Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.01K subscribers
7.28K photos
525 videos
6 files
2.06K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Termiz_shahri

⚡️Surxondaryo viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlarining 2-kuni yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari 6-iyul sanasiga qadar davom etadi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍10🔥5
#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#3_kun

⚡️Surxondaryo viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari davom etmoda.

📸3-kun imtihon jarayonlaridan lavhalar

Imtihon jarayonlarini test2024.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍7🤩1
#imtihon_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Termiz_shahri

⚡️Surxondaryo viloyatida joylashgan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari yakunlandi.

Sinov jarayonlari 3 kun davomida yuqori saviyada tashkil etildi.


📝Ma’lumot o‘rnida, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-saralash bosqichi ertaga, 7-iyul kuni 2 smenada – 08:00, 12:00da bo‘lib o‘tadi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍8🔥2
#imtihon_natijalari_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI!

📆 Joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga oʻtkazilgan imtihon natijalari eʼlon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @Piima_2024_natija_1_bot
🤖 @Piima_2024_natija_2_bot
🤖 @Piima_2024_natija_3_bot
🤖 @Piima_2024_natija_4_bot
🤖 @Piima_2024_natija_5_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

‼️ESLATMA! Ertaga kunning ikkinchi yarmida hududlar kesimida ham ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari (ro’yxati) Agentlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3💯32
#tanlov
#2_bosqich
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

📌Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga tanlov eʼlon qilgan edi.

Ayni damda Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabida 2-bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar uchun test jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

📝Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkaziladigan test (tanlovning 2-bosqichi) quyidagi vaqtlarda o‘tkaziladi:

1. Fizika/Matematika/Informatika - soat 09:00;

2. Kimyo/Biologiya/Ingliz tili/Ona tili/Rus tili/San'at - soat 11:00;

3. Tarix/Tarbiya/Geografiya/Jismoniy tarbiya/Texnologiya - soat 13:00;

4. O‘zbek tili/Qoraqalpoq tili - soat 15:00.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍52
#seminar
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Robototexnika hamda san’at (Art) fani mutaxassislari uchun seminar mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.


📌Termiz shahridagi Prezident maktabida Surxondaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining robototexnika va san’at (Art) fani o‘qituvchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar Termiz shahridagi Prezident maktabining robototexnika, dasturlash, san’at (Art) yo‘nalishlaridagi fan o‘qituvchilari hamda to‘garak rahbarlari tomonidan olib borildi.

Mutaxassislar tomonidan xalqaro ta’limda robototexnika va san’at (Art) sohalarining o‘rni va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Robo-Coding” olimpiadasining hududiy bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍5🔥32
#seminar
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Ayni vaqtda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining o‘qituvchilari uchun o‘quv-seminari o‘tkazilmoqda.

📌Ushbu seminar Termiz shahridagi Prezident maktabida ham Surxondaryo viloyatidagi
ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining o‘qituvchilari uchun “Zamonaviy ta’lim innovatsiyalari: STEM va ingliz tili fanlari misolida” mavzusida Prezident maktabining mahalliy va xalqaro toifadagi o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, seminar mashg‘ulotlari ikki kunga mo‘ljallangan bo‘lib, ayni vaqtda ingliz tili, informatika hamda fizika fani o‘qituvchilari ishtirok etmoqda

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥16👍65👏1🤩1💯1
#seminar
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

📌Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning ixtisoslik fanlari oʻqituvchilari uchun o‘quv-seminari davom etmoqda.

🔗O‘quv-seminarining ikkinchi kunida ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining matematika, kimyo hamda biologiya fani o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

📝Seminar mashg‘ulotlaridan summativ va formativ baholash, laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishda zamonaviy yondashuv, xalqaro ta'lim dasturlari bilan tanishish, zamonaviy ta'limda faol o‘rganish va samarali fikr mulohazalar berish usullari kabi dasturlar o‘rin olgan.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👏63👍2🔥2
#metodik_yordam
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

📌Surxondaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kadrlar bo‘yicha menejerlari uchun seminar tashkil etildi.

🔗Seminar Termiz shahridagi Prezident maktabining kadrlar bo‘yicha menejeri A.Ashurova tomonidan olib borildi.

📝Seminar davomida,
ixtisoslashtirilgan maktablarga xodimlar bilan ishlash, faoliyatga doir me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati hamda boshqa turli masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassisdan javob olishdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍8🔥5
#qabul_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

❗️
IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga;
tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi.

🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

☎️ Call-markaz: 1206

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Aziz o‘quvchilar!
Agar siz bilimga chanqoq, izlanuvchan va kelajakda Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan boʻlsangiz
ixtisoslashtirilgan maktablarimiz siz uchun!

🤩 Ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar:
aniq hamda tabiiy fanlarni zamonaviy taʼlim metodlari asosida chuqur oʻrganib borish;
zamonaviy laboratoriya xonalarida amaliy tajribalar oʻtkazish;
darsdan so‘ng fakultativ to‘garak mashg‘ulotlari;
bepul taqdim etiladigan zamonaviy darsliklar;
turli tanlovlar, sport musobaqalari;
milliy va xalqaro sertifikatlarga tayyorlov;
11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarida ishtirok etib, ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyati.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar davom etadi.

☎️ Call-markaz: 1206

📺Videolavhada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Samarqand filiali


Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA QANDAY HOLLARDA IMTIHONSIZ KIRISH IMTIYOZI BERILADI?


Roʻyxati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadalarining uchinchi (viloyat) bosqichi yoki unga tenglashtirilgan bosqichida tegishli (matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya) fanlardan gʻolib va sovrindor (1-, 2-, 3-o‘rinlar) boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va boshlangʻich professional ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari oʻzi ta’lim oladigan hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul kvotasi doirasida kirish imtihonisiz qabul qilinadi.

Prezident maktablarining kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun onlayn hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda hududdagi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) ixtisoslashtirilgan maktablardan birini tanlagan, Prezident maktablarining 5-sinfiga kirish imtihonlarining 2-bosqichida ishtirok etib, oʻqishga qabul qilinmagan 48 nafar oʻquvchi ballar ketma-ketligida hujjat topshirgan ixtisoslashtirilgan maktabning aniq fanlar yoʻnalishi uchun belgilangan qabul kvotasining 50 foizidan oshmagan holda oʻqishga qabul qilinadi.

📶 Batafsil: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar davom etadi.

☎️ Call-markaz: 1206

🤖 @piima_admission_chatbot

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Aziz o‘quvchilar!
Agar siz bilimga chanqoq, izlanuvchan va kelajakda Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan boʻlsangiz
ixtisoslashtirilgan maktablarimiz siz uchun!

🤩 Ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar:
aniq hamda tabiiy fanlarni zamonaviy taʼlim metodlari asosida chuqur oʻrganib borish;
zamonaviy laboratoriya xonalarida amaliy tajribalar oʻtkazish;
darsdan so‘ng fakultativ to‘garak mashg‘ulotlari;
bepul taqdim etiladigan zamonaviy darsliklar;
turli tanlovlar, sport musobaqalari;
milliy va xalqaro sertifikatlarga tayyorlov;
11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarida ishtirok etib, ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyati.

VIDEOLAVHADA Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi


☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 113 77 89

🤖 @piima_admission_chatbot

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6