Prezident maktabi | Qarshi shahri
2.08K subscribers
5.63K photos
489 videos
13 files
1.74K links
https://t.iss.one/pmqarshi
https://www.instagram.com/pmarshi_official/
https://youtube.com/@pmqarshi_official1?si=bFywTwTX6RpYDwBB

Shiorimiz: Biz o'quvchilarimizni nafaqat oliy ta'lim muassasalariga, shuningdek ularni katta hayotga ham tayyorlaymiz.
Download Telegram
#O‘quv_seminar

⚡️Barcha normativ-huquqiy hujjatlar bosh qomusimizga asoslanadi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi va Adliya vazirligi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Unda Agentlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari, ta’lim muassasalarining rahbar va xodimlari ishtirok etdi. Yangi tahrirdagi konstitutsiyaning qabul qilish zarurati, dolzarbligi hamda mamlakatning keyingi istiqbolidagi huquqiy qomus o‘laroq ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

🗣Ma’lumot uchun, o‘quv seminarlari yakunlangach, barcha davlat fuqarolik xizmati xodimlarining yangi tahrirdagi konstitutsiya bo‘yicha umumiy bilimlari test imtihonlari orqali sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#O‘qituvchi_va_murabbiylar_kuni_umumxalq_bayrami

1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Qarshi shahridagi Prezident maktabida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o’quvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa shveysarcha tizimda tashkil etildi, respublika toifasidagi hakam Bekzod Husanov boshqarib bordi.

🔸Musobaqa juda qizg‘in ruhda o‘tdi. Aql gimnastikasida quyidagi o‘quvchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:

🥇Davlatova Sevinch – Qarshi shahridagi Prezident maktabi birinchi o‘rin

🥈Omonova Madina – Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi ikkinchi o‘rin

🥉Utaganov Kamron – Qarshi shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati uchinchi o‘rin

🥉Xujanazarov Faxriddin – Qarshi shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati uchinchi o‘rin

⚡️G‘oliblarga medallar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

📍Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#O‘zbekiston_vatanim_manim

⚡️ Qarshi shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilarni vatanparparlik ruhida tarbiyalash hamda jangovar tayyorgarliklarini shakllantirish maqsadida 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Otish tayyorgarligidan” 5,45 mm AK-74 rusumli Kalashnikov avtomatining tuzilishi, avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazidi.

📍Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram |Instagram | Facebook | YouTube
#O'quvchilarimiz Qashqadaryolik Paralimpiyadachilarni tantanali kutib olishdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 28 avgustidan 8 sentyabrga qadar Parij XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga mezbonlik qildi va unda yurtimiz sportchilari delegatsiyasi safida qashqadaryolik 8 nafar para sportchi
6 ta sport turidan 21 ta litsenziya bo‘yicha bahslarda ishtirok etdi.

Quvonarlisi, ular safida vohamiz sportchilaari Asila Mirzayorova va Dovurxon Karomatov borligi biz uchun faxrdir.
Qarshi shahrida sovrindor paralimpiyachilarni tantanali kutib olish marosimi o'tkazildi. Ushbu tadbirda Qarshi shahridagi Prezident maktabining o'quvchilari ham faol ishtirok etishdi va o'z tilaklarini bildirdilar. Biz ishonamizki, bizning o'quvchilarimiz safida ham kelajakda olimpiada va jahon chempionlari yetishib chiqadi.

📍Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube