etdi.

Madinaxon fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi, shuningdek, sport va san’atni hayotining ajralmas qismi sifatida bilishi bilan barcha o‘quvchilarimiz uchun namuna bo‘lib kelmoqda. Maktabimizning “Yil kitobxoni” bo‘lmish shogirdimiz muvaffaqiyatlari negizida kitobga cheksiz muhabbati borligi barchamizni quvontiradi.


Ushbu yutuq bilan o‘quvchimizni samimiy qutlab, ota-onasi, ustozlari ishonchini doimo oqlab yurishlarini tilab qolamiz.💐💐💐💐

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
#Qabul_2024
#al_Xorazmiy_filiallari

⚡️Joriy yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus shahrida, Andijon va Samarqand viloyatlarida aniq fanlar yoʻnalishida filiallari tashkil etildi.

2024/2025-oʻquv yilida:
Nukus filiali
🇺🇿 Oʻzbek tili sinflari boʻyicha 5-, 6-, 7-sinflariga,
🇺🇿 Qoraqalpoq tili sinflari boʻyicha 5-, 8-, 9-sinflariga;
Andijon filialining 5-, 7-, 8-, 9-sinflariga;
Samarqand filialining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-sinflariga oʻquvchilar faqat aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha belgilangan kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi.

🪪 Ushbu maktablarda oʻqish istagida boʻlgan talabgorlar shu yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar hujjatlarini faqat ONLAYN tarzda ariza.piima.uz sayti orqali topshirishlari mumkin.

❗️DIQQAT
🗺Ushbu maktablarga faqatgina maktab joylashgan hudud yaʼni:
Nukus filialiga – Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Andijon filialiga – Andijon viloyati,
Samarqand filialiga – Samarqand viloyati oʻquvchilari,
‼️Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga esa barcha hududlardagi maktab oʻquvchilar hujjat topshirishlari mumkin.

Maʼlumot uchun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining filiallari Respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etilishi rejalashtirilgan.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM