Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#hamkorlik
#memorandum
HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov tomonidan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tomonlar hamkorlikda tabiiy fanlar sohasida ta’lim sifatini yanada oshirish, oʻquv jarayonini ishlab chiqarish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash, shuningdek, farmatsevtika va hayot fanlari mutaxassisliklariga kasbiy yoʻnaltirish uchun keng shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar rejasini belgiladi.
Maʼlumot oʻrnida, mazkur memorandum ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari orasida ingliz tilida tabiiy fanlar yoʻnalishida mini-olimpiadalar tashkil qilish va iqtidorli yoshlarga xalqaro oliy ta’limda tahsil olish uchun imkoniyatlar yaratishni koʻzda tutadi.
Shuningdek, bakalavr bosqichidagi xalqaro ta’lim va ta’lim grantlari haqida ma’lumotlar almashuvini tashkil qilish, oʻquvchilarning ilm-fan va kelajak kasblarga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#hamkorlik_aloqalari
📌Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Farmatsevtika texnik universiteti vakillari Termiz shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi.
✅Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, o‘quvchi-yoshlarga farmatsevtika va sogʻliqni saqlash sohalaridagi innovatsiyalar, soʻnggi yutuqlar, ayni yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim, kasb imkoniyatlari, oʻquv dasturlari haqida ma’lumotlar berishdan iborat.
⚙️Bundan tashqari, mazkur universitetning o‘qituvchilari tomonidan universitetning mavjud imkoniyatlari, xususan, moddiy-texnik baza, ilmiy laboratoriyalar, o‘quv xonalar, ta'lim yo‘nalishlari, qabul kvotalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
📝Ma’lumot o‘rnida, 2024-yilning dekabr oyida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi o‘rtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube