Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.64K subscribers
14.3K photos
1.21K videos
44 files
4.2K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
#Teatr_ibratxonadir
#teatr_festivali

Shu yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatribratxonadir” shiori ostida teatr festivali o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirning ochilish marosimi 25-mart kuni soat 10:00 da Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat musiqali teatrida boʻlib oʻtadi.

Festivalning taqdirlash va yopilish marosimi 27-mart kuni soat 10:00 da Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat musiqali teatrida oʻtkaziladi.
 
Barchani teatr festivaliga chorlab qolamiz.

Teatr haftaligida ishtirok etish mutlaqo bepul.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Teatr_ibratxonadir
#teatr_festivali

⚡️Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatribratxonadir” shiori ostida teatr festivali boshlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Teatr_ibratxonadir
#ikkinchi_kun

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasidagi “Teatribratxonadir” shiori ostida teatr festivali davom etmoqda.

Poytaxtimizdagi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri va Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri mezbonlik qilayotgan mazkur tadbir mehmonlar bilan gavjum.

Sahnalarda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari namoyish etayotgan spektakllar, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirmoqda.

“Bobur sog‘inchi”, “Padarkush”, “Bebaho xazina”, “O‘zbekiston buyuk daholar yurti”, “Turkiston bolalari”, “Ziyvar” “Tanho qayiq”, Turkiston”, “Ibrat hayoti”, “Sharq ayoli”, “Zamonning singan oynasi yoki o‘zimizning Qirol Lir" kabi spektakllarda yoshlarimizning ijro mahorati, bilim salohiyati, ijodiy qobiliyatlari yaqqol koʻzga tashlanadi.

Festival doirasida ishtirokchilarning Adiblar xiyoboniga sayohati tashkil qilindi. Shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyi va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ekskursiya rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Taqdirlash_marosimi
#Teatr_ibratxonadir

Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtiroki o‘tkazilgan teatr festivali nihoyasiga yetdi.

✔️Festivalning taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o'quvchilarni samimiy tabrikladi.

❗️Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

Tadbirda teatr festivali ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉 G'oliblar bilan tanishing.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#teatr_ibratxonadir
#hududiy_bosqich

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarining “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr - ibratxonadir” shiori ostidagi tanlovning hududiy bosqichiga start berildi.

Bugun, Agentlikning Toshkent shahri va Farg’ona viloyatlarida joylashgan maktablarining teatr jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Turon yulduzlari" jamoasi "Toʻmaris" spektakli bilan gʻolib boʻlib, tanlovning Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.

Hududiy bosqich Agentlikning Fargʻona viloyatidagi maktablari teatr jamoalari oʻrtasida ham davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlov Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida 17-fevral - 6-mart kunlari o‘tkaziladi. 14 ta hududdan eng yaxshi deb topilgan teatr jamoasi keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#teatr_ibratxonadir
#hududiy_bosqich

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘rtasida "Teatribratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning hududiy bosqichi qizg‘in davom etmoqda.

Bugun, Agentlikning Sirdaryo, Fargʻona viloyatlarida joylashgan maktablarining teatr jamoalari oʻzaro bellashdi. Yakuniy natijalarga koʻra:

Sirdaryo viloyati bosqichida – Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi teatr jamoasi;

Farg‘ona viloyati bosqichida – Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabining teatr jamoasi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Hududiy bosqich Agentlikning Toshkent viloyatidagi maktablari teatr jamoalari oʻrtasida ham davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Teatribratxonadir" shiori ostidagi mazkur tanlov 17-fevraldan 6-martgacha Agentlik tizimidagi barcha maktablarda o‘tkaziladi. 14 ta hududdan eng yaxshi deb topilgan teatr jamoalari Respublika bosqichiga yo‘llanma olish uchun kurashadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#teatr_ibratxonadir
#hududiy_bosqich

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida "Teatribratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning hududiy bosqichi qizg‘in davom etmoqda.

Bugun, Agentlikning Jizzax, Navoiy va Toshkent viloyatlarida joylashgan maktablarining teatr jamoalari oʻzaro bellashdi. Yakuniy natijalarga koʻra:

Jizzax viloyati bosqichida – Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi teatr jamoasi;

Navoiy viloyati bosqichida – Navoiy shahridagi Prezident maktabi teatr jamoasi;

Toshkent viloyati bosqichida – Nurafshon shahridagi Prezident maktabi teatr jamoasi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Hududiy bosqich Agentlikning Andijon viloyatidagi maktablari teatr jamoalari oʻrtasida ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#teatr_ibratxonadir
#hududiy_bosqich
#Navoiy_viloyati

🤩 Agentlik tizimidagi maktablar o‘rtasida "Teatribratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning Navoiy viloyati bosqichi jarayonlaridan videolavha

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#teatr_ibratxonadir
#Respublika_bosqichi

🤩 Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari teatr jamoalari oʻrtasida “Teatribratxonadir” shiori ostida oʻtkazilayotgan teatr tanlovining Respublika bosqichi 1-kun jarayonlaridan VIDEOLAVHA

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM