Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.56K subscribers
12.4K photos
1.09K videos
38 files
3.72K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
#new_Uzbekistan_university

🤩 AGENTLIK TIZIMIDAGI “YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETIDA “MEMORANDUMLAR KUNI” O‘TKAZILDI

"Yangi Oʻzbekiston" universitetida oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish va mustahkamlash, turli darajadagi tadbirlarni birgalikda amalga oshirish maqsadida oliygohlarning Talabalar kengashi prezidentlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda yurtimizning oʻnga yaqin eng ilgʻor oliy taʼlim muassasalari ijtimoiy hayotni rivojlantirishda hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Mazkur kelishuv ushbu oliygohlarda ijtimoiy hayotni yanada yaxshilash, talabalar oʻrtasida doʻstlik va birdamlikni kuchaytirish ishlari samaradorligiga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma
#Fargona_PM

💐Aziz ustoz va murabbiylar, sizdek fidoyi, sharafli kasb egalarini 1-oktyabr - "O'qituvchi va murabbiylar" kuni bilan Farg'ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi samimiy tabriklaydi

⚡️Biz uchun Sizning mehribon qalbingiz, bitmas sabringiz, o‘z ishingizga fidoyiligingiz va shogirdlaringizga bo‘lgan cheksiz muhabbatingiz qadrlidir. Sizning mehnatingiz, jasoratingiz yuksak baholarga munosibdir.

🔰Sizlarga mustahkam sog‘liq, ruhiy tetiklik, mashaqqatli va sharafli burchingizni ado etishda zafarlar, hayotning har jabhasida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Hurmat bilan,
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|‌‌
#Xorijiy_hamkorlik

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligining delegatsiyasi IB dasturi boʻyicha hamkorlik maqsadida Moskva shahridagi Letovo xalqaro maktabida boʻlib turgani haqida xabar berilgan edi.

Tashrifning uchinchi kuni doirasida delegatsiya a’zolari Letovo xalqaro maktabining bir qator departament rahbarlari bilan ikki tomonlama muloqot davomida hamkorlikdagi loyihalar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Maktab oʻquvchilarining loyiha ishi doirasidagi ijtimoiy faoliyat, STEAM fanlari doirasidagi loyiha ishlari, meta-mavzu koʻnikmalarini rivojlantirish hamda maktab oʻquvchilarini qabul qilish va qoʻllab-quvvatlash tizimi bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif soʻngida Agentlik hamda Letovo xalqaro maktabi oʻrtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, Letovo xalqaro maktabi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM