Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.57K subscribers
12.3K photos
1.09K videos
38 files
3.7K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
#Tabriknoma
#prezident_maktabi
#bizning_shunday_ustozlarimiz_bor

⚡️Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi geografiya fani o‘qituvchisi Izbayeva Dilfuza Rahmatovna tanlov g‘olibi bo‘ldi.

🇺🇿 Markaziy bank tomonidan tashkil etilgan “Butunjahon pul haftaligi” (Global Money Week 2023) doirasida o’qituvchilar orasida «Pulingizni rejalashtiring. Kelajagingizni rejalashtiring» tanlovi natijalari sarhisob qilindi

👉 Tanlovda hakamlar hay'ati tomonidan ta'lim darslarini baholash jarayonida quyidagi mezonlar inobatga olindi: o’quv fanlariga moliyaviy savodxonlikning tarkibiy qismlarini joriy etish darajasi, darsni o’tkazishga ijodiy yondashuv, darslarni o’tkazishda “edutainment” formatidan foydalanganlik.

“Moliyaviy savodxonlik bo’yicha eng yaxshi dars ishlanmasi” tanlovi g’oliblari:

🥇 1-o’rin: Izbaeva Dilfuza – Prezident maktabi, Farg’ona shahri
🥈 2- o’rin: Maxudova Gulmira – Prezident maktabi, Samarqand shahri
🥉 3- o’rin: Xasanova Sitora – 20-maktab, Buxoro shahri

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz
#bizning_shunday_ustozlarimiz_bor

⚡️Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi maxsus fanlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Usmonova Umidaxon Shavkatovna 2023-yilning avgust oyida Janubiy Koreya Respublikasining Daejon shahrida bo'lib o'tgan o'quv mashg'ulotlarida ishtirok etdi.

🤩 O'quv dasturi davomida Xalqaro XXI Osiyo va Koreya xorijiy til o‘qituvchilarining xalqaro konferensiyasida ingliz tilini o‘qitishda samarali metodlardan foydalanishga bag‘ishlangan "Striving to the excellence - From the drops to the Ocean" taqdimoti bilan ishtirok etib qaytdi.

💡Endilikda ilg'or tajribalar asnosida Prezident maktabidagi ingliz tili fani o'qituvchilari ham zamonaviy bilim va ko'nikmalardan foydalanib o'quvchi yoshlarga mahorat darslari o'tish rejalashtirildi.

🎉 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi jamoasi Usmonova Umidaxon Shavkatovnaga yangi o'quv yilida omad va zafarlar tilaydi.

Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#bizning_shunday_ustozlarimiz_bor

⚡️ O'quvchi yoshlarning zamonaviy bilim va ko'nikmalar egallashlarida ularning ustozlari muhim o'rin tutishi bejiz emas.

🥳 Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi Nasimova Naziraxon Shavkatjonovna 2022-yilda "Fulbright Teaching Excellence and Achievement" AQSHning o‘qituvchi almashinuv loyihasi doirasida o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etgan edi.

🇺🇸 Bugungi kunda tajribali ustozimiz AQShning North Carolina shtatida o‘tkaziladigan 6 haftalik dasturda ishtirok etish uchun 2023-yil kuzgi dastur grantini qo‘lga kiritdi.

🎉 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi jamoasi Nasimova Naziraxon Shavkatjonovnaga yangi o'quv yilida omad va zafarlar tilaydi.

Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#Fargʻona_PM
#Bizning_shunday_ustozlarimiz_bor

PREZIDENT MAKTABI O'QITUVCHISI "VAZIR USTAMASI" NI QO'LGA KIRITDI

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining oliy toifali tarix fani o‘qituvchisi Yunusov Axrorjon Aminjonovich Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan belgilangan "Vazir ustamasi" ning 2024-yil saralash bosqichida g'oliblar qatoridan joy oldi.

🔰 Oʻz kasbining fidoyisi, tashabbuskor ustozimizni kelgusi mehnat faoliyatlarida omad va zafarlar tilaymiz.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#Fargʻona_PM
#Bizning_shunday_ustozlarimiz_bor

PREZIDENT MAKTABI O'QITUVCHISI "VAZIR USTAMASI" NI QO'LGA KIRITDI

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining Fizika fani o‘qituvchisi Farmonov Islom Elmar o'g'li Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan belgilangan "Vazir ustamasi" ning 2024-yil saralash bosqichida g'oliblar qatoridan joy oldi.

🔰 Oʻz kasbining fidoyisi, tashabbuskor ustozimizni kelgusi mehnat faoliyatlarida omad va zafarlar tilaymiz.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|