Termiz shahridagi Prezident maktabi
1.94K subscribers
6.59K photos
484 videos
6 files
1.83K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#muzeyga_sayohat
#Termiz_shahri

📌
Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchilari va o‘quvchilari Termiz shahrida joylashgan Arxeologiya muzeyida tashkil etilgan “Nodir kitoblar” ko‘rgazmasida ishtirok etdilar.

📝Ko‘rgazmada qadimgi toshbosma kitoblar, qo‘lyozmalar, shuningdek, buyuk mutafakkirlar tomonidan yozilgan asarlar joy olgan bo‘lib, soha mutaxassislari ishtirokchilarga ushbu manbalar haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdilar.

🔗Shu fursatdan foydalanib, maktabimiz jamoasi muzeyning nodir eksponatlari bilan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#otalar_yigʻilishi
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

Termiz shahridagi Prezident maktabida “Farzand tarbiyasida otalarning roli” mavzusida “Otalar yig‘ilishi” bo‘lib o‘tdi.

📌Dastlab, maktab rahbariyati va pedagogik jamoa a’zolari mavzuning naqadar muhimligi yuzasidan otalarga atroflicha ma’lumotlar berib o‘tib, davlatimizning bu boradagi siyosati haqida fikr-mulohaza yuritdilar.

🔗Shundan so‘ng yig‘ilishimiz zavqli treningga ulanib ketdi. Unda otalar guruhlarga bo‘linib, o‘zaro tajriba almashdilar va guruh fikrini taqdimot ko‘rinishida izohladilar.

Bundan tashqari, o‘quvchilarimiz otalari qarshisida ibratli badiiy sahna ko‘rinishi namoyish etishib, she’rlar aytib berdilar.

📝“Otalarning farzandlariga murojaati” qismida otalar o‘z hayot yo‘lidagi mashaqqatlari va tajribalarini aytib, farzandlariga nasihat qildilar.

Yig‘ilish so‘ngidagi otalar va farzandlar ishtirokida shaxmat, shashka hamda “Zakovat” intellektual o‘yinlari barchaga katta zavq ulashdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#otalar_yigʻilishi
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

Avval xabar berganimizdek, Termiz shahridagi Prezident maktabida “Farzand tarbiyasida otalarning roli” mavzusida “Otalar yig‘ilishi” bo‘lib o‘tmoqda.

Bu gal maktabimizning barcha dilrabo qizlarining otalari, oila a’zolari tashrif buyurdilar.

Dastlab, maktab rahbariyati va pedagogik jamoa a’zolari mavzuning naqadar muhimligi yuzasidan davra suhbati tashkil etdi. Shundan so‘ng tadbirimiz zavqli trening, ibratli badiiy sahna ko‘rinishi, she’rlar-u qo‘shiqlarga ulanib davom etdi.

“Otalarning farzandlariga murojaati” qismida otalar, avvalo, suyukli qizlarini bayramlari bilan qutlab, o‘z hayot yo‘lidagi mashaqqatlari va tajribalarini aytib, farzandlariga nasihat qildilar.

Yig‘ilish so‘ngidagi otalar va farzandlar ishtirokida shaxmat, shashka hamda “Zakovat” intellektual o‘yinlari barchaga katta zavq ulashdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

Termiz shahridagi Prezident maktabida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar hamda tahsil olayotgan oʻquvchi qizlar oʻrtasida "Zakovat" intelektual oʻyini oʻtkazildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Termiz_shahri

Termiz shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Sadriddin Xolmatov O‘qituvchilar olimpiadasining hududiy bosqichida faxrli birinchi o‘rinni egallab, mazkur olimpiadaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

Ayni vaqtda S.Xolmatov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘qituvchilar olimpiadasining respublika bosqichida ishtirok etmoqda.

Ustozimizga omad tilab qolamiz!

📝Maʼlumot uchun: Olimpiadada fanlar kesimida yuqori natijalarni qayd etgan 3 nafardan jami 6 nafar ishtirokchi gʻolib, deb topiladi. Shuningdek, eng yuqori natija koʻrsatgan 10 nafar ishtirokchi Fan olimpiadalari markazining “Fan kengashi" aʼzoligiga qabul qilinadi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#yashil_makon
#Termiz_shahri

♻️Bahor fasli kelishi bilan ko‘kalamzorlashtirish hamda ko‘chat ekish ishlarini o‘tkazish xalqimizga xos fazilatdir va bu ishlar an’anaga aylangan.

🌱
Termiz shahridagi Prezident maktabida ham iqlimga mos bo‘lgan mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu xayrli ishda maktabimizning o‘quvchilari faol ishtirok etdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Navroʻz_sayli
#Termiz_shahri

⚡️Ayni damda Termiz shahridagi Prezident maktabida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida Navro‘z sayli boshlanmoqda.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Navroʻz_sayli
#Termiz_shahri

Bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi bo‘lgan Navro‘zi olamni baland ruh va katta shodiyona bilan nishonlash xalqimiz uchun go‘zal an’anaga aylangan.

Termiz shahridagi Prezident maktabida ham “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida Navro‘z bayrami keng nishonlandi.

O‘quvchilar hamda ularning ota-onalari va boshqa oila a’zolari birgalikda turli shirinliklar, milliy taomlar tayyorlashib, bayram dasturxonini bezatdilar. Sport musobaqalari va milliy o‘yinlar orqali esa o‘quvchilar va ularning ustozlari do‘stona bellashdilar.

Ayniqsa, hamkor tashkilotlar vakillari va maktabimiz o‘quvchilari ijrosidagi badiiy sahna ko‘rinishlari, milliy qo‘shiqlar va raqslar bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navroʻz_sayli
#Termiz_shahri

🎥Termiz shahridagi Prezident maktabida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida o‘tkazilgan Navro‘z bayramidan videolavha.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#turizm #MUN
#Termiz_shahri

⚡️Ayni damda Termiz shahridagi Prezident maktabida MUN (Model United Nations) konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda va bunda respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan maktab o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

Dastavval, konferensiya ishtirokchilari Surxondaryo vohasida joylashgan qadimiy obidalar va muqaddas qadamjolar: Sulton Saodat majmuasi, Fayoztepa yodgorligi hamda Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohlarida unutilmas taassurotlarga ega bo‘ldilar.

Konferensiyaning asosiy qismi haqidagi xabarlarimizni kuzatib boring.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube