Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.13K subscribers
7.33K photos
530 videos
7 files
2.08K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan, shuningdek, o‘quvchilarimizning huquqiy savodxonligini muntazam oshirib borish maqsadida an'anaviy tus olgan “KONSTITUTSIYAM – PORLOQ HAYOTIM POYDEVORI” nomli ikki bosqichli tanlov bo‘lib o‘tdi.


🔰7 nafar “BLUE” va 7 nafar “GREEN” sinfi o‘quvchilari final bosqichida turli huquqiy shartlarda kuch sinashdilar. Jumladan, Bosh Qomusimizda belgilab qo'yilgan normalardan tuzilgan "Zakovat" o'yini, O'zbekistonda va jahonda qabul qilingan konstitutsiyalar tarixi haqidagi qiziqarli ma'lumotlar ishtitokchilar bilimlarini yana-da oshirdi.

📣“BLUE”larning “KONSLORUS” va “GREEN”larning “KONSTITUTSIYAVIY SUD” jamoalari o‘rtasida kechgan murosasiz “JANG” da “OLIY MAQSADIMIZ - QONUN USTUVORLIGI” shiorini baland tutgan “KONSTITUTSIYAVIY SUD” jamoasi g‘alaba qozondi.


Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiyam
#Prezident_maktabi

Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!


8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Termiz shahridagi Prezident maktabida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.


🇺🇿Jumladan, maktabimiz o‘quvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligiga bag‘ishlab videorolik tayyorlandi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Prezident_maktabi

Termiz shahridagi Prezident maktabida Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi.


O‘tkazilgan tadbirda Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i mayor Qodirov Farrux Erkinovich hamda Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori mayor Jumayev G‘ayrat Axmadovich o‘quvchilarga yurtimizda jamoat xavfsizligi sohasida, aholining tinch va osoyishta hayotini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma'lumotlar berdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube