Termiz shahridagi Prezident maktabi
1.85K subscribers
5.85K photos
463 videos
6 files
1.69K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Olimpiada

AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARNING 66 NAFAR 10-SINF O‘QUVCHILARI OLIMPIADADA G‘OLIBLIKNI QO‘LGA KIRITISHDI

🔰Xabaringiz bor, joriy yilning 3-9-noyabr kunlari respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy olimpiadaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

📆5-6--noyabr kunlarida 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida olimpiada o‘tkazilib, natijalar e‘lon qilindi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra Agentlik tizimidagi maktablarning jami 66 nafar 10-sinf o‘quvchilari g‘oliblikni (I, II, III-o‘rin) qo‘lga kiritishdi.

Hududlar kesimida:
Surxondaryo 7
Namangan 7
Farg’ona 7
Xorazm 6
Toshkent shahar 5
Qashqadaryo 5
Andijon 5
Toshkent viloyati 4
Sirdaryo 4
Navoiy 4
Buxoro 4
Samarqand 3
Qoraqalpog’iston 3
Jizzax 2

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Olimpiada_natijalari
#Infografika

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARNING 203 NAFAR O'QUVCHILARI ASOSIY FAN OLIMPIADASIDA G'OLIB BO'LISHDI!

Joriy yilning 3-8-noyabr kunlari bo'lib o'tgan asosiy fan olimpiadasining uchinchi (viloyat) bosqichi natijalari e'lon qilindi.

❗️Olimpiada natijalariga ko‘ra Agentlik tizimidagi maktablarning jami 203 nafar o‘quvchilari g‘oliblikni (I, II, III-o‘rin) qo‘lga kiritishdi. Bu esa, Respublika bo‘yicha jami 630 ta o‘rinning 32,2 foizini tashkil etadi.

🔹Olimpiada umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida birinchi guruh (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari) fanlaridan bo‘lib o'tdi.
___
✔️Ma'lumot uchun, mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qaroriga asosan tashkil etildi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Olimpiada
#Termiz_shahri

⚡️Agentlik fan olimpiadasining maktab bosqichiga START berildi!

Olimpiada quyidagi fanlar kesimida tashkil etilgan:

Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science.

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabida agentlik fan olimpiadasining maktab saralash bosqichi o‘tkazilmoqda.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
DIQQAT❗️

❗️Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetining “Buyuk allomalar izidan” nomli fan olimpiadasi final bosqichi FIZIKA fanidan 15- aprel kuni o‘tkaziladi.

❗️Ko‘p sonli ishtirokchilarning talablariga binoan KIMYO fanidan olimpiadaning FINAL bosqishi 6-may kuni o'tkaziladi!

👉 Bog‘lanish: @newuucontact_bot

#olimpiada #buyuk_allomalar_izidan #fizika #kimyo

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#olimpiada_natijalari
#Prezident_maktabi

📣 Joriy yilning 4-9-noyabr kunlari I guruh fanlaridan asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra, Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari:
🥇10-sinf o‘quvchisi Pardayeva
Ruxsora
informatika fanidan I-o‘rinni,
🥈9-sinf o‘quvchisi Tursunpo‘latov
Odilbek
kimyo fanidan II-o‘rinni,
🥉10-sinf o‘quvchisi Valijonov
Hatamjo
n fizika fanidan III-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

💐O‘quvchilarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#olimpiada_2024
#kutib_olish

⚡️TOSHKENTDA PARIJ-2024 SOVRINDORLARI VA ISHTIROKCHILARINI TANTANALI KUTIB OLISH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi poytaxtda joylashgan maktablar o’qituvchilari, jumladan, Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining murabbiy va oʻquvchilari qahramonlarimizni kutib olish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportida boʻlishdi.

Maʼlumot uchun, Vatanimiz sharafini himoya qilgan qahramonlarimiz yakunda 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritib, tarixiy rekord natija qayd etishdi hamda umumjamoa hisobida ham 13-o‘rinni egallashdi.

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabimizdan Vatanimiz nomini yanada yuksaklarga ko’taradigan mohir sportchilarimiz, jahon va Olimpiada chempionlari yetishib chiqishiga ishonamiz.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM