Termiz shahridagi Prezident maktabi
2.21K subscribers
6.85K photos
494 videos
6 files
1.91K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Navroʻz_sayli
#Termiz_shahri

Bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi bo‘lgan Navro‘zi olamni baland ruh va katta shodiyona bilan nishonlash xalqimiz uchun go‘zal an’anaga aylangan.

Termiz shahridagi Prezident maktabida ham “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida Navro‘z bayrami keng nishonlandi.

O‘quvchilar hamda ularning ota-onalari va boshqa oila a’zolari birgalikda turli shirinliklar, milliy taomlar tayyorlashib, bayram dasturxonini bezatdilar. Sport musobaqalari va milliy o‘yinlar orqali esa o‘quvchilar va ularning ustozlari do‘stona bellashdilar.

Ayniqsa, hamkor tashkilotlar vakillari va maktabimiz o‘quvchilari ijrosidagi badiiy sahna ko‘rinishlari, milliy qo‘shiqlar va raqslar bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navroʻz_sayli
#Termiz_shahri

🎥Termiz shahridagi Prezident maktabida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida o‘tkazilgan Navro‘z bayramidan videolavha.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#turizm #MUN
#Termiz_shahri

⚡️Ayni damda Termiz shahridagi Prezident maktabida MUN (Model United Nations) konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda va bunda respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan maktab o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

Dastavval, konferensiya ishtirokchilari Surxondaryo vohasida joylashgan qadimiy obidalar va muqaddas qadamjolar: Sulton Saodat majmuasi, Fayoztepa yodgorligi hamda Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohlarida unutilmas taassurotlarga ega bo‘ldilar.

Konferensiyaning asosiy qismi haqidagi xabarlarimizni kuzatib boring.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#psixologik_trening
#Termiz_shahri

📌
Termiz shahridagi Prezident maktabida xodimlar uchun “Pedagogik jamoada kasbiy stressning oldini olish” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.

🔗Treningda yuqori kayfiyat ulashuvchi, shuningdek, xodimlar o‘rtasida ijobiy muhitni yaratish, stressni kamaytirish va jamoaviy ruhni oshirish uchun juda foydali bo‘lgan turli amaliy mashg‘ulotlar hamda jamoaviy o‘yinlar o‘tkazildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Loyihaga_asoslangan_taʼlim
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida tarix fanidan II semestr nazorat ishlarining bir qismi “Loyihaga asoslangan ta’lim” tamoyili asosida amaliy ko‘rinishda qabul qilindi. O‘quvchilar nazariy bilimlarini amalda namoyon etdilar. Ular O‘zbekiston va jahon xalqlari uchun nihoyatda qadrli bo‘lgan tarixiy inshootlar, manzilgohlar va binolarning maketlarini nozik did bilan yaratdilar.

📝O‘quvchilarimiz ishlari mezonlarga asoslanib baholandi.

Ko‘rinib turibdiki, o‘quvchilar qalbida Vatan tarixiga nisbatan muhabbat va dahldorlik hissi chuqur ildiz otgan.

🔗Ushbu tarixiy binolarning maketlarini bunyod etish jarayonida o‘quvchilar nafaqat tarix, balki matematika, geometriya, tasviriy san‘at, iqtisod va informatika kabi fanlarning o‘zaro aloqadorligini his etganlarini e‘tirof etdilar
.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#mahorat_darsi
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

📌Termiz shahridagi Prezident maktabi tarbiyachilari uchun o‘quv bo‘limi uslubchisi A.Bashayeva tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.

🔗Unda asosan, Prezident maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari, muammolari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish, ota-onalarni maktab hayotiga yanada kengroq jalb qilish, o‘quvchilarning tarbiyasida o‘zaro hamkorlikda ish yuritish masalalari atroflicha muhokama qilinib, istiqbolli rejalar belgilab olindi.

Bundan tashqari, o‘quvchilarning xulq-atvorida yoki ijtimoiy moslashuvida muammolar yuzaga kelsa, tarbiyachi pedagog va sinf rahbari birgalikda ularning sabablarini aniqlash va hal qilish yo‘llarini topishlari kerak ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabining 8-sinf o‘quvchisi Musurmonkulov Nurkamol Xudoyberdi o‘g‘li Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lib o‘tayotgan “TIMO 2025 — Turkic International Mathematical Olympiad” musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, o‘z yosh toifasi doirasida eng yuqori natijani qayd etdi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

O‘quvchimizni, barcha ustozlarini hamda yaqinlarini ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz. N.Musurmonkulovga keyingi o‘qishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!💐💐💐

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#STEM_Expo_2025
#Termiz_shahri

📹
Termiz shahridagi Prezident maktabida o‘tkazilgan STEM Expo-2025 ilmiy-amaliy ko‘rgazmasidan videolavha.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#sheʼriyat_kechasi #Muhammad_Yusuf
#Termiz_shahri

Maktabimizda o‘zbekning qalbidan mangu joy olgan, yosh-u keksalarning sevimli shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan “Nazm va navo birlashganda” shiori ostida she’riyat kechasi bo‘lib o‘tdi.

🎼Ochiq osmon ostida tashkil etilgan kechamiz butun maktab jamoasi bilan o‘zgacha fayzga to‘ldi. Unda shoirning hayot va ijod yo‘li haqida o‘quvchilarimiz ma‘lumotlar berib o‘tdilar. Ayniqsa, katta hayajonlarga to‘la bo‘lgan o‘quvchilar va ustozlar o‘rtasidagi sevimli shoirimizning she’rlaridan ijro etish chorlovi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirib, barchani she’riyat dunyosiga olib kirdi.

🎤Ustozlarimiz ijro etgan Muhammad Yusuf she’rlaridan yaralgan qo‘shiqlar hamda o‘quvchi qizlarimiz raqslari ham kechamizga ko‘rk berdi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

🎥Termiz shahridagi Prezident maktabida “Ochiq eshiklar” kuni bo‘lib o‘tdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube