Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.58K subscribers
12K photos
1.07K videos
38 files
3.65K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Ozarbayjon

O'quvchilar SAF xalqaro innovatsion loyihalar festivalida ishtirok etishadi

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Ozarbayjonning Boku shahrida bo’lib turishibdi.

Delegatsiya tarkibida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasi mas’ullari ham ishtirok etishmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Respublika STEAM innovatsiya markazida bo’lib, istiqboldagi rejalarni muhokama qilishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar STEАM yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy tajriba va hamkorlik aloqalarini kuchaytirish haqida so’z yuritishdi.

Shuningdek, A.Muzaffarov nomidagi 2-sonli maktabda bo’lib, muassasa faoliyati, o’quvchilar yutuqlari hamda ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishishdi.

Muzokaralar davomida joriy yil bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Ozarbayjonning SAF xalqaro innovatsion loyihalar festivalida o’zbekistonlik o'quvchilarning ham ishtirok etishi bo’yicha kelishib olindi.

Ma'lumot o'rnida: mazkur festival 3 yildan buyon o'tkazib kelinmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Xorijiy_hamkorlik
#Ozarbayjon

⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Ozarbayjonning Boku shahrida boʻlib turgani haqida xabar berilgan edi.

Delegatsiya tarkibida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi mas’ullari ham ishtirok etmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Boku Yevropa litseyida boʻlib, taʼlim maskanida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Oʻzaro muloqotda taʼlim sohasida hamkorlik, oʻquv jarayonlarini tashkil etishda milliy va xorijiy tajriba, oʻgʻil-qizlarni iqtidorini yuzaga chiqarishda zamonaviy yondashuvlar kabi mavzularda fikr almashildi.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Boku shahridagi A.Huseynzade nomidagi 20-sonli maktab-litseyda ham boʻlib, muassasa faoliyati, oʻquvchilar yutuqlari hamda ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishildi.

Delegatsiyaning Ozarbayjonga safari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#COP29
#Ozarbayjon

⚡️Oʻqituvchimiz iqlim oʻzgarishi boʻyicha xalqaro oromgohda ishtirok etmoqda

Ozarbayjon davlatida COP29 doirasida tashkil etilgan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha yozgi oromgohda dunyoning turli mamlakatlaridan 75 nafar yosh o‘qituvchi yig‘ildi.

Ozarbayjon Respublikasi ekologiya va tabiiy resurslar, yoshlar va sport vazirliklari, BMT Taraqqiyot dasturi ofisi, UNICEF vakolatxonasi, ADA universiteti, UNESCO, IRENA, FEE, Teach for All global tarmog‘ining Iqlim ta’limi ofisi hamkorligi va ko‘magida oʻtkazilayotgan mazkur oromgohda ishtirokchilar iqlim o‘zgarishi va umuman COP jarayoni haqida xabardorligini oshiradi, ekologik madaniyat va bilimlarni ta’limga integratsiya qilish imkoniyatlarini amalga oshirish uchun yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

Ayni vaqtda Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Abrorjon Sadriddinov ham O‘zbekistondan vakil sifatida mazkur oromgohda ishtirok etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal