Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.57K subscribers
12.6K photos
1.11K videos
39 files
3.78K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
#Xushxabar

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi Tailandda o‘tkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 3 ta KUMUSH va 2 ta BRONZA medallarini qo‘lga kiritdi!

📆 Shu yilning 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o‘tkazildi. Mazkur xalqaro olimpiadada dunyoning 56 davlatidan jami 308 nafar iqtidorli o‘quvchilar kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Shuni alohida qayd etish joizki, xalqaro olimpiadaning amaliy bosqichi jamoaviy tarzda o‘tkazildi, unda o‘quvchilarimiz eng yaxshi natija qayt etgan davlatlar qatoridan joy oldi!

📝Xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:
🥈Javohir Mamadaliyev – Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisiKUMUSH medal;
🥈Daler Raximov – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisiKUMUSH medal;
🥈Murodbek Yuldashev – Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o‘quvchisi – KUMUSH medal;
🥉Nursulton Ashiraliyev – Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi BRONZA medal;
🥉Azizbek Erkinov – Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi – BRONZA medal.

📈19-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 4 ta BRONZA medali qo‘lga kiritilgan edi.

💫 Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham yoshlarimizga omad tilab qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

🗺Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasi oʻtkaziladi.

📝Mazkur olimpiadaning Fargʻona viloyati bosqichi 4 turda boʻlib, har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda yuqori 9-11-sinflar ishtirok etdilar. Ishtirokchilar belgilangan nizom asosida o‘zlari tayyorlab kelgan robotlarini sinovdan o‘tkazdilar.

📆 Eslatib o‘tamiz agentlik bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahrida o'tkaziladi.

🚀 Barcha jamoalarga ushbu olimpiadada omad tilab qolamiz!

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

🗺Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasi oʻtkazildi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

🗺Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasi natijalari bilan tanishing.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#Madhiya_31_yilligi

10-dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kundir.

Ushbu sana milliy davlatchiligimiz tarixida alohida ahamiyat kasb etadi.

Davlat madhiyasining matni muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov bastalagan.

Davlat madhiyasi qabul kun barchamizga muborak bo'lsin!

Madhiyamiz hamisha mag’rur jaranglasin!
_____
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram