Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.56K subscribers
12.4K photos
1.09K videos
38 files
3.73K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
#A_level #AS_level

A-LEVEL IMTIHONLARIGA START BERILDI

⚡️ Bugun, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Farg‘ona shahridagi Prezident  maktabida Cambridge Assessment International Education AS&A-level imtihonlariga start berildi.

🔰Farg'ona shahridagi Prezident maktabi ham A-level imtihonlarini o'tkazuvchi rasmiy imtihon markazi hisoblanadi.

📄 Ma'lumot uchun, A-level sertifikati dunyoning 1750 dan ortiq OTMlari tomonidan tan olinadi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#info
#A_Level
#AS_Level
#IGCSE

📢 IGCSE, AS va A LEVEL IMTIHONLARI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

✔️ Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan A-level sertifikati xalqaro oliy standart sertifikati boʻlib, imtihonlarda A+(a+), A (a), B (b), C (c), D (d) yoki E (e) darajalarini olish mumkin.
- A+(a+) - eng yuqori
-E(e) - eng past koʻrsatgich hisoblanadi.

✔️ A-level sertifikatini olish uchun nafaqat Prezident maktabi taʼlim oluvchilar, balki mazkur imtihonlarni barcha xohlovchilar topshirishlari mumkin.

✔️ A-Level sertifikati dunyoning 95 mamlakatidagi 1750dan ortiq (jumladan, Times Higher Education tashkiloti tomonidan TOP 20 talikka kiritilgan, shuningdek Buyuk Britaniyada joylashgan) oliygohlarda tan olinadi.

✔️ Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablarida mazkur imtihonlar oʻtkaziladi.

✔️ Imtihonlar an’anaviy tarzda yilda 2 marta - oktabr-noyabr hamda may-iyun oylarida boʻlib oʻtadi. Kuzgi imtihonlar uchun nomzodlar avgust-sentabr oylarida, may-iyundagi imtihonlar uchun esa yanvar-fevral oylarida roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

✔️ Cambridge Assessment imtihon uchun 50 dan ortiq turdagi fanni taqdim etadi, talabgor esa 3 tadan 5 tagacha fan tanlaydi.

✔️ Cambridge Assessment A-level dan tashqari AS va IGCSE sertifikatlarini ham beradi.
Prezident maktablari oʻquvchilari:
IGCSE imtihonini — 9-sinfda,
AS imtihonini — 10-sinfda,
A-level'ni — 11-sinfda topshirishadi.

✔️ Chetdan kelgan (Prezident maktablari oʻquvchisi boʻlmagan) talabgorlar nechanchi sinfda oʻqishidan qatʼiy nazar, oʻz bilimi va xohishiga qarab, istalgan turdagi imtihonni topshirishi mumkin.

✔️ Imtihon javoblari avgust oyida pochta orqali yuboriladi.

✔️ Ma’lumot o‘rnida, A Level sertifikati 1750dan ortiq xorijiy OTMlar tomonidan tan olingan.
___ ___ ___

‼️ Imtihonlarda ishtirok etish uchun oʻz hududingizdagi PREZIDENT MAKTABLARIga murojaat etishingiz mumkin.

🔔 ROʻYXATDAN OʻTISH JORIY YILNING 14-FEVRALIGA QADAR DAVOM ETADI.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM