Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.55K subscribers
12.9K photos
1.12K videos
39 files
3.84K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
#Infografika

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “VAZIRGA MUROJAAT” portali orqali kelib tushgan HAFTALIK murojaatlar statistikasi.

❗️Statistika 01.04.2023 - 07.04.2023 soat 09:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_5

⚡️ VIDEOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga videobayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi videobayonotimizda, jumladan quyidagi savollarga javob olishingiz mumkin:

▶️ Davlat mukofotiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga malaka toifasi bir pog‘ona oshirilgan holda ish haqi to'lanadimi? Buning tartibi qanday?

▶️ Olis hududdagi qizil toifaga kiruvchi maktabda boshqa tumandan kelib ishlaydigan o‘qituvchilarga qanday imtiyozlar nazarda tutilgan?

▶️ Xalqaro GMAT imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tib, sertifikatga ega bo‘lgan umumta’lim maktab o‘qituvchilariga 50 foiz ustama beriladi. Ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilariga ham bu kabi ustamalar beriladimi?

Bayonotlarimiz davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
📣“UMID NIHOLLARI” SPORT MUSOBAQALARIGA YANGI SPORT TURLARI QO‘SHILMOQDA

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Umid nihollari” sport musobaqalari o‘quvchi-yoshlarni jismonan yetuk, axloqan barkamol hamda Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ro‘l o‘ynamoqda.

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, yangi o‘quv yilidan boshlab “Umid nihollari” sport musobaqalariga “Stritbol” va “Workout” sport turlari kiritilmoqda.

💠Ma’lumot uchun: “Umid nihollari” sport musobaqalariga qo‘shilayotgan Stritbol va Workout sport turlari 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

Telegram | Instagram |Facebook | Youtube
#Maktab_maslahatchilari
#Seminar_trening

❗️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining maktab maslahatchilari uchun seminar-treninglar o'tkazildi.

⚡️ Maktab maslahatchilarining malakasini oshirish va faoliyatini samarali olib borish bo'yicha tashkil etilgan mazkur seminar-treninglar Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahridagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda bo'lib o'tdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktabi
#Seminar_trening

⚡️ Farg'ona shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan maktab maslahatchilari uchun seminar-trening o'tkazildi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#Tarixiy_sana
#Amir_Temur_687

O‘zbek davlatchiligini yuqori bosqichga ko‘tara olgan, buyuk sarkarda nafaqat mamlakatimiz, balki jahon tarixida ham tub burilishlar sodir etgan shaxs sifatida yuksak ahamiyatga ega.

Amir Temur birinchi navbatda bunyodkor shaxs va har tomonlama yetuk, bilimli kishilardan edi. Uning faoliyatiga nazar tashlar ekanmiz, har bir odimida yurt farovonligi, obodligi, ta’lim, fan va san’atning rivoji uchun qayg‘urishini ko‘rishimiz mumkin.

Sohibqiron taxtga chiqqandan so‘ng birinchi navbatda mamlakat taraqqiyotining asosi bo‘lmish ta’limga juda katta e’tibor qaratdi. O‘sha davrning asosiy ta’lim dargohlari bo‘lgan maktab va madrasalarga vaqf mulklari ajratish orqali ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Amir_Temur_tavalludining_687_yilligi

Bugun poytaxtimizda Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

Unda keng jamoatchilik vakillari, jumladan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari ham ishtirok etishdi.

❗️ Tadbirda ishtirokchilar tomonidan Amir Temur davlatchiligi tarixi, temuriylar davri merosi va buning jahon tamaddunida tutgan o’rni haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari Temuriylar tarixi davlat muzeyida ham bo’lishdi. Bu yerda Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag’ishlab madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Tarixiy_sana
#Abdulla_Qodiriy_129

10 aprel – yozuvchi Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.

Abdulla Qodiriy 1894 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi. 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi nishonlandi.

🔰Amir Temur
1336-yilning 9-aprelida Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida tugʻilgan.

⚜️Sohibqiron Amir Temur - oʻrta asrlarning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli va markazlashgan Temuriylar davlati asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiyidir.

📌"Saltanatimning u chetidan bu chetigacha biror bolakay boshida bir lagan tilla koʻtarib oʻtadigan boʻlsa, bir donasiga ham zarar yetmaydigan tartib-intizom oʻrnatdim
"!

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|