Termiz shahridagi Prezident maktabi
1.89K subscribers
5.53K photos
440 videos
6 files
1.62K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️
Termiz shahridagi Prezident maktabi bitiruvchi o'quvchilari bir nechta nufuzli, xorijiy universitetlardan qabul xatlarini olishmoqda.

1. Xo'jayev Asror ( IELTS 7):
-Wingate University 108 000$,
-University of Arizona 74 000$,
- Mississippi State University

2. Eshmamatov Bobur (IELTS 6):
- Mississippi State University,
-Wingate University 108 000$
-University of Arizona 44,000$

3. Ziyoqulova Aziza (IELTS 6.5)
- Wingate University 108 000$,
Mississippi State University

4. Eshdavlatov Behruz (IELTS 6.5);
- Wingate University 108 000$,
-University of Arizona 44 000$
-Pace University 68 000$
-Illinois College 92 000$

5. Jumayev Diyorbek:
-Wingate University 108 000$

6. Abduxakimov Jahongir:
-Wingate University 108 000$

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️
Termiz shahridagi Prezident maktabi bitiruvchi o'quvchilari bir nechta nufuzli, xorijiy universitetlardan qabul xatlarini olishmoqda.

1. Abdug’afforov Bobur: (IELTS 7.0)
- Trine University
- Mississippi State University 34,000$
- Wingate University 122 000$

2. Abdumurodova Mo‘tabar (IELTS 6.5, SAT 1230):
-University of Missouri,
-University of Arizona 74000$,
-Missouri University of Science and Technology
- Mississippi State University

3. Boyqobilov Zayniddin (IELTS 6.5, SAT 1160)
-University of Arizona 44 000$,
-Illinois College 92 000$
-Trine University
- Mississippi State University

4.Shodiyev Firdavs:
-University of Arizona 44 000$
-Wingate University 108 000$

5. Shokirova Ruxshona (IELTS 6.0):
-Wingate University 108 000$

6. Qurbonov Quvonch:
- Wingate University 108 000$

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Jarayon
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️
Termiz shahridagi Prezident maktabining 6-"GREEN" sinfida TARIX fanidan "M.av. III ASRDA XITOY" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

O'tgan mavzuni mustahkamlab olish uchun qo'llanilgan "Yugurib jovob beramiz", "Aqliy hujum", "Tarix tilga kirganda yoxud meni top" va "Tarix jonlanganda" kabi metodlar sinfxonadagi barchani go'yoki ming yillar oldinga olib bordi va ko'z oldimizda o'tmishni jonlantirdi.

Yangi mavzuning savol-javob, bahs-munozara va videorolik orqali tushuntirilishi esa barchaning yangi bilimlarni egallashga undashi bilan esda qolarli bo'ldi.
Shu bilan birga o'quvchilarning mavzularga oid tayyorlab kelgan amaliy me'morchilik ishlari barchada ijobiy taassurotlar qoldirdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
#Jarayon
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️
Termiz shahridagi Prezident maktabida imtihon haftaligi boshlandi.

🎥Ushbu videorolik orqali imtihon jarayonlari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Jarayon
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️
Termiz shahridagi Prezident maktabida II chorak yakuni bo‘yicha choraklik imtihonlari davom etmoqda.

📌Maktabimiz o‘quvchilari boshqa fanlar qatorida jismoniy tarbiya fanidan ham imtihonlarni yuqori kayfiyatda o‘tkazishmoqda.

📌Ma’lumot uchun, ushbu imtihonda o‘quvchilar yugurish, to‘sinda (turnikda) tortilish, uzunlikka sakrash kabi jismoniy mashqlardan normativlar topshiradilar.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#Imtihon
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

🥁🎻Imtihonni bayramga aylantirgan o'quvchilarimiz...

📣Bugun o‘quvchilarimiz egallagan bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida musiqa fanidan imtihonlarni amaliy tarzda topshirishmoqda.

⚡️O‘quvchilar cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha biror bir cholg‘u asbobida o‘zbek yoki xorijiy musiqa asarlarini ijro etish bilan birgalikda, xonandalik yo‘nalishida ham o‘z istedodlarini namoyon etmoqdalar.

Ma'lumot uchun:
Termiz shahridagi Prezident maktabida o'quvchilar orkestr jamoasi bo'lib, barcha tadbirlarda faol ishtirok etishadi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Loyihaga_asoslangan_ta'lim
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️
Termiz shahridagi Prezident maktabida tarix fanidan II chorak nazorat ishlarining bir qismi "Loyihaga asoslangan ta'lim" tamoyili asosida amaliy ko'rinishda qabul qilindi.

🔰O'quvchilar nazariy bilimlarini tasavvur kuchini ishga solgan holatda amalda namoyon etdilar.

🔰Ular O'zbekiston tarixi va buguni uchun nihoyatda qadrli bo'lgan tarixiy inshootlar, manzilgohlar va jahonning boshqa mintaqasidagi binolarning maketlarini nozik did bilan yaratdilar.

🔰Ko'rinib turibdiki, o'quvchilar qalbida Vatan tarixiga nisbatan muhabbat va dahldorlik hissi chuqur ildiz otgan.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Jarayon
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️
Termiz shahridagi Prezident maktabida choraklik imtihonlaridan tashqarida bo‘lgan maktab xodimlari hamda o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasini jonli efirda kuzatib borishmoqda.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangicha_Yangi_yil
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️
Termiz shahridagi Prezident maktabida Yangi yil bayrami o‘tkazildi.

Tadbir avvalida, 2022/2023 o‘quv yili I-II chorak davomida o‘tkazilgan tanlov hamda musobaqalar g‘olib va sovrindorlari diplom, esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

🌟Shundan so‘ng, “Yangicha Yangi yil” deb nomlangan bayram tadbirida
Termiz shahridagi Prezident maktabi “Drama” to‘garagi, maktab orkestor jamoasi hamda Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchilarining badiiy sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga o‘zgacha quvonch ulashdi.

You Tube
orqali HD formatda ko‘rish.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga taqdim etgan Murojaatnomasiga munosabat.

Termiz shahridagi Prezident maktabining tarix va tarbiya fanlari o'qituvchisi Fazliddin Shamsiddin o'g'li Abduraimov: "Ma'naviyati yuksak jamiyat, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatni, albatta, sifatli ta'limsiz tasavvur qilib bo'lmaydi".

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Maqola
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️
Termiz shahridagi Prezident maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi To'raqulova Dilnoza Choriyevnaning "Maktab yoshidagi bolalarga nutq tovushlarini o'qitishda muhim jihatlar" mavzusidagi maqolasi xalqaro jurnalda chop etildi.

"Bu maqolada yosh o‘quvchilarga nutq tovushlarining ahamiyati, muhimligi yoritilgan bo‘lib, bolalarga fonetik tovushlarning o‘xshash va farqli tomonlarini haqida nuqtai nazarlar keltirilgan"
- deydi muallif.

Maqola bilan tanishish.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar-trening
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

Termiz shahridagi Prezident maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari S.Safarov va maktab psixologi S.Boltayeva tomonidan maktab tarbiyachilari hamda hamshiralari uchun seminar-trening tashkil etildi.

“Yaxshi kayfiyat formulasi. Yohud, tarbiyachilar-hamshiralar-o‘quvchilar moslashuvi!” deb nomlangan ushbu trening doirasida kasbiy faoliyatga doir ko‘nimkalarni rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, seminar-trening tashkilotchilari tomonidan tayyorlangan turli xil kuy-qo‘shiqlar, o‘yinlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#psixologik_seminar_trening
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

Termiz shahridagi Prezident maktabida "Jamoaviy hamkorlikni shakllantirish va ortiqcha stresslardan xalos bo'lish" mavzusida psixologik seminar-trening tashkil etildi.

Loyiha maktabimiz ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari S.Safarov hamda psixologi S.Boltayeva tomonidan ijobiy kayfiyat beruvchi va jamoaviy hamkorlikni yanada mustahkamlovchi o‘yinlar asosida o‘tkazildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Zulfiyaxonim
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️1-mart yangilanish va yasharish fasli bo‘lmish Bahorning ilk kuni, Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun.

📣Shoira tavalludining 108 yilligi munosabati bilan,
Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan ertalabki saflanish vaqtida shoiraning hayot yo‘llaridan sahna ko‘rinishlar, ijod namunalaridan parchalar ijro etildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bahor_malikasi
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida “Bahor malikasi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

“Girls up” klubi tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlovda maktabimizning go‘zal, nafis va zukko qizlaridan iborat 6 ta jamoa 5 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Shiddatli va hayajonli kechgan ushbu bellashuvda jamoalar “Eng ijodkor jamoa”, “Eng pazanda jamoa”, “Eng chaqqon jamoa”, “Eng zukko jamoa” va “Eng namunali jamoa” nominatsiyalari bo‘yicha hakamlar tomonidan baholandi. Yakunda g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube