Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.13K subscribers
7.33K photos
530 videos
7 files
2.08K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Hurmatli ustozlar, tizim xodimlari!


Avvalo, barchangizni bugungi unutilmas sana – davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy tabriklayman!

Shuni faxr bilan aytish lozimki, jonajon Vatanimiz — O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan har bir inson, har bir fuqaro uchun bu qutlug‘ sana o‘zgacha intiqlik, cheksiz g‘urur va iftixor bilan nishonlanadigan unutilmas kundir.

Bosh Qomusimiz bizga farzandlarimizni bilimli va barkamol avlod qilib tarbiyalash, ularni shu yurt koriga yaraydigan mustaqil shaxs qilib kamolga yetkazish borasidagi kasbiy faoliyatimizda mustahkam huquqiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

Ayniqsa, joriy yilning 30-aprel kuni umumxalq referendumi asosida qabul qilingan davlatimizning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi jamiyatimiz rivoji va ta’lim tizimidagi islohotlarni jadal suratlarda amalga oshirishda katta ko‘makchi ekanligi bizga katta g‘urur bag‘ishlaydi.

Fursatdan foydalanib, sizlarni yana bir bor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami bilan chin qalbimdan qutlayman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#31_yil
#Musobaqa

Termiz shahridagi Prezident maktabi, Surxondaryo futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi va 10-dekabr Xalqaro futbol kuniga bag‘ishlab, maktab o‘quvchilari hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.


O‘quvchilar o‘rtasida:
🥇1-o‘rin - 8-green
🥈2-o‘rin - 7-blue

O‘qituvchilar o‘rtasida:
🥇1-o‘rin - Termiz shahridagi Prezident maktabi
🥈2-o‘rin - Jarqo‘rg‘on tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi

💐G‘olib jamoalarga futbol faxriylari tomonidan estalik sovg‘alar topshirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Yangiliklar_24

O‘zbekiston — Buyuk Britaniya: ta’lim sohasidagi hamkorlik


O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi mutaxassislaridan iborat delegatsiya bilan Buyuk Britaniyada amaliy safarda bo‘lgan maktabimiz direktori G‘afur Tog‘ayev ushbu amaliy tashrifdan ko‘zlangan maqsadlar hamda kelgusida maktablarda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan islohotlar haqida so‘z yuritdi


Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Jarayon
#Robo_Coding

🛑Ayni vaqtda Termiz shahridagi Prezident maktabida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining hududiy bosqichi oʻtkazilmoqda. Olimpiada Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida o‘tkazilib, har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda yuqori 9-11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirilib mazkur olimpiadada ishtirok etmoqda.

Har bir hududdan yuqori va quyi sinflardan 1 tadan gʻolib jamoa ishtirok etadigan Agentlik bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.


Olimpiadani onlayn kuzatish.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube