Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz
RENESSANS OROMGOHI: TABIAT, DOʻSTONA MULOQOT, MASHG'ULOTLAR, SPORT
“Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilarning navbatdagi guruhi – Agentlik tomonidan o‘tkazilgan olimpiadalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 130 nafar o‘g‘il-qiz uchun STEM fanlari bo‘yicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Dam olish maskanida oʻquvchilarning kun tartibi ertalabki badantarbiya bilan boshlanadi. Nonushtadan soʻng "Zakovat" intellektual oʻyini, turli tanlovlar, kiber sport, futbol, voleybol, basketbol kabi musobaqalarda ishtirok etishadi.
Ikkinchi nonushtadan keyin suzish mashgʻulotlari boshlanib, ularda bolajonlar suzish havzasida turli mashqlar orqali suzish mahoratlarini oshiradilar. Tushlikdan soʻng oʻquvchilar kunduzgi orom olishadi.
Oromgohda STEM oʻquv mashgʻulotlari yuqori malakaga ega oʻqituvchilar tomonidan olib borilmoqda. Mashgʻulot xonalari zamonaviy taʼlim vositalari bilan jihozlangan.
Bolajonlarning kun tartibida oʻquv mashgʻulotlari bilan bir qatorda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ijodiy tanlovlar, sport musobaqalari, tabiat qoʻyniga sayohatga ham ustuvor oʻrin berilgan.
Bugun oromgohda tashkil etilgan xayrlashuv marosimi ham taassurotlarga boy oʻtdi. Bolajonlar ijrosida kuy-qoʻshiqlar yangradi, sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Shuningdek, bu yerda oʻquv mashgʻulotlari, turli tanlov va musobaqalarda yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Oromgohda soʻlim tabiat, doʻstona muloqot, mashgʻulotlar, sport, qiziqarli tadbirlar bilan oʻtgan mazmunli taʼtil oʻquvchilarni yangi oʻquv yilida yanada yuqori natijalarga erishishga undashi shubhasiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Forwarded from O'zbegim Gavhari
🌟 "O'zbegim Gavhari" - Biz bilan yuksal! 🌟
Biz Farg'ona viloyati hokimligi, Farg'ona viloyati Yoshlar Ishlari Agentligi va Farg'ona shahridagi Prezident maktabi hamkorligida jamiyatimiz ayollari uchun "O'zbegim Gavhari" deb nomlangan loyihamizni boshlayotganimizni mamnuniyat bilan e'lon qilamiz! 🎙
📍 Manzil: Farg‘ona Davlat Universiteti binosi
🎓 Taklif etilayotgan kurslar:
💻 IT va Dasturlash
🇬🇧 Ingliz tili
🇷🇺 Rus tili
📸 Mobilografiya
🛍 Qo‘l mehnati orqali onlayn savdo kurslari
📈 Biznes yuritish
💪 O‘z-o‘zini himoya qilish kurslari va Psixologiya
🌱 Maqsadimiz: Jamiyatimizdagi ayollarni qo'llab-quvvatlash, ularni sifatli va zamonaviy ta'lim bilan ta'minlash, hamda jamiyatda ularning faoliyatini oshirish orqali yorqin kelajak yaratish. 🌸
Manfaatli jihatlar:
- Darslar uchun 100%lik grantlar ajratilgan💰
- Jonkuyar va tajribali ustozlardan zamon talabi bo'lgan fanlarni o'rganish imkoniyati 👩🏫
- Zamonaviy texnologiyalar 🖥
- Darslarga o'zgacha yondashuv 💭
O‘z bilim va ko‘nikmalaringizni oshirish uchun biz bilan birga bo‘ling! Biz bilan yuksaling! ✨
Quyidagi havola orqali darslarimizda bepul o'qish imkoniyatini beruvchi grant uchun ro'yxatdan o'ting: havola
Arizalar 2024-yil 15-avgustgacha qabul qilinadi.
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarimizni kuzatib boring! 📢
Telegram | Instagram | YouTube

#COP29
#Ozarbayjon
⚡️Oʻqituvchimiz iqlim oʻzgarishi boʻyicha xalqaro oromgohda ishtirok etmoqda
Ozarbayjon davlatida COP29 doirasida tashkil etilgan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha yozgi oromgohda dunyoning turli mamlakatlaridan 75 nafar yosh o‘qituvchi yig‘ildi.
Ozarbayjon Respublikasi ekologiya va tabiiy resurslar, yoshlar va sport vazirliklari, BMT Taraqqiyot dasturi ofisi, UNICEF vakolatxonasi, ADA universiteti, UNESCO, IRENA, FEE, Teach for All global tarmog‘ining Iqlim ta’limi ofisi hamkorligi va ko‘magida oʻtkazilayotgan mazkur oromgohda ishtirokchilar iqlim o‘zgarishi va umuman COP jarayoni haqida xabardorligini oshiradi, ekologik madaniyat va bilimlarni ta’limga integratsiya qilish imkoniyatlarini amalga oshirish uchun yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Ayni vaqtda Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Abrorjon Sadriddinov ham O‘zbekistondan vakil sifatida mazkur oromgohda ishtirok etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal