Termiz shahridagi Prezident maktabi
1.88K subscribers
5.61K photos
443 videos
6 files
1.64K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquv_seminari
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi #Pedagogik_mahorat_markazi

📌Termiz shahridagi Prezident maktabi hamda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

🔖Ushbu memorandumga asosan Termiz shahridagi Prezident maktabida o‘quv
seminari o‘tkazildi.

📎Prezident maktablari tajribasini umumta’lim maktablariga tadbiq qilish asosiy maqsad qilingan ushbu seminar Termiz shahridagi Prezident maktabining mahalliy va xalqaro toifadagi, yuqori tajribali o‘qituvchilari tomonidan olib borildi. Seminar doirasida, STEM fanlarining o‘qitilishi, Kembrij ta’lim dasturlarining ahamiyati, yangi baholash tizimining afzalliklari, shuningdek, zamonaviy hamda loyihaga asoslangan ta’lim kabi mavzularda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

📌Seminarda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi trenerlari, umumta’lim muassasalarining o‘qituvchilari ishtirok etib, o‘zlari uchun yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#oʻquv_seminari
#direktorlar_kengashi
#Surxondaryo_viloyati

📌Surxondaryo viloyati direktorlar kengashi hamda Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida Oltinsoy tumanidagi umumta’lim muassasalari direktorlari uchun “Ta’lim muassasalarida sifat menejmenti: Zamonaviy yondashuvlar” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarni Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i U.Xudayberdiyev hamda Surxondaryo viloyati direktorlar kengashi raisi E.Isaqova ochib berdi.

📝Ushbu seminar bir nechta sho‘balarda tashkil etilgan bo‘lib, unda ta’lim tizimiga aloqador so‘nggi normativ-huquqiy hujjatlar, xususan,“Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonunlar, Prezident farmon, qarorlari, hukumat qarorlari bilan yaqindan tanishtirildi.

🔗Qolaversa, ta’lim muassasasini samarali boshqarish, liderlik ko‘nikmalari shakllantirish, odob-axloq qoidalari haqida ham alohida sho‘balarda mashg‘ulotlar olib borildi.


🌐 Bizni kuzatib boring 👉
@direktorsurxon