Termiz shahridagi Prezident maktabi
1.88K subscribers
5.51K photos
439 videos
6 files
1.62K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Ta'limda yuqori natijalarga erishish hamda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda xorijiy tajriba hamda hamkorlikning ahamiyati katta.

O‘qituvchilar va o‘quvchilarimiz uchun yangi imkoniyatlarni yaratish, ularga jahon standarti asosida ta'lim berish yo‘lida tizimli ravishda xalqaro darajada muzokaralar olib bormoqdamiz.

Xususan, shu kunlarda vazirligimiz mas'ullari bilan birga Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etdik.


Ushbu forum doirasida bir qator manfaatli kelishuvlar imzoladik. Xususan:

Dunyo oliygohlari xalqaro reyting agentligi — Times Higher Education bilan "Yangi O‘zbekiston” universiteti hamkorligida mintaqada ilk marotaba Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo universitetlari forumi”ni o‘tkazishga kelishdik.
Mazkur forum ta'lim va ilm-fan borasidagi dolzarb masalalar yechimini topishda global muloqot platformasi bo‘ladi.

Portsmouth universiteti rahbariyati bilan shartnoma imzoladik.
Endilikda vazirligimiz tizimidagi oliy ta'lim muassasalarida pedagogik ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha Portsmouth bilan hamkorlikda double degree (ikki diplom) loyihasi joriy etiladi.
Ushbu loyiha talabalarimiz uchun ustoz kasbini chuqurroq o‘rganishlariga turtki bo‘ladi, deb umid qilaman.

Bundan tashqari, Norvich til instituti bilan ham hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu tashkilot bilan "School champions" — uzluksiz malaka oshirish loyihasi doirasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga kelishib oldik.
Endilikda 65 ta maktabda nafaqat ingliz tili, balki boshqa fan ustozlari hamda maktab direktorlarining ham malakasi oshiriladi.

Forum davomida “Quality Assurance Agency for Higher Education” bilan shartnoma imzolandi.
Unga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston” universiteti QAA tomonidan 1 yil davomida o‘rganilib, akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Natijada, ta’lim sifati va bitiruvchilarimizga topshiriladigan diplom dunyoning eng ilg‘or universitetlari bilan mos tarzda bo‘lib, oliygoh diplomi butun dunyoda tan olinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔆 O‘zbekistonda ikkinchi marta Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

🔅 Mazkur xalqaro olimpiada 14-15 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida 2024-yil 26-31-may kunlari Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etiladi.

🔸 Ushbu olimpiadada matematika fanidan 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan Al-Xorazmiy nomidagi aniq fanlar olimpiadasining hududiy bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar ishtirok etishi belgilangan.

🔸 Bundan tashqari, yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida qo‘shni mamlakatlar Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston hamda Ozarbayjon terma jamoalarining ham ishtirok etishi kutilmoqda.

🔸 Xalqaro olimpiadada ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 4 tadan masala berilib, har bir masala 10 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4 soatdan vaqt beriladi. Jami ikki tur uchun maksimal ball 80 ballni tashkil qiladi.

🔸 Xalqaro olimpiada yakunida g‘oliblar aniqlanadi va olimpiada g‘oliblariga oltin, kumush, bronza medallari hamda tegishli diplomlar topshiriladi.

🔸 Xalqaro olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 2008-yil 27-dekabr va undan keyin tug‘ilgan o‘zbekistonlik ishtirokchilar orasidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 6 nafar o‘quvchilar xalqaro 28-O‘smirlar o‘rtasida Bolqon matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Mazkur xalqaro olimpiada joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal