Termiz shahridagi Prezident maktabi
3.89K subscribers
7.35K photos
534 videos
7 files
2.1K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#xalqaro_tajriba
#Prezident_maktabi

⚡️MAKTABLARDA TA’LIM SIFATINI TA’MINLASHDA MAKTAB DIREKTORINING ROLI (XALQARO TAJRIBA)

〽️Surxondaryo viloyatida joylashgan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda rahbarlik faoliyatini olib borayotgan barcha xodimlar uchun "Maktablarda ta’lim sifatini ta’minlashda maktab direktorining roli " mavzusida ZOOM platformasi orqali onlayn seminar-trening tashkil etildi.

Yaqinda amaliy tashrif bilan Buyuk Britaniyada bo‘lib qaytgan Termiz shahridagi Prezident maktabi direktori G‘afur Tog‘ayev u yerdagi ta‘lim tizimi to‘g‘risida, shuningdek orttirgan tajribalarini o‘rtoqlashdi.


🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
📣Diqqat, e’lon!

🔵Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi qayta tashkil etildi.

📶 Endi vazirlik yangiliklarini ushbu yangi sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin:
👉 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live

📶 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari, shuningdek, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ta’lim muassasalarining zamonaviy boshqaruv shakli bo‘lgan “Direktorlar kengashi” a’zolari uchun seminar-trening bo’lib o’tmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim_islohoti
#Direktorlar_kengashi

Hilola Umarova: “Ta’lim tizimini bir kunda isloh qilib bo'lmaydi, ammo bir jamoa bo’lib harakat qilsak, maqsadlarimizga albatta erishamiz”

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar kengashi” a’zolari uchun “Zamonaviy ta’lim – direktorlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar bo’lib o’tmoqda.

Tadbirda vazir Hilola Umarova ishtirok etib, ushbu islohotning ahamiyati haqida so’z yuritdi:
Tizimda amalga oshirilayotgan ko’plab islohotlar bugun ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Yangi loyihalarni joriy etmoqdamiz, yangi marralar tomon intilmoqdamiz.

Bu yo’ldagi tashabbuslarimizdan biri – endi maktab direktorlarini tayyorlash va ularni lavozimiga tayinlashda shaffof tizim joriy etiladi. Bu ta’lim tizimini rivojlantirish, o’z oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga erishishda katta ahamiyatga ega.

Shuningdek, har bir direktor endi doimiy ravishda o'z ustida ishlab, malaka oshirishi va maktab boshqaruviga oid yillik rejalarini taqdim etishi lozim bo'ladi.

Bugungi trening ayni shu yo’lda yana bir qadam bo’ladi, deb o’ylayman.

Tizimni bir kunda o’zgartirib bo’lmaydi. Lekin bir jamoa bo’lib harakat qilsak, albatta rejalarimizni ro’yobga chiqara olamiz.


👉 Seminar-treninglar va “Direktorlar kengashi” haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1398


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_islohotlar_haqida

"Zamonaviy taʼlim – direktorlar nigohida" mavzusida "Direktorlar kengashi" aʼzolari uchun tashkil etilgan trening ishtirokchisi, Oltiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Homidjon Rahimov amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarishlar haqida oʻz fikrini bildirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Direktorlar_kengashi

🎥Axborot 24 | Direktorlar Kengashi a'zolari uchun o‘quv seminar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar kengashi” a’zolari uchun “Zamonaviy ta’lim – direktorlar nigohida” mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.


🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#seminar_trening
#Prezident_maktabi

ZAMONAVIY METODIKA XALQARO PEDAGOGLAR BILAN

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabining xorijlik hamda mahalliy o‘qituvchilari ishtirokida viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan STEAM fanlari o’qituvchilari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-25-oktabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida ta’lim yo‘nalishida ham bir qancha topshiriqlar berilgan edi.

Jumladan, xorijlik mutaxassislar tajribasi, o‘qitish metodikasini umumta’lim maktablari o‘qituvchilari orasida keng targ‘ib qilish, ular ishtirokida umumta’lim maktablari uchun seminar-treninglar o‘tkazish belgilangan.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube