Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.72K subscribers
14.9K photos
1.24K videos
45 files
4.38K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
⚡️Farg'ona shahridagi Prezident maktabida "O'ziga ishonchni oshirish va aqliy jarayonlarni mustahkamlash" mavzusida navbatdagi seminar-trening boʻlib oʻtdi.

📊 Seminar-trening davomida tajribali psixolog, psixologiya fanlari nomzodi Mustafayeva Shirin Farxodovna o'quvchilarga to'g'ri maqsad qo'yish, har qanday hayotiy vaziyatlarda hissiyotga emas aqliy faoliyatga tayanib qaror qabul qilishga doir tavsiyalar berdi.

🧠 Xotira bu miya faoliyati u qancha ko'p ishlasa shuncha kuchayadi, qancha ko'p ma'lumot qabul qilsa shuncha kengayadi. Barcha bilimning negizi bu diqqatdir.

🔰Shu sababli trening mashg'ulot davomida xotira va diqqatni rivojlantiruvchi mashg'ulotlar o'tkazildi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
Osiyo fizika olimpiadasi uchun O‘zbekiston terma jamoasi saralandi

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichi natijalariga ko‘ra 8 nafar o‘quvchi saralab olingan va ular may oyida bo'lib o'tadigan Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok etib, O‘zbekiston sharafini himoya qiladilar. Unda eng yuqori natijani qayd etgan 5 nafar o‘quvchi 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.

Osiyo fizika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:

Javoxir Sultonov — Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
Jasurbek G‘ulomjonov — Namangan viloyatidagi 71-maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Nozimaxon Quvondiqova — Xorazm viloyati «To‘lqin FM» NTM 11-sinf o‘quvchisi;
Jaloliddin Boymaxammadov — Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
Xurshid Rustamov — Qashqadaryo viloyati, Ixtisoslashgan maktab 11-sinf o‘quvchisi;
Mirshod Rajabov — Buxoro viloyati, Ixtisoslashgan maktab 11-sinf o‘quvchisi;
Azizbek Eshmo‘minov — Surxondaryo viloyati, 12-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
Javohir Sadullayev — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar, Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi;

53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)ga iyul oyida Yaponiya davlati mezbonlik qiladi. Xalqaro fizika olimpiadasiga 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etadi, ular qatorida 5 nafar o‘zbekistonlik yoshlar ham yurtimiz sharafini himoya qilishadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education ta'lim platformasi bosh direktori Jefri Alfonso boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Tadbir avvalida vazirlik faoliyati hamda Alef education haqida ikki tomonlama taqdimotlar bo’lib o’tdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar o’zaro hamkorlik, xususan Alef ta'lim platformasini O'zbekiston sharoitiga moslashtirish rejalari kabi masalalarni muhokama qilishdi.

✔️ Ta’kidlash joiz, Alef education ta’lim platformasi:

🔹 O‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹 аniq va tabiiy fanlar, shuningdek xorijiy tillar yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma hisoblanadi.

❗️ Uchrashuv doirasida mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent shahridagi Prezident va Olmazor tuman 22-sonli umumta'lim maktablari bo'ylab kampus-tur tashkil etildi.

📆 Ma’lumot o’rnida, Alef ta'lim platformasi rahbariyati bilan uchrashuvlar 12-aprelga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram