Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.57K subscribers
12.6K photos
1.11K videos
39 files
3.78K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
#Bayramga_munosib_tuhfa

To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi foydalanishga topshirildi

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun oldidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi foydalanishga topshirildi. Ushbu bino qurilishiga 7 mlrd. 800 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Mazkur maktab 408 o‘quvchi o‘rniga ega.

Taqdimot marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mamlakatimizda o‘g‘il-qizlarning puxta bilim olishlari va kasb-hunar egallashlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil gapirdi.

Marosimda ramziy tasma qirqilib, yig‘ilganlar ta’lim-tarbiya muassasasidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Keng va yorug‘ xonalar, zamonaviy jihozlar hamda qurilmalar o‘quvchilarning kuchli bilim va tafakkurga ega farzandlar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.

Ma'lumot uchun, Agentlik direktori Alisher Ubbiyev avgust oyida xizmat safari bilan Namangan viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishgan edi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

🔸Mamlakatimizning Bosh qomusi 1992-yilning 8-dekabrida respublika Oliy Kengashida qabul qilingan. Konstitutsiya bilan davlat va jamiyat rivojlanishining demokratik tamoyillari belgilab qo'yilgan.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi eng asosiy hujjat hisoblanadi. Asosiy qonunimiz o‘zida inson – oila – jamiyat – davlat manfaatlarini uyg‘unlashtirgan.

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi sana munosabati bilan yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati bo‘lgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yo‘lini ochib bergan Konstitutsiyamiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi.

Asosiy qonunimiz – millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir inson tengligini kafolatlab, tinchlik va zamonaviy demokratik taraqqiyotning asosiy garovi bo‘lib kelmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan barcha O‘zbekiston ahlini samimiy tabriklaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Hurmatli ustozlar, tizim xodimlari!


Avvalo, barchangizni bugungi unutilmas sana – davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy tabriklayman!

Shuni faxr bilan aytish lozimki, jonajon Vatanimiz — O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan har bir inson, har bir fuqaro uchun bu qutlug‘ sana o‘zgacha intiqlik, cheksiz g‘urur va iftixor bilan nishonlanadigan unutilmas kundir.

Bosh Qomusimiz bizga farzandlarimizni bilimli va barkamol avlod qilib tarbiyalash, ularni shu yurt koriga yaraydigan mustaqil shaxs qilib kamolga yetkazish borasidagi kasbiy faoliyatimizda mustahkam huquqiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

Ayniqsa, joriy yilning 30-aprel kuni umumxalq referendumi asosida qabul qilingan davlatimizning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi jamiyatimiz rivoji va ta’lim tizimidagi islohotlarni jadal suratlarda amalga oshirishda katta ko‘makchi ekanligi bizga katta g‘urur bag‘ishlaydi.

Fursatdan foydalanib, sizlarni yana bir bor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami bilan chin qalbimdan qutlayman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#xalqaro_hamkorlik
#Farğona
#CIS

⚡️Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari tomonidan Prezident maktabining pedagog jamoasi va boshqaruv xodimlari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

🔰O‘quv-seminari davomida ishtirokchilar guruhlarga taqsimlanib, ta'lim jarayonlarini rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan masalalar yuzasidan takliflar va loyihalar muhokamasida qatnashdilar.

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad oʻqituvchilarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish, taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro tajribalar asosida ta'lim olib borishdir.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari tomonidan Prezident maktabining pedagog jamoasi va boshqaruv xodimlari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#diqqat
#feyk_xabar
#eslatma

📶 Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan rasmiy o‘quv kurslari mavjud emas!

Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida mo‘maygina daromad orttirayotgan tayyorlov kurslarining e’lonlari juda ko‘p uchramoqda. Bunday yolg‘on xabarlarga ishonmasligingizni so‘raymiz.

🗣Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ko‘p uchramoqda. Bu kabi telegram kanallarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yo‘q.

✈️Prezident maktablariga qabul bo‘yicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali berib boriladi.

🗺Siz qabul jarayonlari, kvotalar, imtihonlar va boshqa ma’lumotlarni aynan shu sahifalar orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o'quvchisi chet tili bilish darajasi bo'yicha sertifikatga ega bo'ldi.

🔹Farg'ona shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o'quvchisi Sobirova Dilafruz chet tilini bilish darajasi bo'yicha IELTS dan 8.0 ball yig'di.

🔰Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi o'quvchimizning kelgusi ta'lim jarayonlarida omad va zafarlar tilaydi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#jarayon

🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

🗺 Xabar berganimizdek, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining hududiy bosqichi oʻtkazilmoqda.

📝Hududiy bosqichda har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda yuqori 9-11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirilib mazkur olimpiadada ishtirok etmoqda.

📆 Har bir hududdan yuqori va quyi sinflardan 1 tadan gʻolib jamoa ishtirok etadigan Agentlik bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

🚀 Barcha jamoalarga ushbu olimpiadada omad tilab qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM