Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.56K subscribers
12.4K photos
1.09K videos
38 files
3.72K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 |"Vatan tayanchi" koʻkrak nishoni topshirildi

#27sep #uzbekiston24

🤩 Agentlik tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan 8 ta: Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 160 nafar oʻquvchisi "Vatan tayanchi" bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo qilinib, ularga harakatning koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga ko’ra:

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi» faxriy unvoni bilan:

Matmuratov Ixtiyor Kurbonboyevich - Shovot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan:

Mirzaxmedov Mirfazil Abdilxakovich - O‘zbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi yetakchi mutaxassisi

«Do‘stlik» ordeni bilan:

Boltayeva Qambar Abdullayevna - Buxoro shahridagi Prezident maktabining biologiya fani o‘qituvchisi;

Geddi Mishel Deniz - «Yangi O‘zbekiston» universiteti dotsenti

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan:

Polvonova Yulduzxon Saparboyevna - Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining matematika fani o‘qituvchisi;

Shirinov Xurshid Xasanovich - Toshkent shahridagi Prezident maktabining fizika fani o‘qituvchisi

«Shuhrat» medali bilan:

Kurbanov Ongarbay Xojanbergenovich - Nukus shahridagi Prezident maktabining fizika fani o‘qituvchisi;

Kurbonov Jo‘rabek Abduvoxidovich - Ulug‘nor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi;

Nasimov Bekzod Shermuhammad o‘g‘li - Jizzax shahridagi Prezident maktabining informatika fani o‘qituvchisi;

Ochilov Anvar Jonpo‘latovich - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o‘qituvchisi;

Parpiyeva Nigora Nazirovna - Quvasoy shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi;

Tagaymuratov Abduvait Abdimuratovich - Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi;

Tuxtamurodov Elbek Dilmurodovich - Qarshi shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi;

Eshto‘rayev Xo‘shboq Chorshanbiyevich - Sherobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o‘qituvchisi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Қадри_баланд_ўзи_улуғ_устозим
#Bayramning_birinchi_kuni

Xabar qilinganidek, bugundan boshlab “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan poytaxtimizdagi qator davlat va jamoat tashkilotlari, madaniyat va ta’lim maskanlarida bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.

Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan maktabgacha, maktab ta’limi muassasalari xodimlari, “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni hamda boshqa yuksak davlat mukofotlariga ega pedagoglar, uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlar, ta’lim fidoyilari va mas’ullari ishtirok etdi.

🔹 Ishtirokchilar kun avvalida Oliy Majlis Senati hamda senatorlar ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Qizg‘in muloqotlar shaklida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etgan Oliy Majlis Senati qo‘mita raislari — Odiljon Iminov, Malika Qodirxonova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyevlar so‘nggi yillarda ta’lim tizimida olib borilayotgan tub islohotlar natijasida maktabgacha va maktab ta’limi sohasida muhim o‘zgarishlar kuzatilayotganligini alohida qayd etib o‘tdi.

🔹 Muloqot davomida pedagoglar tizimdagi ushbu ijobiy yangilanish va o‘zgarishlar ustoz-murabbiylarimizning o‘z kasbiga munosabati, mas’uliyatini yanada oshirishda katta turtki berib, soha rivojiga katta hissa qo‘shayotganligini ta’kidladi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar maktabgacha va maktab ta’limi tizimi qonunchik hujjatlaridagi o‘zgarishlar va o‘zlarining bu boradagi qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

👉 Bayram tadbirlari kun davomida bo‘lib o‘tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublika miqyosida eng fidoyi oʻqituvchilar universitetimizda jamlandi

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida “1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan respublikamizning turli hududlaridan 400 ga yaqin eng fidoyi ustozlar jamlandi.

⚡️ Jumladan, akademik darajasiga erishgan hamda “Oʻzbekiston qahramoni va boshqa yuksak davlat mukofotlariga sazovor ustozlar jamlanib, oʻzaro fikr almashmoqda.

🌐 Muloqot davomida akademiklar – Shavkat Ayupov, Risbay Jurayev, Gʻayrat Shoumarov va Xolboy Ibraimov tomonidan soʻnggi yillarda ta’lim va tarbiya borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va oʻqituvchilarga yaratilayotgan imkoniyatlarga toʻxtalib oʻtildi.

🎗Yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabriklaymiz.

🔁 English

#ustozlar_bayrami #1oktabr

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook