Termiz shahridagi Prezident maktabi
1.85K subscribers
5.83K photos
461 videos
6 files
1.69K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#ishchi_guruh
#ikkinchi_kun
#Surxondaryo

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Maʼlum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Bugun Sherobod, Muzrobod, Angor tuman hamda Termiz shahar 1- va 2-son ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda zamonaviy va kreativ usullarda olib borilayotgan dars jarayonlari kuzatildi.

O‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqotda Agentlik direktori yoshlarning orzu-istaklari bilan qiziqdi, kelajak sari aniq maqsadlarni qo‘yib, bu yo‘lda dadil harakat qilayotgan oʻg’il-qizlar kelajagimiz tayanchi ekanligini taʻkidladi.

Shundan so’ng, Termiz shahridagi Prezident maktabida Agentlikning viloyatdagi maktab va maktab-internatlari direktorlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda maktablarni o‘rganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Shuningdek, Agentlik direktori ta’lim tizimida amaliyotda qo‘llanilishi muhim bo‘lgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Shu o‘rinda xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, sport o‘yinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#memorandum
#Prezident_maktabi #pedagogik_mahorat_markazi
#Surxondaryo

🖇Termiz shahridagi Prezident maktabi hamda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi hamda Termiz shahridagi Prezident maktabining matematika fani o‘qituvchisi Mr. Soliman Mohamed Amr Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markaziga xalqaro maslahatchi sifatida jalb qilindi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#taqdirlash #asosiy_olimpiada
#Surxondaryo_viloyati

⚡️Asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

📌Olimpiada natijalariga ko‘ra, Termiz shahridagi Prezident maktabining bir qator o‘quvchilari faxrli o‘rinlarni egalladi.

Jumladan:
🥇11-sinf o‘quvchisi Boymuratova Xilola ingliz tili fanidan 1-o‘rin;
🥇9-sinf o‘quvchisi Uralova Jasmina ingliz tili fanidan 1-o‘rin;
🥇11-sinf o‘quvchisi Pardayeva Ruhsora informatika fanidan 1-o‘rin;
🥇9-sinf o‘quvchisi Xayrullayeva Baxoraxon informatika fanidan 1-o‘rin;
🥈9-sinf o‘quvchisi Chorshanbiyev Fazliddin ingliz tili fanidan 2-o‘rin;
🥉11-sinf o‘quvchisi Abdurazzoqova Samina ingliz tili fanidan 3-o‘rin;
🥉10-sinf o‘quvchisi Choriyev Suhrob informatika fanidan 3-o‘rin;
🥉9-sinf o‘quvchisi Salomov Nurbek informatika fanidan 3-o‘rin;
🥉9-sinf o‘quvchisi Davlatov Jaxongir biologiya fanidan 3-o‘rin
;
🥉9-sinf o‘quvchisi Salomov Nurbek geografiya fanidan 3-o‘rin sohibi bo‘ldilar.

💐O‘quvchilarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz!
#ishchi_guruh
#Surxondaryo

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Agentlikning Termiz shahridan olis hududlarda joylashgan Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Qumqoʻrgʻon va Jarqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.

Xususan, dars jarayonlari kuzatilib, oʻquvchilarni fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatgichlari tahlil qilindi. Shu bilan birga o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi. Shuningdek, bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Agentlik rahbariyatining Surxondaryo viloyatida joylashgan tizimdagi maktablar faoliyatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Surxondaryo

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Agentlikning Termiz shahridan olis hududlarda joylashgan Shoʻrchi hamda Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.

Xususan, dars jarayonlari kuzatilib, oʻquvchilarni fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatgichlari tahlil qilindi. Shu bilan birga o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosi doirasida Muzrabot, Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktablari hamda Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ham STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitiladigan sinflar tashkil etilgan boʻlib, ishchi guruh tomonidan ulardagi darslar kuzatilib tahlil qilindi.

Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi. Shuningdek, bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#qizlar_olimpiadasi
#Surxondaryo_viloyati

⚡️Joriy yilning 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning oʻquvchi qizlari o‘rtasida matematika fani olimpiadasining hududiy (Surxondaryo viloyati) bosqichida Termiz shahridagi Prezident maktabining 8-sinf o‘quvchisi Xo‘shboqova Hosila faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda Agentlik bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

💐O‘quvchimizni ushbu faxrli natijasi bilan tabriklab, olimpiadaning keyingi bosqichida ham muvafaqqiyat tilaymiz!

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#oʻquv_seminari
#direktorlar_kengashi
#Surxondaryo_viloyati

📌Surxondaryo viloyati direktorlar kengashi hamda Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida Oltinsoy tumanidagi umumta’lim muassasalari direktorlari uchun “Ta’lim muassasalarida sifat menejmenti: Zamonaviy yondashuvlar” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarni Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i U.Xudayberdiyev hamda
Surxondaryo viloyati direktorlar kengashi raisi E.Isaqova ochib berdi.

📝Ushbu seminar bir nechta sho‘balarda tashkil etilgan bo‘lib, unda ta’lim tizimiga aloqador so‘nggi normativ-huquqiy hujjatlar, xususan,“Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonunlar, Prezident farmon, qarorlari, hukumat qarorlari bilan yaqindan tanishtirildi.

🔗Qolaversa, ta’lim muassasasini samarali boshqarish, liderlik ko‘nikmalari shakllantirish, odob-axloq qoidalari haqida ham alohida sho‘balarda mashg‘ulotlar olib borildi.


🌐 Bizni kuzatib boring 👉
@direktorsurxon
#natijalar #Robo_Coding
#Surxondaryo_viloyati

📌Joriy yilning 18-yanvar kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Robo-Coding” olimpiadasining hududiy bosqichi (quyi 5-8-sinflar kesimida) o‘tkazilgan edi.

⏭️Olimpiadaning hududiy (
Surxondaryo viloyati) bosqichi natijalariga ko‘ra,
🥇Termiz shahridagi Prezident maktabi (jamoa a’zolari — S.Ergashov, M.Mamatmurodov) 1-o‘rinni;
🥈Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati (jamoa a’zolari — D.Safarov, E.Erkinov) 2-o‘rinni;
🥉Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati (jamoa a’zolari — J.Urolov, K.Sattarov) 3-o‘rinni egalladi.

📝Maʼlumot uchun, mazkur olimpiadaning Agentlik bosqichi joriy yilning mart oyida Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan va unda har bir hududdan yuqori va quyi sinflarda 1 tadan gʻolib jamoa ishtirok etadi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Robo_Coding
#hududiy_bosqichi
#Surxondaryo_viloyati

⚡️Ayni vaqtda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning o‘quvchilari o‘rtasida “Robo-Coding” olimpiadasining hududiy bosqichi (yuqori 9-10-11-sinflar kesimida) bo‘lib o‘tmoqda.

📌Olimpiadaning Surxondaryo viloyat bosqichi Termiz shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan hamda unda viloyatdagi Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 9-10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

⚙️Olimpiada nizomiga muvofiq oʻquvchilar 3 ta: “Yashil shahar yaratish”, “Yuk koʻtarish konstruksiyasini yaratish” va “Dasturlash” yoʻnalishlarida bellashmoqda.

📝Maʼlumot uchun, har bir hududdan yuqori va quyi sinflar kesimida 1 tadan gʻolib jamoa mazkur olimpiadaning Agentlik bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube