Termiz shahridagi Prezident maktabi
1.88K subscribers
5.51K photos
439 videos
6 files
1.62K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Xushxabar
#Faxrimiz

⚡️TOSHKENT SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABINING 8-SINF O‘QUVCHISI XALQARO "VANDA" TANLOVIDA G'OLIBLIKNI QO'LGA KIRITDI.

🔸Ma'lumot o'rnida, "Vanda" tanlovi har yili 3-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo'lib o'tadi. Ushbu tanlov o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, o'quvchilarning, shuningdek' tabiatshunoslik, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo'yicha bilimi sinovdan o'tkaziladi.
_____
⚡️A pupil of the Presidential School in Tashkent won the international competition Vanda.

🔸Vanda is an International Science Competition held annually around the globe. It focuses on the student's ability to think critically and creatively to pick out hidden information to aid them in solving the question.
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi
#Xushxabar

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabi Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi, notiqlik to'garagi rahbari M.Xidirov 📚 "Yosh kitobxon oila" tanlovi Surxondaryo viloyati bosichida 1-o'rinni egallab, Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

🎉Bu yutuq bilan Xidirovlar oilasini tabriklaymiz! Keyingi Respublika bosqichida omad va zafarlar tilab qolamiz!

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xushxabar

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi Qarori e’lon qilindi.

Mukofotlanganlar orasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o’quvchilari ham bor:

🔹Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi Azimjon Jamalov,

🔹Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi
Arislanbek Kalbayev va

🔹Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 10-sinf o’quvchi Akmaljon Abdurahmonov “Mard o’g’lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.


✔️Yuksak e’tirof muborak bo’lsin!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
#Xushxabar

⚡️⚡️4 TA PREZIDENT MAKTABI XALQARO MAKTABLAR KENGASHIGA QABUL QILINDI!
Endi o‘quvchilarimizningning chet eldagi TOP universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyati oshadi.

Agentligimiz tizimidagi Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari CIS (Xalqaro maktablar kengashi) a’zoligiga qabul qilindi.

Xalqaro maktablar kengashi a'zosi bo'lish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganligini bildiribgina qolmay, ushbu maktablarda o‘qiydigan o‘quvchilarning chet eldagi TOP universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyatini oshiradi.

❗️Muhimi, Xalqaro maktablar kengashi a’zoligiga o‘tish uchun maktablar guruhi sifatida ariza berish tashkilot tarixida ilk bora kuzatilmoqda.

🔴Ayni paytda 2021-yilda o‘z faoliyatini boshlagan 10 ta yangi Prezident maktabi mazkur tashkilot a’zoligiga o‘tish jarayonida.

Mazkur Kengash a'zoligi maktablar uchun nima beradi?

👉Bu haqda saytimizda batafsil o'qing.
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi
#Xushxabar

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabining 5-"Blue" sinf o'quvchilari Kamola Omonova, Hosila Xo'shboqova hamda Nurkamol Musurmonkulovlar PIMSO - Filippin xalqaro matematika va tabiiy fanlar olimpiadasining 2022-yil yozgi mavsumida SCIENCE - Tabiiy fan yo'nalishida tanlovda ishtirok etib, har birlari 🥉 BRONZA medalini qo'lga kiritdilar.

Ushbu yutuq bilan aziz o'quvchilarimizni butun jamoamiz nomidan samimiy qutlab, keyingi bosqichlarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Aziz shogirdlar!
Biz sizga doimo ishonamiz va faxrlanamiz. Ilm yo'lida yangi-yangi marralar siznikidir!

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xushxabar
#A_level

⚡️14 TA PREZIDENT MAKTABINING BARCHASI XALQARO CAMBRIDGE IMTIHONLARINI O'TKAZUVCHI RASMIY MARKAZGA AYLANDI!

Xabar berganimizdek, xorijiy OTMlarga o‘qishga kirish uchun talab etiladigan A-level imtihonlarini o‘tkazish huquqi Prezident ta'lim muassasalari agentligiga berildi.

Hozirga qadar 4 ta - Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari A-level imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olingan edi.

❗️Endilikda qolgan 10 ta Prezident maktabi ham Cambridge Assessment International Education akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi va A/AS, IGCSE imtihonlarini o'tkazuvchi rasmiy markaz maqomiga ega bo'ldi.

4 ta Prezident maktabi tomonidan A-level imtihonlari may-iyun oyida o'tkazilgan bo'lib, natijalar avgust oyining 3-haftasida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

📌Ma'lumot uchun, A-level imtihonlari butun dunyodagi 1700dan ortiq universitetlar tomonidan tan olingan.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar

⚡️PEDAGOGIK MAHORAT VA XALQARO BAHOLASH MARKAZI TRENERLARI XALQARO SERTIFIKATGA EGA BO'LISHDI!

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Cambridge Assessment International Education tashkilotinining PDQ (Kasbiy rivojlanish dasturi) joriy qilinmoqda.

Hozirda Markazning 2 nafar treneri - Xushnamo Burxonxo'jayeva va Amina Shayxmetova Cambridge Assessment International tashkilotining xalqaro sertifikatiga ega bo'lishdi.

Endilikda ular xalqaro trenerlar sifatida PDQ dasturi asosida seminarlar tashkil etishlari mumkin.

📌Ma'lumot uchun, PDQ dasturi rahbar va pedagog kadrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, bunda kasbiy rivojlanish amaliyotdan uzilmagan holda joriy qilinadi.

❗️Ta'kidlash joiz, O‘zbekiston PDQ dasturini milliy darajada, ya’ni mahalliylashtirilgan tarzda joriy etayotgan birinchi mamlakatlardan hisoblanadi.
Forwarded from Edu.uz
#Xushxabar

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Global Best M-Gov Award tanlovida dunyoning mingdan ortiq jamoalari orasidan 2-oʻrinni egalladi va Dubaydagi Jahon hukumatlari sammiti doirasida taqdirlandi. Sovgʻani Misr Prezidenti topshirdi.

Loyiha Donʻt Waste deb nomlanib, turli xil taom tayyorlovchi korxonalardagi ortiqcha qolib ketayotgan ovqatlarni isrof qilmasdan, yesa boʻladiganlarini boshqa insonlarga, isteʼmolga yaroqsizlarini esa fermalarga yoki qayta ishlashga yuborish jarayonlarini osonlashtirishga qaratilgan.
〰️〰️〰️

Студенты Университета Инха в Ташкенте заняли 2-е место среди более чем тысячи команд мира в конкурсе Global Best M-Gov Award и были награждены в рамках Всемирного правительственного саммита в Дубае. Подарок вручил президент Египта.

Проект называется Don't Waste и направлен на сортировку лишней еды, когда пригодная к употреблению передается другим людям, а непригодная для употребления - на фермы или переработку.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

⚡️Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan “Vatan madhi yangrar dilimda” mavzusida Davlat madhiyasini jamoaviy joʻr boʻlib kuylash tanlovi eʼlon qilgan edi.

🔥Ushbu tanlovda Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.

💐Ushbu yutuq bilan maktab jamoasini hamda o‘quvchilarini muborakbod etamiz.

📝 Ma‘lumot uchun, Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchilari jamoasi ham "mening madhiyam" tanlovida II o‘rinni qo‘lga kiritishgan edi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xushxabar

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 11-16-mart kunlari Adigeya Respublikasida o'tkazilgan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

📝 G‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

🥇Ozod Axtamov oltin medal, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o’quvchisi;

🥈Elbek Zohidjonov – kumush medal, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o’quvchisi.

🥉Madina Suyunovabronza medal, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-umumta'lim maktabining 11-sinf o’quvchisi;

🥉Asadbek Boboqulovbronza medal Toshkent shahar, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyining 1-bosqich o’quvchisi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

🗺 TURKMANISTONDA TASHKIL ETILGAN XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASIDA O‘ZBEKISTONLIK O‘QUVCHILAR 9 TA MEDALNI QO‘LGA KIRITDI

⚡️ Ularning 7 tasi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab oʻquvchilari.

📆 Joriy yilning 25-30-mart kunlari Turkmaniston davlatining Arkadag‘ shahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi 2ta oltin, 2ta kumush va 5ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

📝 MEDAL SOHIBLARI BILAN TANISHING:

🥇Yusufjon Ortiqov – Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi, oltin medal;

🥇Maqsadbek Egamberganov – Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi, oltin medal;

🥈Farhod Ochilov – Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi, kumush medal;

🥈Murodjon Mamatov – Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi, kumush medal;

🥉Anvar Rustamov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi, bronza medal;

🥉Tohirjon Tairov – Xorazm viloyati, Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o‘quvchisi, bronza medal;

🥉Mirshod Muhammedov – Buxoro shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi, bronza medal;

🥉Ulug‘xo‘ja Bafoyev – Buxoro viloyati, Jondor tumanidagi 46-maktabning 9-sinf o‘quvchisi, bronza medal;

🥉Xushnudbek Durdiyev – Buxoro viloyati, Olot tumanidagi 10-maktabning 10-sinf o‘quvchisi, bronza medal.

💫 Ushbu gʻalaba bilan ishtirokchilarni hamda ularning ustoz va ota-onalarini muborakbod etamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

⚡️ 2024/2025-OʻQUV YILIDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI TOP–10 MAKTABLAR ROʻYXATI EʼLON QILINDI

Quvonarlisi ushbu kuchli oʻntalikdan joy olgan maktablaring 8 tasi Agentlik tizimidagi maktablardir.

📊 Jumladan:

📍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida birinchi oʻrinda – 176,28 ball;
🗺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida ikkinchi oʻrinda – 161,65 ball;
📍Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻrtinchi oʻrinda – 151,87 ball;
🗺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida beshinchi oʻrinda – 151,23 ball;
📍Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida oltinchi oʻrinda – 150,61 ball;
🗺Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida yettinchi oʻrinda – 150,44 ball;
📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida sakkizinchi oʻrinda – 149,37 ball;
🗺Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻqqizinchi oʻrinda – 148,71 ball.

🌐 Batafsil koʻrish uchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
#xalqaro_olimpiada
#ISO

🤩 Oʻquvchilarimiz 19-Xalqaro standartlar olimpiadasida oltin va kumush medallariga sazovor boʻldi.

Joriy yilning 12-13-avgust kunlari Koreya Respublikasida boʻlib oʻtgan 19-Xalqaro standartlar olimpiadasi (ISO- International Standards Olympiad)da oʻzbekistonlik yoshlar ilk marotaba ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur xalqaro olimpiadada oʻquvchilarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, oltin va kumush medallarini qoʻlga kiritdi:

🥇Oltin medal – Asliddin Olimjonov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

🥇Oltin medal – Javlon Hasanov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

🥇Oltin medal – Islom Boyqobilov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

🥈Kumush medal –Umar Azimov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi;

🥈Kumush medal – Diyoraxon Mahmudova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi;

🥈Kumush medal – Ibrohim Ismoilov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi.

🗣Ma’lumot uchun, Xalqaro standartlar olimpiadasi butun dunyo boʻylab oʻrta maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi. Turnir 2014-yilda sinov tariqasida xalqaro miqyosda oʻtkazilgan boʻlib, 2015-yildan boshlab rasman xalqaro olimpiada sifatida tan olingan.

💫 Ushbu yutuqlar bilan oʻquvchilarimizni va ularning ota-onalarini hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

🤩 Xabar berganimizdek, Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida o‘tkazilayotgan “Xalqaro STEAM Ozarbayjon" festivalida Agentlik tizimidagi Prezident maktablarining 10 nafar o‘quvchisi ishtirok etmoqda.

🏆 Mazkur festival yakunlariga koʻra:

🥇Nukus shahridagi Prezident maktabining jamoasi Lego yoʻnalishida oltin medalni;

🥈Buxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasi FlyTech yoʻnalishida kumush medalni;

🥉Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi Green initiatives yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
#CIS

🤩 PREZIDENT MAKTABLARI XALQARO MAKTABLAR KENGASHI AKKREDITATSIYASIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTDI

CIS (Xalqaro maktablar kengashi) vakillari 2022-yildan boshlab Prezident maktablari faoliyatini oʻrganishni boshlagan edi. Oʻtgan davr davomida tashkilot tomonidan maktablarimizda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlar oʻrganildi.

⚡️ Oʻrganishlar natijasiga koʻra hozirda Agentligimiz tizimidagi Nukus, Toshkent, Xiva hamda Namangan shahridagi Prezident maktablari CIS (Xalqaro maktablar kengashi) akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarini qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi boʻlish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda toʻliq grant yutish imkoniyati oshadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM