Termiz shahridagi Prezident maktabi
3.89K subscribers
7.35K photos
534 videos
7 files
2.1K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#New_Uzbekistan_university

⚡️Italiyalik mashhur olim Luciano Rezzollaga faxriy professor unvoni berildi

“Yangi O‘zbekiston” universitetining ilmiy hamjamiyati bilan yaqin hamkorlikda ishlab kelayotganligi va global miqyosda fizika hamda astrofizika sohalari rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun professor Luciano Rezzolla faxriy professor unvoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, professor tomonidan fizika va astrofizika sohalariga qiziquvchilar uchun qora tuynuklar bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darslarining davomi sifatida panel muhokamasi tashkil etilib, unda akademik Bobomurot Ahmedov, akademik Qodir G‘ulomov, akademik Shuhrat Egamberdiev va professor Rainer Spurzemlar ishtirok etishdi va so‘nggi yillarda fizika sohasida erishilayotgan yutuqlar tahlil qilindi.

Bugungi tadbir yig'ilganlar uchun o‘z bilim va salohiyatlarini yanada oshirish bo‘yicha ajoyib imkoniyat sifatida baholandi.


❗️Maʼlumot uchun, “Yangi O‘zbekiston” universitetiga qabul jarayonlari davom etmoqda.

📶 Oʻqishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#STEM_Expo_2024
#Termiz_shahri

Termiz shahridagi Prezident maktabida STEM Expo-2024 ilmiy-amaliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.


📌Ushbu ko‘rgazmani o‘tkazishdan maqsad, kelajak avlodda ilmiy qiziqish va ilmiy savodxonlikni oshirish, ilm-fan olami, muhandislikning cheksiz imkoniyatlari hamda koinotning sirlarini namoyon etishdan iborat.

⚙️Ko‘rgazmada o‘quvchilar zamonaviy texnologiyalar asosida ishlaydigan, atrof-muhit uchun xavfsiz hamda tabiiy resurslarni asrab-avaylashga qaratilgan turli loyihalarni namoyish etishdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Nukus shahridagi
Prezident maktabi, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari xorijiy OTM vakillari bilan uchrashdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasi "Zakovat" turnirida
gʻolib boʻldi.

Guliston shahridagi Prezident maktabida kamondan oʻq otish boʻyicha musobaqa
oʻtkazildi.

Andijon shahridagi Prezident maktabi va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamkorligida ilmiy-adabiy anjuman
tashkil etildi.

Xiva Prezident maktabi oʻquvchilari "Breyn ring" intellektual oʻyinida
gʻolib boʻldi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida STEM Expo-2024 ko‘rgazmasi
bo‘lib o‘tdi.

Jizzax, Samarqand shahridagi Prezident maktablarida rasmlar tanlovi va ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari natija hisoboti
topshirdi.

Muhammad Yusuf, Ogahiy nomidagi ijod maktablari, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Buxoro, Guliston, Navoiy, Qoʻqon shaharlari, Koson, Yakkabogʻ, Qarshi, Muborak, Uzun, Sherobod, Qiziriq, Oltinsoy, Muzrabot, Qumqoʻrgʻon, Mingbuloq, Yangiqo‘rg‘on, Uchqoʻrgʻon, Qoʻshtepa, Oqdaryo, Parkent, Quyi Chirchiq, Oqqo‘rg‘on, Chinoz, Olmazor, Baxmal, Jondor, Shofirkon, Buxoro, Kogon tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuvi
tashkil etildi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida fransuz milliy taomlari boʻyicha pazandalik tanlovi
oʻtkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi xalqaro taʼlim grantiga
sazovor boʻldi.

Paxtakor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Northumbriya universiteti talabasi ishtirokida davra suhbati
oʻtkazildi.

Dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Turon yo’lbarslari” harbiy-sport musobaqasi
o’tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#STEM_Expo_2024
#Termiz_shahri

🎥Termiz shahridagi Prezident maktabida bo‘lib o‘tgan STEM Expo-2024 ko‘rgazmasidan videolavha.

Ma’lumot o‘rnida, STEM Expo-2024 ko‘rgazmasi — STEM ta’lim tizimining hozirgi kundagi ahamiyati hamda ushbu ta’lim sohasida olib borilayotgan izlanishlar haqida ko‘proq ma’lumotlar berishga qaratilgan tadbir hisoblanadi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Termiz_shahri

Termiz shahridagi Prezident maktabida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.


⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ta’lim maskanlarida har yili o‘tkazilishi an’anaga aylangan “Ochiq eshiklar kuni”da Prezident maktabi xodimlari va yuqori sinf o‘quvchilari tomonidan tashrif buyuruvchilar guruhlarga ajratilgan holda maktab hayoti, dars jarayonlari hamda o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

📝Shuningdek, xorijiy hamda mahalliy o‘qituvchilar mehmonlarga Prezident maktablariga qabul jarayonlariga oid eng muhim va qiziqarli ma’lumotlar berishdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube