Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.62K subscribers
14K photos
1.17K videos
40 files
4.09K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
#Tabriknoma
#zakovat_intellektual_oyini
#Fargona_PM

Farg'ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi Zakovat intellektual o'yini keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida o'tkazilgan “Zakovat” turnirining Farg'ona viloyati bosqichida respublika bosqichiga Farg'ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi yo'llanmani qo'lga kiritdi:

🏆Bu jamoamiz Zakovat koordinatori A.Isamutdinov rahbarligida turnirning respublika bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritish bilan birgalikda "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan diplom va jamoaning har bir a'zosi uchun "Zakovat" kitobi bilan taqdirlandilar.

Eslatib o'tamiz turnirning respublika bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalarning har bir a'zosi o'zi tanlagan Oliy ta'lim muassasasiga imtihonsiz kirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#Tabriknoma
#Fargona_PM

💐Aziz ustoz va murabbiylar, sizdek fidoyi, sharafli kasb egalarini 1-oktyabr - "O'qituvchi va murabbiylar" kuni bilan Farg'ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi samimiy tabriklaydi

⚡️Biz uchun Sizning mehribon qalbingiz, bitmas sabringiz, o‘z ishingizga fidoyiligingiz va shogirdlaringizga bo‘lgan cheksiz muhabbatingiz qadrlidir. Sizning mehnatingiz, jasoratingiz yuksak baholarga munosibdir.

🔰Sizlarga mustahkam sog‘liq, ruhiy tetiklik, mashaqqatli va sharafli burchingizni ado etishda zafarlar, hayotning har jabhasida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Hurmat bilan,
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|‌‌
#fargona
#jarayon
#SAT

⚡️AYNI VAQTDA FARGʻONA SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA XALQARO SAT IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TMOQDA.

📌 Ma'lumot uchun, viloyatimizning xalqaro SAT imtihonini uchun ro‘yxatdan o‘tgan 30 nafar talabgorlar imtihon jarayonlarida ishtirok etishmoqda.

🔰 Mazkur imtihon MATEMATIKA va INGLIZ TILI fanlaridan o'tkaziladi va ushbu sertifikat xorijiy universitetlar tomonidan tan olinadi.

🗒 SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo'lib, 1926-yildan buyon o'tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo’ladi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#fargona
#jarayon
#SAT

⚡️AYNI VAQTDA FARGʻONA SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA XALQARO SAT IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TMOQDA.

📌 Ma'lumot uchun, viloyatimizning xalqaro SAT imtihonini uchun ro‘yxatdan o‘tgan 24 nafar talabgorlar imtihon jarayonlarida ishtirok etishmoqda.

🔰 Mazkur imtihon MATEMATIKA va INGLIZ TILI fanlaridan o'tkaziladi va ushbu sertifikat xorijiy universitetlar tomonidan tan olinadi.

🗒 SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo'lib, 1926-yildan buyon o'tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo’ladi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#SAT
#Fargona_shahri

Bugun, Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida navbatdagi xalqaro SAT imtihoni bo‘lib o‘tmoqda

🗣 Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.

🎉 Barcha o'quvchi yoshlarimizga imtihon jarayonlarida omad va zafarlar tilaymiz

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Fargona
#CIS

⚡️Farg‘ona shahridagi Prezident maktabiga Xalqaro maktablar Kengashi (CIS) vakillari tashrif buyurdi

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#xalqaro_hamkorlik
#Fargona
#CIS

⚡️Farg‘ona shahridagi Prezident maktabiga Xalqaro maktablar Kengashi (CIS) vakillari tashrif buyurdi

Xalqaro maktablar Kengashi (CIS) – xalqaro taʼlimga qaratilgan aʼzolik tashkiloti hisoblanib, yurtimiz hududidagi barcha Prezident maktablari dastlabki 2 bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan.

❗️Kengashga aʼzo boʻlish 3 bosqichda amalga oshiriladi:
hujjat topshirish;
maktab jamoasi bilan onlayn suhbat;
maktab faoliyatini oflayn oʻrganish.

✔️Bugun Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida ham Xalqaro maktablar Kengashi vakillari oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi bilan tanishmoqdalar.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#xalqaro_hamkorlik
#Fargona
#CIS

Maktab Kengashi bilan muloqot

⚡️Xalqaro maktablar Kengashi (CIS) vakilli Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi xodimlari bilan suhbat olib bordi.

✔️ Suhbat davomida pedagoglar bilan birga oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, ularni baholash, ta'limga yangicha yondashuv uslublari haqida qizg'in muloqot o‘tkazildi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#Fargona_PM
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Farg'ona shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Vahobjonov Humoyun AQShdagi va boshqa nufuzli universitetlardan talabalikka qabul hujjati va grantlarini qoʻlga kiritdi
   
Grantlar
1.Wingate University- $108.000
2.University of Arizona-$52.000 - qs 285
3.University of Minnesota Morris-$8.000- qs 195
4.Xiamen University , Malaysia-$15.000
5.American University of Beirut – Mediterraneo-$108.000
6.Indiana University Bloomington-$8000
7.University of Kentucky
8.Baylor University-$92.000
9.Elmira College - $80.000
10.University of Bristol
11.Georgia State University-$112.000
12. Swansea University
13. University of Manchester
14. University of Glasgow
15. University of Reading
16. University of Lancaster
17.Georgia state university 100% Campus Atlanta scholarship sohibi
Jami: $583.000

Maʼlumot uchun, Humoyun IELTS imtihonidan 6.5 ball, SAT imtihonidan 1390 ball sohibi hisoblanadi.

⚡️Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!
#bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor
#Fargona_PM

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o'quvchisi chet tili bilish darajasi bo'yicha yuqori natijaga erishdi .

🔹Farg'ona shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o'quvchisi Anvarov Sardorbek chet tilini bilish darajasi bo'yicha IELTS dan 8,0 ball yig'di.

⚡️Anvarov Sardorbek ayni paytda maktab o'quvchilari tomonidan saylangan maktab prezidenti sifatida faoliyat olib borib, namunali xulqi va akademik saviyasining yuqorilgi bilan namuna bo'lib kelmoqda.

⚡️Anvarov Sardorbek , shuningdek, 2021-yildan beri Respublika xalqaro iqtisod olimpidasida faxrli o'rinlarni egallab kelmoqda.

🔰Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi o'quvchimizning kelgusi ta'lim jarayonlarida omad va zafarlar tilaydi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|